FARZANDni o'zgartirishdan avval o'zingiz o'zgarishingiz kerak
"Ota-ona yuragidagini bola bilmaydi", - deganlaridek, bolaning aytmoqchi bo'lganini eshitmay turib "uf" tortadigan ota-onalar bu bolaning yomon ekanligini ko'rsatadimi? Men bunga ota-onalarning o'zlari aybdor deb o'ylayman.
Doktor Suzuki o'z farzandi bilan juda yomon munosabatda bo'lgan ona haqida aytib bergan. Ona umidsizlik bilan: "Nega Xudo menga yomon farzand yuborgan?!" - deb nolir ekan. Bir kuni doktor Suzuki unga : "Buning sababi uni doimo urishishingizda. U doim bezovta. Agar vaqti-vaqti bilan siz ham o'z xatolaringizni tan olsangiz, bolangiz sizni yaxshiroq tinglaydi va hurmat qiladi", - debdi. Bir muddatdan so'ng ona doktor Suzuki yoniga juda mamnun holda kelib, o'z o'g'ilchasi bilan munosabatini yaxshilaganini aytib berdi.
Vijdonli onalar ko'pincha ularning talabchanligi norozilikka uchrashidan shikoyat qiladilar. "Sizga aytish yaxshi, chunki buni o'zingiz qilishingiz kerak emas". Bolalar haq! Buyruq berish tarbiya qilishning yaxshi usuli emas. Agar bolalar butun kuchlarini ishga solsalar-u, ayni vaqtda, kattalar ota-ona sifatida qilishlari kerak bo'lgan ishning o'ntadan biri yoki yarmini ham qilmasalar, bundan yaxshilik chiqmaydi.Ota-onalar ham birior narsani birga qilib, unga ko'rsatish yo'lini topishlari lozim.
"Buni qil!", "Buni yodlla!" - dab buyruq berib otaning o'zi kursida gazeta o'qib o'tirishi - bu yalqov kishining usuli. Farzandni tarbiyalamoq o'zini ham doimiy ravishda tarbiyalash demakdir.
©️Masaru Ibuka