March 30

Avliyoqulova Nafisa tomonidan tashkil etilgan “Eng mohir pazanda” to‘garagi

Joriy yilning 27- fevral kunida Tasviriy va amaliy san'at kafedrasi dotsenti N.M.Avliyakulova hamda M.B.Sulaymonovalar tomonidanTTJda istiqomat qiladigan talaba qizlar bilan  o‘zbek milliy taomlaridan biri bo‘lgan mazali va foydali moshxo‘rda tayyorlash sir-asrorlari bilan yaqindan tanishadilar. Mashg‘ulot davomida taom uchun kerakli masalliqlarni to‘g‘ri tanlash, ularni tayyorlash va pishirish jarayonidagi muhim bosqichlar amaliy tarzda ko‘rsatib beriladi. To‘garak qatnashchilari nafaqat pazandachilik mahoratini oshiradilar, balki milliy taomlarimizga bo‘lgan qiziqish va hurmatlarini ham yanada mustahkamlaydilar.