Badiiy adabiyot o‘qish odamlarning hamdardligi va rahm-shafqatini oshirishi aytilgan. Ammo tadqiqotlar haqiqatan ham buni tasdiqlaydimi?
Bu bir ruhiy kasalxonadagi yigirma uchinchi raqamli bemorning hammaga aytib beradigan hikoyasi. Yoshi o‘ttizdan oshgan bo‘lsa-da, bir qarashda juda yosh ko‘rinadi. Uning boshidan o‘tkazganlari... aslida, uning boshidan o‘tkazganlari ahamiyatsiz. Mana, u tizzalarini quchoqlab, men va shifoxona bosh vrachi doktor S. oldida qimirlamay o‘tiribdi-da, charchoq ohangda uzun hikoyasini so‘zlab beryapti. Vaqti-vaqti bilan panjarali derazaga qarab qo‘yadi, u yerda yolg‘iz eman xira qorli bulutlarga yaproqsiz, yalang‘och shoxlarini cho‘zib turibdi. Ba’zan u qo‘l harakatlari qilib, gavdasi bilan turli ishoralar qiladi. Masalan, "hayratda qoldim" deya turib, boshini keskin orqaga tashlaydi. Menimcha, uning hikoyasini aniq yozib oldim. Agar...
Ko‘z yoshlar vodiysida turib, sening marhamatingga iltijo qilamiz... Ey, gunohlarni kechiruvchi va marhamatli, ey, rahmdil va fazilat sohibasi Bibi Maryam!
O‘shanda men uzoq safardan qaytib, "xangeku" (harbiy kemalarda kadetlarni shunday atashadi) unvoni bilan xayrlashishga tayyor edim. Bu voqea bronenosesimiz pkoshuk portiga kirganining uchinchi kuni, soat uchlarda sodir bo‘ldi. Har doimgidek, ishdan bo‘shatilganlarni qirg‘oqqa chaqirish uchun karnay qattiq chalindi. "Axir bugun o‘ng bortdagilarning qirg‘oqqa tushish navbati-ku, ular esa yuqorigi palubada saf tortib turishibdi!" degan fikr xayolimizdan lip etib o‘tmasdanoq, birdan umumiy yig‘ilish karnayini chalishdi. Umumiy yig‘im hazilakam ish emas. Hech narsaga tushunmay, bir-birimizdan nima bo‘lganini so‘ray-so‘ray yuqoriga yugurdik. Hamma saf tortgach, komandir yordamchisi bizga shunday dedi:
Men paroxod salonining o‘rtasidagi stolda, qandaydir g‘alati odamning ro‘parasida o‘tiribman.
Qadim zamonlarda Yaponiyada tamaki haqida hech qanday tushuncha bo‘lmagan. Solnomalarning guvohlik berishicha, u mamlakatimizga qachon kirib kelgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar juda ziddiyatlidir. Ba’zilarida bu voqea Keyte yillarida, boshqalarida esa Temmon yillarida sodir bo‘lgani aytiladi. Biroq, Keytening o‘ninchi yiliga kelib, mamlakatimizda tamaki, chamasi, hamma joyda yetishtirilayotgan edi. Tamaki barglarini chekish o‘sha paytda qanchalik odat tusiga kirganini Bunroku yillaridagi mashhur qo‘shiqcha tasdiqlaydi:
*Chirmovuqdoshlar oilasiga mansub tuganak mevali o‘simliklarning bir turi; "kumara" va "shirin kartoshka" nomlari bilan ham tanilgan. Qimmatli oziq-ovqat va yem-xashak ekini. Sabzavotidan tashqari, ovqatga yosh barglari va novdalari ham ishlatiladi - ularni ko‘kat sifatida iste’mol qilinadi.
Xona ko‘zga ko‘rinmas olovdan yorug‘ va shinam bo‘lgan katta issiq o‘choqqa o‘xshardi. Kaminning deyarli o‘chib qolgan, unda faqat nam xodalar ustida cho‘g‘lanib turgan uchqunlar va ozgina taft bor edi, undan faqat tutun va to‘q sariq ko‘zlari miltillayotgan bir nechta cho‘g‘ qolgandi. Xonani asta-sekin to‘ldirib, so‘ng yo‘qolib, yana qayta to‘ldirayotgan musiqa sadolari yangramoqda edi. Uzoq burchakda, yozgi sarg‘ish devorlarni yoritib limon rangli abajurli yolg‘iz chiroq yonib turardi. Benuqson sayqallangan parket qora daryo suvidek yaltirar, unda Janubiy Amerikaning yovvoyi qushlarini eslatuvchi gilamchalar suzib yurardi, ularning patlari ko‘m-ko‘k, oppoq va yam-yashil changalzorga o‘xshardi. Yangi uzilgan issiqxona gullarining sokin...
Graf N. ning issiqxonasida gullar savdosi bo‘lib o‘tdi. Xaridorlar ko‘p emas: men, qo‘shnim - pomeshchik va yog‘och savdosi bilan shug‘ullanuvchi yosh savdogar. Ishchilar ajib xaridlarimizni olib chiqib, aravalarga joylashtirayotganda, biz issiqxona kiraverishida turli mavzularda suhbatlashib o‘tirardik. Aprelning iliq tongida bog‘da o‘tirib, qushlar ovozini tinglab, ochiq havoga olib chiqilgan gullarning quyoshda jilvalanishini tomosha qilish g‘oyat yoqimli edi.
«Men»ing «sir»im biri nafsdan biri o'limdan hikoya qiladi. O'z holimizda: biri juda yoqimli birini o'ylash esa qo'rquv beradi. Yakunda yo'limiz bu ikkisi haqidagi fikrimizni teskari qilishdan iborat. Birini yoqimsiz, birini mujda deb bilamiz. Biz yo'lga chiqdikmi yoki hali ham to'xtab turibmizmi yoki ortga ketdikmi, buni ham bilishimiz mushkul. Aslida qayoqqa qarab yurishimiz kerak? Qay bir yo'l bizni maqsadga yetaklaydi?