July 31, 2020

Qush uyasida ko'rganini qiladi

Tanqid ostida katta bo'lgan bola boshqalarni yomonlashni o'rganadi.
Kamsitilish bilan katta bo'lgan bola boshqalarga ishonchsiz bo'ladi.
Dushmandek munosabat qilingan bola kurash bilan yashashni o'rganadi.
Yomon ko'rishlar bilan tarbiya berilgan bola boshqalarga og'riq berishni o'rganadi.
Tushunmaslik bilan voyaga yetgan bola katta bo'lganida boshqalarni tinglashni bilmaydi.
Aldovlar bilan tarbiyalangan bola katta bo'lganida yolg'on gapiradi.
Uyaltirib katta qilingan bola katta bo'lganida o'zini aybdor his qilishni o'rganadi.

Faqat kuchli insonlar bolalarini quyidagicha tarbiyalashadi:

Qo'llab-quvvatlashlari orqali tarbiya ko'rgan bola katta bo'lganda boshqalarni himoya qiladi.
Maqsad yo'lida sobitqadam bo'lishni o'rgatilsa, u kelajakda sabrli bo'ladi.
Erishgan yutuqlaridan faxrlanishsa, bunday bolada o'ziga ishonch kuchli bo'ladi.
Vijdonlilikni o'rgatib katta bo'lgan bola kelajakda haqgo'y bo'ladi.
Xavfsizlik bilan tarbiya ko'rgan bola qonunga bo'ysunishni o'rganadi.
Ishonch tuyg'usi bilan tarbiyalangan bola boshqalarga ishonchni paydo qiladi.
Erkinlik berilib mustaqil fikri shakillantirilgan bola katta bo'lganida ma'suliyatli bo'ladi.
Mehr bilan tarbiyalangan bola katta bo'lganida boshqalarni yaxshi ko'ra oladi.
Hammasi oddiy va murakkab...

©️ PSIXOLOG ZEBINISO AHMEDOVA