6 ta muhim hayotiy saboqlar (16+)
1-saboq
Xotini endigina cho'milib chiqqach, eri dushga kirib ketadi. Shu payt eshik qo'ng'irog'i jiringlaydi. Xotin shosha-pisha sochiqni o‘rab, chopib borib ochadi. Qarasa, ostonada - qo'shni Smit. Smit uni ko‘rishi bilan “Agar sochiqni yechsang, senga 800 dollar beraman”, deydi. Bir-ikki soniya o'ylab, ayol shunday qiladi va Smitning oldida yalang'och turadi. Bob unga 800 dollar berib ketadi. Xotin yana sochiqni o'rab, hammomga qaytadi. "- Kim ekan?" — so‘raydi er. "- Smit!" xotini javob beradi. "- Yaxshi, u menga 800 dollar qarzini olib kelibdimi?"
Qissadan hissa: Hamisha sheriklaringiz bilan kreditlar haqida ma'lumot almashib turing, aks holda ko'ngilsiz vaziyatga tushib qolishingiz mumkin.
2-saboq
Kechki sayrga chiqqan ruhoniy ota yo'lida uchragan yangi, yosh rohiba juvonni monastirgacha eltib qo'yishni taklif qiladi. Yonidagi o'rindiqqa o'tirgan rohibaning oyoqlarini ko'rgan ruhoniy sal qolsa avariya bo'lardi. Nihoyat mashinani yana tekis yo'lga burgach, u sekin qo'lini rohibaning oyog'iga qo'yadi. Rohiba: "Ota, Zaburdagi 129-ahdni eslaysizmi?" Ruhoniy darrov qo'lini oladi. Yana qo'lini oyog'iga qo'yganida, rohiba takrorlaydi: "Ota, Zabur 129ni eslaysizmi?" Ruhoniy uzr so'raydi: "Kechir meni, iymon sust ketdi." Monastirga yetib borgan rohiba og'ir xo'rsinib, kirib ketadi. Xonasiga qaytgan ruhoniy darhol Zaburdagi 129-ahdni topadi. Unda shunday deyilgandi: "Oldinga bor va izla, shunda baxt topasan".
Qissadan hissa: Agar siz o'z sohangizni puxta bilmasangiz, rivojlanish uchun ko'p imkoniyatlardan quruq qolasiz.
3-saboq
Kassir, kotiba va bosh menejer tushlik qilishga chiqqanlarida, yo'ldan sehrli chiroq topib oladilar. Uni ishqalashganida, chiroq ichidan qudratli Jin chiqib keladi. "Har biringizda 1 tadan tilak bildirish imkoni bor",- deydi jin. “Men birinchi!” deya baqiradi kotiba menejerini kutmasdan: "Men hoziroq Bagama orollarida, hech narsani o'ylamasdan dam olishni xohlayman!" Pshsh! U g'oyib bo'ladi. “Endi men”, deya baqirgancha kassir shunday deydi: "Hoziroq Gavayida plyajda dam olishni, massaj, limonad va hayotdagi muhabbatimni topishni xohlayman!" Pshsh! U ham pardek izsiz yo'qoladi. "Endi sening navbating", deydi Jin menejerga qarab. "Men anavi ikkisi tushlikdan keyin yana ofisga qaytishlarini xohlayman!"
Qissadan hissa: Har doim nima bo'lishidan qat'i nazar, boshlig'ingiz birinchi bo'lib gapirishiga imkon bering.
4-saboq
Burgut daraxt ustida hech narsa qilmasdan dam olib o'tirardi. Kichkina quyon burgutni ko'rib: "Men ham siz kabi hech narsa qilmay o'tirsam maylimi?"-, deb so'raydi. “Albatta, nimaga yo'q?”, deb javob beradi burgut. So'ng quyon ham o'sha daraxt tagiga o‘tirib, dam ola boshlaydi. Buni uzoqdan kuzatib turgan tulki quyonga tashlanib, uni paqqos tushiradi.
Qissadan hissa: Hech narsa qilmasdan o'tirish uchun juda-juda balandda o'tirish kerak.
5-saboq
Bir kuni Kurka buqaga arz qilibdi: "Men huv anavi baland daraxt tepasiga chiqishni orzu qilaman, lekin mening kuchim juda oz",- deydi xo'rsinib. “Nega mening axlatimdan foydalanmaysan?” gap qotadi ho‘kiz, - “Unda juda ko‘p oziq moddalar bor”. Kurkaga go‘ng daraxtning pastki shoxiga chiqish uchun yetarlicha kuch beradi. Shu tariqa, nihoyat 4-kuni kurka g‘urur bilan daraxtning eng tepasiga chiqib o‘tirardi. Shunda uni o'sha yerda yurgan bitta fermer ko‘rib qoladi va ov miltig‘i bilan otib tushiradi.
Qissadan hissa: Axloqsiz manipulyatsiya sizni yuqori cho'qqilarga olib chiqishi mumkin, ammo bu sizni u yerda uzoq ushlab qololmaydi.
6-saboq
Qahraton qishning izg'irinli kunlari boshlanayotgan bir kuni mitti qushcha qishlash uchun issiq janub tarafga uchib ketmoqchi bo'libdi. Biroq havo shunchalik sovuq ediki, u katta dala ustidan uchib o'tayotib, muzlagancha yerga qulab tushadi. Qushchaning baxtiga o‘sha paytda yonidan bitta sigir o‘tib ketayotib, qushning ustiga o'z axlatini qoldiradi. Sigir axlatida yotib, qush isiy boshlaydi. Tappi uni hayotga qaytargandi! Qush birdan o‘zini shu qadar baxtli his qiladiki, u quvonchini izhor qilish uchun kuylay boshlaydi. Buni uzoqdan eshitib qolgan yovvoyi mushuk esa nima gapligini bilish uchun yaqinlashadi. Oxir-oqibat ovoz manbasini topgan mushuk qushni qazib oladi va qush o'ljaga aylanadi.