Tasviriy va amaliy san’at kafedrasida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Joriy yilning 16 aprel kuni Tasviriy va amaliy san’at kafedrasi dotsenti Avliyakulova Nafisa Muzafarovna tomonidan 12-1RT guruhi talabalari ishtirokida chizmatasvir fanidan “Inson qomati harakat holatlarini tasvirlash” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.
Mazkur dars o‘quv ustaxonasida zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida olib borildi. Dars davomida talabalarga inson qomatining turli harakat holatlarini to‘g‘ri tasvirlash, proporsiya va plastika qonuniyatlariga amal qilish, shuningdek, tasviriy ifodaviylikni kuchaytirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi. Mashg‘ulot jarayonida talabalar faol ishtirok etib, berilgan topshiriqlarni ijodiy yondashuv asosida bajardilar. Ochiq dars davomida o‘qituvchi tomonidan qo‘llanilgan metodlar, tushuntirish uslubi va amaliy ko‘rsatmalar yuqori saviyada tashkil etilgani kuzatildi.
Dars yakunida ishtirokchilar tomonidan mashg‘ulot yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, ochiq dars ijobiy baholandi.