Hayot qonunlari
1. O'xshashlik qonuni
Hayotingizda paydo bo'lgan har qanday inson sizning aksingizdir. Siz hayotingizga o'zingizga o'xshagan insonlarnigina kiritasiz. Sizni qurshab olgan insonlar Sizga yoqmayapti. Demak, siz o'zingizga yoqmayapsiz va xuddi o'zingizga o'xshagan insonlar atrofingizga yig'ilishiga sababchi bo'layapsiz.
Atrofingizdagi insonlarni o'zgartirmoqchi bo'lsangiz, avvalo o'zingizni o'zgartirishingiz kerak.
2.Sabab va oqibat qonuni
Sababsiz oqibat bo'lmaydi. Siz nimaiki bersangiz, o'zingizga qaytadi, ya'ni "nima eksang, shuni o'rasan".
Odamlar Siz bilan qanday gaplashishlarini istasangiz, ularga shunday muomala qiling. Odam o'z-o'zidan yomon bo'lib qolmaydi. Qarg'agan bulbul bo'lib sayrab berishini talab qila olmaysiz. Har bir hodisani boricha qabul qiling!
3.Sevish qonuni
Sevgi barchaga kerak. Sevgi qabul qilish, samimiylik, nafosatlilik, himoya, javobgarlik, ishonchga kira olish, beminnatlik va bag'rikenglik.
Siz boshqa insonlarga himoyani, javobgarlikni, beminnatlilikni, nafosatni, ishonchni,, samimiyatni qanchalik ko'p bera olar ekansiz, sizga ham xuddi shuncha bo'lib qaytadi.
Qo'rquv, rashq, bog'lanib qolish, qaramlikning sevgiga taalluqli joyi kam. Chunki sevgi rivojlanishga olib keluvchi yagona yo'ldir.
Muhabbat orqali Sizda kechirimlilik, rahmdillik, hotamtoylik kabi xislatlar namoyon bo'ladi va takomillashadi.
4.So'zning kuchliligi qonuni So'z qanchalik buyuk kuchga ega ekanini baholay olishingizga shubha yo'q. Gapirayotgan so'zlaringizga nazar soling: kamsirish, ta'na, haqorat qalbda og'riqli yaralar qoldiradi. Ba'zan og'riqlar sizni kuchli qiladi, ammo yaralar bitgunicha qalb ozor chekadi va chandiq yana bittaga ko'payadi.
5.Ishonch qonuni
Ishonch paydo bo'lsagina insonlar o'rtasida sevgi va muhabbatga asoslangan munosabat tug'iladi. Faqat ishonch bor joyda sevgi tug'iladi. Sevgisi yo'q insonningishonchi ham yo'qdir.
Sevgisiz va ishonchsiz inson shubha, gumon, xavotir va qo'rquv iskanjasida yashaydi. Chuqur nafas olishi unga hushyorlikni yo'qotishiga, ogohlikni qo'ldan boy berishiga va nihoyat yengilishiga sababchidek ko'rinadi. Shu sabab hech qachon chuqur nafas olmay yashaydi.
Sevgining asosi ishonchdir!
6.Samimiyat qonuni Sevish va sevilish - baxtlilik emas. Hammasi oldinda! Sevgi bir gulga o'xshaydi: O'sadi, gullaydi, yaproqlari so'lib oxir oqibat quriydi. Gulning taqdiri o'z qo'lingizda. Gulga yatarli ozuqa va suv kerak. Sevgi uchun hayotbaxsh ne'mat samimiyatdir.
7.Armug'om qilish qonuni
Sevish - o'zingizning bir bo'lagingizni samimiyat bilan tekinnga armug'on qilishdir.Sizga sevgi kerakmi? Muhabbatni sotib olishning bitta yo'li bor: sevgini armug'on qilish! Mehringizni qanchalik ko'p in'om qilsangiz, barakasi bilan o'zingizga qaytadi.
Bir narsani unutmasligingiz kerak, muhabbat, yaxshi ko'rishning chek-chegarasi yo'q. O'zingizning bir qismingizni beraversangiz, Nima qoladi?! Sizga o'zingiz va o'zligingiz ko'payib, kuchli bo'lib qaytadiki, har safar o'zingiz qaytganingizda o'sasiz va avvalgidan ham kuchli bo'lasiz.
8.Erkinlik qonuni
Kimni yaxshi ko'rsangiz, unga erkinlik bering. O'z qarorini chiqarishiga ishoning. O'z istaganicha yashashiga sharoit yaratib bering. Siz istagandek yashashi, sizga yetishmagan narsani yaxshi ko'rgan insoningizdan talab qilishingizdir. Kimnidir sevishingiz uning istaklarini quvvatlashingizdir. Boshqa insonga qanchalik erkinlik bera olsangiz, u sizga shunchalik yaqin bo'ladi.
©️Psixolog - Z. Ahmedova