Hayotda o'z o'rnini topgan insonlar hayotidan lavhalar

Charlz Spenser Chaplinning 70 yoshiga kirishi munosabati bilan uyushtirilgan kechada so'zlagan nutqi

G'am chekish va o'zidan qoniqmaslik - o'zing istagan narsaga qarshi harakat boshlash ekanini tushunganimdan boshlab, o'zimni yaxshi ko'ra boshladim. Men o'zimni yaxshi ko'rishimni tushunganim: biror insonga o'z istaklaringni majburiy bajartirish uni qanchalar baxtsiz qilish, bundan u qanchalar xafa bo'lishini tushundim. U inson bu istaklarni bajarishga hali tayyor emasdir? Bu xohishlar ro'yobga chiqishiga hali vaqt etib kelmagandir. Bu inson o'zim edim. Hozir bu narsani "O'zimni hurmat qilish" deb atayman.

Men o'zimni yaxshi ko'rib qolgan kunim shuni tushundimki, men yashayotgan hayot meni baxtli qilish uchun hamma imkoniyatlarni bergan ekan! Men boshqa hayotni orzu qilmay qo'ydim! Hozir buni "Yetukligim" deyman.

Men o'zimni yaxshi ko'rib qolganimda har bir vaziyatda kerak joyda, o'z vaqtida va zarur makonda, to'g'ri gapni gapirganimni tushundim. Bo'laotgan voqealar esa, juda to'g'ri va kerakligi uchun sodir bo'layotgan edi. Men doim xotirjamman! Hozir bu holatimni "O'zimga ishonch!" deb atayman.

Men o'zimni yaxshi ko'rib qolganimda o'z vaqtimni bekor o'tkazishdan, katta loihalar orzu qilishdan voz kechgan edim. Menga quvonch, yashashga zavq beradigan narsalarnigina bajarishni boshlagan edim. O'zim xohlagancha, istagan vaqtda yuragim zavqinigina bajaraman. Hozir buni "Oddiylik" deb atayman.

Men o'zimni yaxshi ko'rib qolganimda sog'lig'imga na ovqatlanish, na insonlar, na vaziyatlar ta'sir qila olar edi. Meni pastga tortgan har bir inson, voqea-hodisa va taassurotlarni "Mening yo'limdan" chalg'ituvchi, zavqimni tortib oluvchilar deb bilgan edim. Hozir buni "O'zimni qadrlashim" deb atayman.

Men o'zimni yaxshi ko'rgan kunimdan boshlaboq "Men haqman" degan olishuvdan kechdim. Shunda men adashayotganimni tushundim. Hozir buni "Kamtarlik" deb atayman.

Men o'zimni yaxshi ko'rgan kunimdan boshlab o'tmishda yashashni to'xtatdim va kelajakdan xavotirlanmay qo'ydim. Hozir esa men bugunim bilan yashayman va buni "Shukur "deb atayman.

Men o'zimni yaxshi ko'rganimda shuni angladimki, bazan aql insonga xalaqit beradi. Hatto kasal qilib qo'yadi. Aqlimni yuragim bilan bog'lagan kunim ongim mening do'stimga aylandi. Hozir buni "Yurak ko'proq biladi" deb atayman.

Biz hech qachon nizolashish, o'z-o'zimiz bilan yolki boshqa insonlar bilan kelisha olmaslikdan qo'rqmasligimiz kerak! Yulduzlar ham bir-birlari bilan to'qnashadilar. Yulduzlar aslida uchrashtirgani, bir-biriga kerak bo'lgani, zavqli hayot tug'ilishi uchun to'qnashishadi. Bu to'qnashuvlardan yangi hayot boshlanadi. Hozir buni "Zavqli hayot!" deb atayman.

©️Psixolog. Zebiniso Ahmedova