“Sharq va G‘arb san’ati kontekstida Yaponiya san’ati tarixiga nazar”
2026-yil 15-aprel 12-San TAS (sirtqi ta’lim) 23-guruh talabalari bilan
3-juftlikda Tasviriy va amaliy san’at kafedrasi dotsenti M. B. Azimova tomonidan “Yaponiya san’ati tarixi” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Mazkur dars O‘rta asrlar Sharqiy va G‘arbiy Yevropa san’ati tarixi fani doirasida tashkil etildi.
Ochiq dars davomida talabalar Yaponiya san’atining shakllanish bosqichlari, uning o‘ziga xos xususiyatlari hamda Sharq san’ati taraqqiyotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot oldilar. Shuningdek, yapon tasviriy va amaliy san’atining asosiy yo‘nalishlari, an’anaviy uslublari hamda tarixiy rivojlanish jarayonlari misollar asosida tahlil qilindi.
Dars interaktiv tarzda tashkil etilib, talabalarning mavzuga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Savol-javoblar, taqdimotlar va muhokamalar orqali mavzu yanada mustahkamlandi.
Ochiq dars yuqori saviyada o‘tkazilib, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ijobiy baholandi.