May 16, 2025
Navbatdagi to'garak mashg'uloti
2025- yilning 16-may kuni San’atshunoslik va pedagogika fakulteti ustaxonasida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Materialshunoslik fan to‘garagi doirasida mashg‘ulot o‘tkazildi. Mashg‘ulotni Tasviriy va amaliy san’at kafedrasi o’qituvchisi M.B.Sulaymonova tomonidan olib borildi. Materialshunoslik fan to‘garagi talabalarga turli materiallarning tuzilishi, xossalari, ishlatilish sohalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari haqida chuqur bilim berish haqida maqsad qilindi. Bu to‘garak orqali talabalar nazariy bilimlarni amaliyot bilan birlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.