May 27, 2021

"Insonning o'tmishini tushinish" mashqi

Sharh: ushbu mashq Sizni boshqa shaxsning o‘tmishini to‘g‘ri tushunishingizga yordam beradi.

1.Siz muayyan sababga ko‘ra gaplashishni xohlamaydigan yoki qo‘rqadigan biror inson to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring (yoki yozing)
2.Siz xush ko‘rmaydigan shaxs o‘zini bunday tutishiga turtki bo‘layotgan sabablarni yozing.
3.Endi, siz xush ko‘rmaydigan inson to‘g‘risida qanday tasavvurlar kelganligini yozing.

Masalan:
1.Men Javlon bilan men bilan har doim ham gaplashishni istamaganligi sababli do‘stlashishni xohlamayman.
2.Men Javlonni baxtsiz va yolg‘iz ekaligini tushundim. Shuningdek, uning onasi surunkali kasal bo‘lganligi sababli o‘qishi va turar joy ijarasiga pul topib berolmayotganligini bildim.
3.Endi men buni haqiqatligini bilganimdan so‘ng, men u bilan do‘stlashishni xohlayman. Chunki, uning kamgapligi va badqovoqligi men bilan emas, balki oilaviy muammolar bilan bog‘liqdir.