Anton Chexov
December 3, 2024

Ro'znomalar | Anton Chexov

Bir viloyat klubining kattasi uzoq sargardonlikdan so‘ng o‘z shahriga qaytib kelib, klubda dahshatli tartibsizliklarni ko‘rdi va, jumladan, klub o‘qish xonasida ko‘p gazeta va jurnallarni topolmadi. U kutubxonachi ayolni (ayni paytda bufetchi ham bo‘lgan) chaqirib, uni koyidi va yo‘qolgan jurnal va gazetalarning qayerdaligini qanday qilib bo‘lsa ham bilib kelishni buyurdi. Bir haftadan so‘ng kutubxonachi ayol kattaga quyidagi yozuvni topshirdi:

"Shifokor va texnik" Pyotr Nilichning xotinining karavoti tagida, "masxaraboz" karavotda, "ayollar do‘sti" esa o‘sha yotoqxonaning shkafida.

"Rus fikri" kvartal nazoratchisinikida.

"Rus xabarchisi" nemisning pivoxonasida.

"Sayohatchi" agar savdogar Vixorkinanikida bo‘lmasa, demak bufetda.

"Ko‘ngil ochish" otaxon Nikandrning aroq turadigan javonida.

"Hayot", "Shafaq" va "Yangilik" hech qayerda yo‘q, "Kuzatuvchi" va "Sibir" bor.

"Qatralar" Kulikovning idish-tovoq do‘konida.

Bog‘langan "rus yahudiyi" o‘qish xonasining burchagida arqonda osilib turibdi.

"Qissanavis"ni qizlar bal paytida g‘ijimlab, royal tagiga tashlaganlar.

"Nogiron"ni siz devorqog‘oz qilishga buyurgan edingiz.

"Oila va maktab"ni siyoh bilan belashgan.

Ofitsiant Karp xotinining allaqayeridadir "Asalari"ni ko‘rganini aytgan.

"Dala" qovoqxonachinikida.

"Ninachi"ni pochta boshlig‘ining to‘yida ko‘rishgan, hozir qayerdaligi noma’lum.

"Guldon" sizning karavotingiz tagida.

Vitse-gubernatorda "ish" yo‘q, u kotibida.

"Yorug‘lik"ni yahudiylarga sotishgan.