October 6, 2020

IMIJ (Qiyofa)ni kashf qilish qoidalari

Birinchi qoida, o'z auditoriyangizni aniqlang. Siz kim bilan muloqotga kirishasiz, kimlarga ta'sir etasiz? Bu taassurotdan qanday natija olmoqchisiz?

Ikkinchi qoida,boshqalarda qanday fikr qoldirishni istasangiz,shu asosida kiyining. Masalan, qizning uchrashuvga xizmat kiyimi bilan chiqishi - uning o'y-fikrida faqat xizmat vazifasiga aloqador muammolar borligidan dalolat beradi. Bu esa, uning bo'ysunmaganligi, o'z moddiy mavqeini himoya qilish istagi kuchliligidan dalolat beradi.

Uchinchi qoida, siz paydo qilgan qiyofa ichingizdagi o'zligingizga mos kelishi lozim. Buning uchun siz o'zligingizga to'g'ri baho berishingiz kerak. Onore da Bal'zak: "Xasis boy bo'lish va isrofgar kambag'al bo'lish bir-biriga o'xshash", deydi.

Psixologlarning tahliliga ko'ra, modda o'zgarishlariga mukkasidan ketgan insonlar hayotda o'z o'rnini topish istagidagi shaxslardir. Ular hali o'z qiyofasiga ega bo'lmaganliklari sabab hayotda o'z o'rnini qidirish yo'lida ishonchsizlikni his qiladilar. Bu ishonchsizlikni qimmatbaho kiyimlar, taqinchoqlar, bezaklar bilan niqoblashga harakat qiladi.

To'rtinchi qoida, imijning vazifasi sizning jamiyatda alohida shaxs ekanligingizni kashf qilib berishdir. Aqilli inson qayerda qanday gapirishni bilganidek, munosib kiyinishni ham joyiga qo'yadi.

Beshinchi qoida, siz tanlagan qiyofa zamonga moslash bo'lishi lozim. Kiyim sizga mos kelishi, yurganingizda, o'tirganingizda bemalol bo'lishi, intim (uyatli, avrat) tana qisimlari ochiq bo'lmasligi kerak. To'y marosimlari uchun kiyiladigan uzun, yarim ochiq va o'ta tor ko'ylaklar, baland poshnali tuflilar, soch turmaklari noqulaylik tug'diradi. Boshqalar e'tiboriga tushaman deb, kulguga qolish kimga kerak!?

Xulosa: O'zingizga yarashgan kiyim kiyib o'zligingizni ko'rsata olishingiz Sizning yutug'ingizdir. Kiyimingizning rani, bichimi, fasoni, yoshingizga mosligi Sizning faxm-farosatingiz yetukligingizni ko'rsatadi. Sizning kiyinishingiz, avvalo, oilangizning obro'si va sha'nidir.

©️ PSIXOLOG - Zebiniso Ahmedova