A
@abdef
1 post

Jeyn Ostinning "Andisha va g`urur" asari asnosida

Aksariyat kitobxonlar romantik ruhdagi qiz-yigit munosabatidan iborat boʻlgan asarlarni u qadar pisand qilmaydilar. Toʻgʻri, kitobning asosiy vazifasi insonning dunyoqarashini oʻstirish, saviyasini yuksaltirishdir. Ammo inson baʼzan kitobni, shunchaki, zavq olish uchun, orzular roʻyobidagi shodlikni, hech boʻlmasa, asardan his qilish uchun mutolaa qilsa, buning hech yomon joyi yoʻq. Chunki romantika, tuygʻular qanchalik ensamizni qotirmasin, hech birimizning "aqlli boshimiz" bu tushunchalardan xoli emas.