Hikoyachi
@hikoyachiuz
4 posts

Bir umrning zavoli. Stefan Sveyg

Umri tijorat bilan o‘tgan Solomon bobo kunlardan bir kun Gard ko‘li sohilidagi mehmonxonada yarim kechasi qorin og‘rig‘idan uyg‘onib ketdi. Bu yerga u oilasi bilan birga dam olgani kelgan edi. Qarasa, ahvol chatoq: ichini birov burg‘u bilan parmalayotganday, nafas olyaptimi, yo‘qmi – o‘zi ham bilmaydi. Qariyaning kapalagi uchib ketdi. To‘g‘ri, ko‘pdan buyon jigaridan nolib yurardi, ammo bunaqasi... U shiftga tikilgancha do‘ppaygan qornini, so‘ng ko‘kragi va yelkalarini asta siypalab chiqdi. Og‘riq pasayay demasdi. Qayoqdan ilashdi bu kasofat? Balki biror ovqat yoqmagandir? Italiyaga kelgan sayyohlar orasida bunaqa shikoyatlar quloqqa ko‘p chalinadi. Harakat qilsam og‘riq tarqalar, degan xayol bilan inqillab-sin-qillab o‘rnidan turdi...

Singan olcha daraxti. Jessi Styuart

— Darsdan so‘ng qolaveraman-u, lekin uning o‘rniga xivich bilan savalab, uyga ertaroq ketishimga ijozat bersangiz yaxshiroq bo‘lardi. Uyga ikki soat kech borsam ham baribir otamdan kaltak yeyman, — dedim o‘qituvchimiz professor Gerbertga.

Zolim. Uilyam Demil

Tashqarida salqin kuz havosi ila yo‘g‘rilgan o‘rmon uzra oktyabr quyoshi zaif nur sochmoqda edi. Ichkarida esa hozircha bizga notanish qandaydir bir erkak tog‘ bag‘rida joylashgan lagerdagi o‘z bo‘lmasida o‘y surgancha tik turib qolgandi. U o‘tkir ichimliklar hamda qurol-ashyolari saqlanadigan shkafga yuzma-yuz turardi. Shkaf eshigi ochiq qolgan; Jadson Veb – ya’ni, boyagi erkak – qish arafasida bu yerdan ketish tadorigini ko‘rmoqda edi, hademay u bilan xotini Marsi o‘z ona yurtlariga qaytib ketishadi. Jadson allaqanday shisha turgan shkafga ko‘zi tushgani hamon birdan afti-angori o‘zgardi. U yerdagi hamma shishalar bus-butun turar, faqat birgina shishaning og‘zi ochilib qolgandi. Bu ochilgan shisha ichidagi viski esa yarimdan ham...

Telegramma. Konstantin Pautovskiy

Konstantin Paustovskiy (1892–1968) — XX asr rus adabiyotining eng yorqin vakillaridan biri. Ilk kitobi – “Ro’paradagi kemalar” (1928). “Qorabo’g’oz” qissasi bilan shuhrat qozongan. “Sharl` Lonsvil` taqdiri”, “Kolxida”, “Qora dengiz”, “Tozi it yulduzlar turkumi”, “Shimol qissasi”, “Meshyora tomonlarda” kabi qissalar, “Romantiklar”, “Yarqiroq bulutlar” kabi romanlar, bir qator p`esa, hikoya, ocherk va ertaklar muallifi. Asarlari asosida qator fil`mlar suratga olingan. “Tilla atirgul” qissasida ijod mohiyati haqida so’z boradi.