May 6, 2025

Tasviriy va amaliy san’at kafedrasida navbatdagi ma’rifat soati.

2025-yil 6-may kuni San’atshunoslik va pedagogika fakulteti Tasviriy va amaliy san’at kafedrasida "Xotira va qadrlash -milliy qadriyat" mavuzsida navbatdagi "Ma'rifat" soati o'tkazildi.

Ta’kidlash kerakki, 9-may – Xotira va qadrlash kuni bugun chinakam milliy – umumxalq bayramiga aylandi. Shu kuni Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar yodga olinadi, hayot bo‘lganlarining holidan xabar olinib, ularga yuksak ehtirom ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish idoralari, jumladan, ichki ishlar organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltiriladi. Xotira – insonning insonligini anglatuvchi, uni o‘tmish bilan bog‘lab turuvchi buyuk qadriyat. U kechagi kun saboqlarini yodga solib, bugungi kunimizni, istiqbolimizni qadrlashga o‘rgatadi. Inson, millat va xalq tarixiy xotirasi bilan barhayot. Ajdodlarni xotirlash, ezgu ishlarini yodga olish, qolaversa, keksalik gashtini surayotgan faxriylarimizni ardoqlash, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish mustaqillik yillarida davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.