July 15, 2020

Siz yoqtirgan rang va sizning xarakteringiz

Oq rang - barcha ranglarning sintezi hisoblanadi, chunki u "ideal" rang, "orzular rangi"dir. Unda bir necha ma'no mujassamlashgan. Oq rang bir vaqtning o'zida yorug'lik jilvasi hamda muz haroratini aks ettiradi. Ushbu rangni inson xarakteridan qat'iy nazar afzal ko'rishi mumkin, chunki u o'zidan hech kimni itarmaydi.
Qora rang - oq rangning aksi. Ushbu rang hayotni qayg'uli idrok etish ramzi, ishonchsizlik rangidir. Qora rangli liboslar kiyishni yoqtiruvchi insonlar ko'pincha hayotni to'q ranglarda idrok etadilar, o'zlariga ishonchni his qilmaydilar, baxtsiz, depressiyaga moyil bo'lib, hayotda ideallariga erishishga shubha bilan qaraydilar. Qora rangli kostyum yoki ko'ylakni ancha yorqin, ko'zga tashlanadigan ranglisiga tez-tez almashtirib turish tushkunlik kayfiyatining ko'pincha o'zgarib turishidan dalolat.
Kul rang - biror qaror qabul qilishdan oldin ko'p o'ylaydigan, mulohazalilik va ishonchsizlik xos bo'lgan kishilarning sevimli rangidir. Shuningdek kul rang o'zini ko'rsatishdan cho'chiydiganlar afzal ko'radigan neytral rangdir. Kul rangga salbiy munosabat esa impulsiv, yengil tabiatli xarakter ko'rsatkichidir.
Qizil rang - ehtiroslar rangi. Bu mard, irodali, hokimlikka moyil, beqaror, fidoiy, muloqotchang kishilarning afzal ko'ruvchi rangidir. Bu rangni yoqtirmaydiganlarga ko'pincha nomukammalik kompleksi, janjaldan qo'rqish, yolg'izlikka intilish xos, munosabatlarda barqarorlikka intilishdan jabr ko'radilar.
To'q sariq - yaxshi rivojlangan intuitsiyaga ega bo'lgan xamda ehtirosli, hayolparast kishilar yoqtiradigan rang. Shu bilan birga bu rang munofiqlik, ikkiyuzlamachilik, mug'ombirlik timsoli hisoblanadi.
Jigar rang (yer rangi) - va uning barcha turlarini qat'iyatli,o'ziga ishongan odamlar afzal deb biladilar. Ular an'analar hamda oilalarni qadrlaydilar. Bu rang hudbin, o'zini yaxshi ko'radigan, pismiq kishilar uchun yoqimsiz rang hisoblanadi. Bunday odamlarning ochilishi juda qiyin bo'ladi.
Sariq rang - hotirjamlik, ziyolilik, odamlar bilan munosabatda erkinlik timsolidir.Qoidaga ko'ra, bu rangni muloqotchan, hamda boshqalarga yoqimli bo'lish imkoniyatidan zavqlanadigan kishilar sevadilar. Ushbu rang odatda jiddiy, pessimistik kayfiyatda bo'lgan,tanish-bilishlik o'rnatish qiyin bo'lgan kishilarga yoqmaydi.
Och yashil rang - bu rang odamlarni yoqtirmaydiganlar va beadablik rangi. U faqat hukumdor, o'z irodasini boshqalarga singdirishga intiluvchan, biroq o'zi harakat qilishga qo'rqadigan, murakkab vaziyatlardan qochuvchi kishilarga yoqadi.
Pushti rang - bu hayot va butun tiriklik rangi bo'lib, u hammaga sevish va oq ko'ngil bo'lishga undaydi. Uni sevuvchi kishilar arzimagan sabablarga ko'ra hayajonlanishga moyildirlar. Bu rang hisob-kitobli (pragmatik) kishilarni asabiylashtiradi.
Binafsha rang - kuchli emotsionallik, ta'sirchanlik, yuksak ma'naviylik, ruhan ko'tarinkilikni va xushmuomalalikni bildiradi. Uni qabul qilmaslik kuchli rivojlangan burch hissi, bugungi kun bilan yashash istagi belgisidir.Bu garmonik rivojlangan odamlarning tipik rangidir.
Ko'k rang - bu osmon rangi bo'lganligi uchun uni odatda odamning ruhan ko'tarinkiligi va pokligi bilan bog'lashadi. Agar bu rang yoqsa, jiddiylik va melanxoliyani bildiradi. Bunday odam tez-tez dam olib turishi kerak, chunki u tez va oson charchaydi. Unga atrofdagilarning ishonch hissi, yaxshilik tilashlari juda muhim. Bu rangni yoqtirmaydiganlar hamma narsa qo'lidan keladiganday taassurot qoldirgisi keladigan odamlardir. Lekin, aslida u o'ziga ishonmaydigan va yopiqlik namunasidir.
Yashil rang - tabiat rangi, tabiiylik, bahor, hayotning o'zini rangi. Bu rangni afzal biluvchilar begonalar ta'siridan qo'rqadilar, o'zini ta'kidlash yo'llarini qidiradilar, chunki bu ular uchun hayotiy zarurat. Yashil rangni yoqtirmaydiganlar hayotiy muammolardan, taqdirning burilishlaridan qo'rqadilar, umuman hamma qiyinchiliklardan vahimaga tushadilar.

©️G.Niyazmetova


@NozimaZokirova