"Ayollar sumkasiga milliy tasvirlarni chizish" mavzusida to'garak mashg'uloti.
2025- yilning 16-may kuni Buxoro davlat universiteti talabalar turar joyida talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularning kasbiy va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida “Mohir qo‘llar” to‘garagi doirasida “Ayollar sumkasiga milliy tasvirlarni chizish” mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida Tasviriy va amaliy san’at kafedrasi dotsenti N.M.Avliyakulova talabalarga milliy san’at va bezak elementlari haqida ma’lumotlar berildi. Milliy naqshlar, ranglar va ramzlar orqali ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirishdi, atrof-muhitga zarar yetkazmasdan qayta ishlanadigan sumkalar (eko-sumkalar) orqali foydali va go‘zal mahsulotlar berildi. Milliy naqshlar va ularning ma’nolari haqida suhbatlashishdi. Har bir talaba qog‘ozda sumka dizaynini chizishdi. Naqshlar qayerga joylashishini, rang tanlovini muhokama qilishdi.Tayyor sumkalar ustida belgilangan dizaynni bo‘yash, ranglarni ehtiyotkorlik bilan tanlash va qo‘llash haqida eslatib o‘tildi.