May 19, 2021

Sevgining rivojlanish bosqichlari

Bola sevgisi

Bu insondagi ilk sevgidir. Odatda u onaga nisbatan bo'ladi. Bolaga doim onasi bilan birga uning bag'rida sevimli o'yinchog'ini o'ynab yotish yoqadi. Agar uning onasi ko'zdan g'oyib bo'lsa yoki o'yinchog'i sinib qolsa, u injiqlik qilib, yig'lashga tushadi. Bu onaga nisbatan QARAMLIK deyiladi. Bunday holat kattalarda ham kuzatilib turadi. Bola gapira olmasa ham o'z hissiyotlari orqali atrofdagilar bilan muloqotga kirishadi. Inson hayotida hissiyotlar juda muhir o'rin tutadi. Kimdir o'z bolaligini 1 yoshdan, kimdir 3, yana kimdir 5 yoshidan boshlab eslaydi. Qiziq bu nimaga bog'liq? Bu inson aynan shu yoshlarda yo salbiy, yoki ijobiy bo'lgan hissiyotlarni boshdan kechirganiga bog'liq.

Platonik sevgi

Bu sevgi asosan pubertant (garmonal tizimning rivojlanish bosqichi) 12-15 yoshli o'smir davrga to'g'ri keladi. Kamdan-kam hollarda 7-8 yoshlarda kuzatiladi. Bu davrda inson qarama-qarshi jins vakiliga nisbatan qiziqish bildiradi. Sababi, o'smirda juda ham ko'p miqdorda energiya quyilib keladi va u o'z sevgisni aniq obyektga: aktyor, honanda, o'qituvchi...... larga qaratadi. Bu infantil sevgi inson psixikasini rivojlanishida va keyingi bosqichiga o'tishida muhim o'rin egallaydi.

Agar inson bu sevgini o'z vaqtida boshidan kechirmasa, sochi oqarib, katta yoshli bo'lganida bo'lsa ham unga duch kelishi aniq! "Farzandlari, ota-onasi, ishi ko'ziga ko'rinmadi-ya", -degan gaplarni eshitganmisiz.

Jinsiy sevgi

Hamma bosqich o'z vaqtida kechgan insonlarda bu sevgi 17-20 yoshlarda kuzatiladi (o'gil bolalarda). Bu bosqichning o'ziga xosligi shundaki, o'g'il bolalarda (giperseksuallik) jinsiy yaqinlikka nisbatan qiziqish ortadi. O'g'il bolalar qancha ko'p qizlarni o'zlariga rom etsalar, ularda shunchalik o'zlaridan qoniqish, tan olinganlik va erkaklik hislarini tuyush paydo bo'ladi . Bu esa o'z navbatida shaxs sifatida shakillanishda o'zining hissasini qo'shmay qolmaydi.

Bu davr qiz bolalarda boshqacharoq kechadi. 20 yoshli qizga mehr, e'tibor, shirin so'zning o'zi yetarli bo'ladi. Ammo u 30-35 yoshga kirganida jinsiy hayot asosiy o'inga chiqadi.

Mukammal sevgi

Inson o'rtacha 25-30 yoshlarida bu sevgiga tayyor bo'ladi. Bu ko'rsatgich ertaroq yoki kechroq bo'lishi ham mumkin.

Mukammal sevgi - so'zsiz sevgidir, o'z juftini qanday bo'lsa shundayligicha, boricha qabul qilishdir. Bu paytda sevgan inson sevgilisini yonida bo'lishining o'zi yetarli bo'ladi. Agar ayol mazzali taom tayyorlay olmasa, oshpaz yollab yechim topiladi. Erkak uydagi buzilgan javonlarni tuzata olmasa, usta chaqirib vaziyatdan chiqiladi. Oilaviy muammolarni er va xotin bor imkoniyatlarini ishga solib, birgalikda hal qiladilar va natijada ularning munosabatlari yana ham mustahkamlanib boradi. Hullas, inson qadr-qimmati birinchi o'ringa chiqadi.

©️Nozima Zokirova