September 25, 2025
Chet ellik mehmonlar talabalarimiz nigohida....
Ayni damda Buxoro arki maydonida “Talaba Expo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo'lib o'tmoqda. Ko'rgazmada San'atshunoslik va pedagogika fakulteti Tasviriy va amaliy san'at kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda talabalar faol qatnashmoqdalar. Ko'rgazmada chet ellik mehmonlar ham tashrif buyurgan, ular talabalarning chizayotgan ijodiy ishlarini ko'rib, qiziqdilar va fikr almashib, o'zlarining maslahatlarini berdilar. Mehmonlarimiz talabalarni ijodini ko'rib, universitet rahbariyati tomonidan berilayotgan imkoniyatlaridan xursand bo'lib, katta taassurotga ega bo'ldilar.