
Iqlim. O'zbekiston va Rossiya geografik jihatdan turli hudud va kengliklarda joylashgan. Sovuq va nam havo rus o'lkasining katta hududini egallaydi va bu Rossiyada 4-6 oy futbol o'ynash imkonini beradi, xolos. Ammo, so'nggi yillarda janubiy Rossiyada futbol ancha jonlandi: "Krasnodar", "Rostov", "Sochi" kabi jamoalar yilning 3 faslida futbol o'ynay olishadi. O'zbekistonda esa keskin-kontinental iqlim hukm suradi. Qish va yoz fasllarining ekvatorida futbol o'ynash birmuncha qiyin bo'lsa-da, ammo 9-10 oy bemalol sifatli futbol ko'rsatish mumkin. Ko'rinib turibdiki, bu borada tarozi pallasi O'zbekiston tomon og'irroq bosadi.