Ismoil Madgaziyev
@madgaziyev
22 posts
Anton Chexov

Katta bog‘bon hikoyasi | Anton Chexov

Graf N. ning issiqxonasida gullar savdosi bo‘lib o‘tdi. Xaridorlar ko‘p emas: men, qo‘shnim - pomeshchik va yog‘och savdosi bilan shug‘ullanuvchi yosh savdogar. Ishchilar ajib xaridlarimizni olib chiqib, aravalarga joylashtirayotganda, biz issiqxona kiraverishida turli mavzularda suhbatlashib o‘tirardik. Aprelning iliq tongida bog‘da o‘tirib, qushlar ovozini tinglab, ochiq havoga olib chiqilgan gullarning quyoshda jilvalanishini tomosha qilish g‘oyat yoqimli edi.

Parcha | Anton Chexov

Haqiqiy davlat maslahatchisi Kozerogov iste’foga chiqqach, kichikroq mulk sotib olib, o‘sha yerga o‘rnashdi. Bu yerda u qisman Sinsinnatus, qisman professor Kaygorodovga taqlid qilib, ter to‘kib mehnat qildi va tabiat haqidagi kuzatishlarini yozib bordi. Uning vafotidan so‘ng, yozuvlari boshqa mol-mulki bilan birga vasiyatnomaga ko‘ra uy boshqaruvchisi Marfa Yevlampiyevnaga o‘tdi. Ma’lumki, hurmatli kampir boyning hovlisini buzib, o‘rniga a’lo darajadagi spirtli ichimliklar sotiladigan mayxona qurdirdi. Bu mayxonada yo‘lovchi pomeshchik va amaldorlar uchun alohida "toza" xona bo‘lib, agar yo‘lovchilardan birontasiga qog‘oz kerak bo‘lib qolsa deb, xonadagi stol ustiga marhumning yozuvlari qo‘yilgandi. Yozuvlardan bir varaq qo‘limga...

Majburiy ariza | Anton Chexov

1876-yilning 7-iyul kuni kechqurun soat 8 yarimda men bir pyesa yozdim. Agar mening raqiblarim uning mazmunini bilishni istasalar, mana u. Buni jamiyat va matbuot hukmiga havola qilaman.

Benikoh bola | Anton Chexov

Kollegiya amaldori Miguyev kechqurun sayr qilar ekan, telegraf ustuni oldida to‘xtab, chuqur xo‘rsindi. Bir hafta oldin xuddi shu joyda, kechqurun sayrdan uyiga qaytayotganida, uni sobiq xizmatkori Agniya quvib yetdi va g‘azab bilan dedi:

Qarg‘a | Anton Chexov

Qarg‘alar uchib kelishdi va rus dalalarining ustida gala-gala bo‘lib aylanishdi. Men ulardan eng salobatlisini tanlab, u bilan suhbatlasha boshladim. Afsuski, menga o‘taketgan bahs-munozarachi va pand-nasihatchi qarg‘a duch keldi, shuning uchun ham suhbatimiz zerikarli chiqdi. Mana, biz nima haqida gaplashdik:

Ro'znomalar | Anton Chexov

Bir viloyat klubining kattasi uzoq sargardonlikdan so‘ng o‘z shahriga qaytib kelib, klubda dahshatli tartibsizliklarni ko‘rdi va, jumladan, klub o‘qish xonasida ko‘p gazeta va jurnallarni topolmadi. U kutubxonachi ayolni (ayni paytda bufetchi ham bo‘lgan) chaqirib, uni koyidi va yo‘qolgan jurnal va gazetalarning qayerdaligini qanday qilib bo‘lsa ham bilib kelishni buyurdi. Bir haftadan so‘ng kutubxonachi ayol kattaga quyidagi yozuvni topshirdi:

Anton Chexov: Tahdid

Bir boyning otini o‘g‘irlab ketishdi. Ertasi kuniyoq barcha gazetalarda quyidagi e’lon chop etildi: "Agar otim menga qaytarilmasa, zaruratdan otam bir vaqtlar xuddi shunday holatda qo‘llagan keskin choralarga murojaat qilishga majbur bo‘laman." Tahdid o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. O‘g‘ri nimadan qo‘rqishini bilmasa-da, g‘oyat dahshatli bir narsani taxmin qilib, vahimaga tushdi va yashirincha otni qaytarib berdi. Ishning bunday yakuni bilan xursand bo‘lgan boy o‘z do‘stlariga, otasining izidan borishiga hojat qolmaganidan juda baxtli ekanligini tan oldi.