May 1, 2025

To'garak faoliyati davom etmoqda...

San’atshunoslik va pedagogika fakulteti Tasviiy va amaliy san’at kafedrasi o‘qituvchisi M.B.Sulaymonova tomonidan 2025-yil 25-aprel kuni “Eng mohir pazanda” nomli toʻgarakning navbatdagi mashgʻuloti oʻtkazildi.

Talabalarni bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil qilishda darsdan tashqari ishlarning turlaridan biri bo’lgan to’garak mashg’ulotlari talabalar hayotida muhim ahamiyatga ega. To’garak mashg’ulotlarida ularning ijodkorlik qobliyatlari yanada rivojlanadi. Darsdan tashqari ishlarning bir turi bo’lgan to’garak mashg’ulotlarini tashkil qilish va mashg’ulotlarda talabalarni ijodkorlik qobliyatlarini rivojlantirish masalasi qaraladi. Talabalarning to’garak mashg’ulotlari bo’yicha ijodkorligi ham boshqa har qanday fanlar faoliyati singari o‘z predmeti natijalariga ega, ya’ni masalan, talaba u yoki bu to’garakdagi tayyorlanadigan ijodiy ishiga oid yechimni ijobiy hal qilib, ma’lum uy-ro‘zg‘or yoki o‘quv-laboratoriya jarayonidagi biron buyum, moslamani takomillashtirish natijasiga erishishi mumkin. Bu esa shubhasiz, talabalarning to’garakdagi ijodkorlik bo’yicha bajarilgan topshiriq natijalarining, ishlab chiqarish jarayoniga o‘xshashligini va uni muvofiq boshqarish tizimi bo‘lishi zarurligini taqozo etadi.