January 8, 2019

Tabassum qilishning 7 sababi :)

Agar sen tabassum qilsang, dunyo senga tabassum qiladi.
Dalai Lama

Tabassum hech kanday o`y-hayollarsiz sodir bo`ladi. Agarda do`stingiz kulgiliĀ yoki beo`xshov harakat qilsa, siz shunchaki jilmayib qo`yasiz. Agarda siz o`qish yoki ishda muvoffaqiyatga erishsangiz, quvonasiz. Tabassum bu tabiiy holat bo`lib, siz o`z hursandchiligingizni boshqalar bilan shu orqali bo`lishasiz. Tabassum qilish miya faoliyatini harakatlantiruvchi va jadallashtiruvchi omil hisoblanadi.

Siz kun davomida tabassum qilasizmi? Yangi insonlarni uchratganingizda, do`stlaringizni ko`rganingizda, oilangiz bilan birga bo`lganda yoki farzandingizni ko`rganda tabassum qilasizmi? Bilasizmi, inson yuzini 44 ta muskullar tashkil etib, ular 5000 ga yaqin yuz ifodalarini namoyon etadi va bularning asosini tabassum tashkil etadi.

Quyidagi ifodalangan ā€œTabassum qilishning 7 sababiā€ orqali tabassum qilishning sog`liqga va hayot tarzimizga qanchalik foydali ekanligini bilib olasiz:

1. Tabassum sizni bahtli qiladi (hatto yomon kayfiyatda bo`lganingizda ham).Ā Yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek, tabassum qilish miya faoliyatini harakatlantiruvchi va jadallashtiruvchi omil hisoblanadi. Birgina oddiy tabassum sizni bahtli va hursand ekanligingiz haqida miyaga ishora jo`natadi. Hursand bo`lganisizda esa inson tanasi ā€œendorfinā€ deb nomlanuvchi moddani ishlab chiqaradi va ular kayfiyatingizni ko`taradi.

2. Tabassum atrofdagi insonlarni hursand qiladi.Ā Tabassum ā€“ yuqimli hisoblanadi. Tadqiqot bo`yicha agarda inson do`stini tabassum qilganini ko`rsa o`zi ham tabassum qilishni boshlaydi. Qiziq, shunday emasmi? Kimdir tabassum qilib tursa u yaxshi kayfiyat bilan boshqa insonlar bilan bo`lishadi. Tabassum qilgan inson baht olib keladi.

3. Tabassum sizni yanada maftunkor qiladi.Ā Biz asosan e`tiborimizni tabassum qilgan insonlarga qaratamiz. Biz, kim va nima uchun tabassum qilayotgani haqida bilishga qiziqamiz. Ho`mrayish insonlarni o`zidan qochiradi, tabassum esa o`ziga tortadi.

4. Tabassum stress holatidan chiqishga yordam beradi.Ā Tabassum charchoqni engishda yaxshi yordam hisoblanadi. Tabassum hayajonni bosadi. Baht ishoralari miyaga borganda, bizning tana nafas olishni boshlaydi va yurak urishini pasaytiradi. Stress darajasini pasaytirilishi esa butunlay sog`likga ijobiy bo`ladi.

5. Tabassum, bo`yanishdan (makiyaj) ko`ra yoqimliroqdir.Ā 69% insonlarning aytishlaricha, makiyajsiz tabassum qilgan ayol, kosmetika bilan bo`yangan va tabassum qilgandan ko`ra yoqimliroqdir. Tabassum qilgan vaqtida ishlatilgan muskullar yuzimizni tortadi va shu bilan insonni yanada yoshroq qiladi.

6. Tabassum sog`liqga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.Ā Tabassum imunitet tizimini yaxshiroq ishlashiga yordam beradi. Tabassum qilgan vaqtda siz o`zingizni bo`sh qo`yasiz. Ko`plab tadqiqotlar isboti bo`yicha tabassum inson sog`lig`iga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Tabassum qon aylanishini yaxshilaydi, qondagi shakar darajasini pasaytiradi, stressga qarshi yordam bo`ladi va uyquni yaxshilaydi.

7. Tabassum sizni muvaffaqiyatli qiladi.Ā Tabassum qilgan insonlar o`ziga ishongan insonlar bo`lishadi. Uchrashuvlarga va yig`ilishlarga tabassum kiyib boring va insonlar sizga boshqacha qarashadi. Tadqiqotlarga ko`ra, tabassum qilgan insonlar yanada yoqimli, o`ziga ishongan, odobli va qarorli bo`lib ko`rinadilar.

Tabassum yuzingizni aslo tark etmasin.