Rossiya temir yo‘llarida bepul yurish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati | Anton Chexov
1) Barcha istisnosiz temir yo‘l xodimlari, ularning yordamchilari, yordamchi xodimlari va yordamchilarning yordamchilari.
Eslatma: Past lavozimdagi temir yo‘l xodimlari (moychilari, depo ishchilari va boshqalar) burni kir va kiyimlari iflos holda bepul yurishmaydi. Past darajadagi temir yo‘l amaldorlari (moychi, depo ishchilari va boshqalar) burunlariga zamazka surtilgan va kir ko‘ylak kiygan holda bepul yurmaydilar.
2) Xodimlarning xotinlari, ularning ota-onalari, farzandlari, nabiralari, chevaralari, qaynsingillari, opa-singillari, aka-ukalari, qaynonalari, ammalari, xolalari, qarindosh-urug‘lari, cho‘qintirgan ota-onalari, emikdosh aka-ukalari, amakivachchalari, jiyanlari, umuman barcha avlod-ajdodlarning qarindoshlari, tarbiyachilar, enagalar, uy bekasi va xushtorlari.
3) Stansiya bufetchilari, ularning xotinlari va tanishlari.
4) Pomeshchiklar - stansiya boshliqlari qo‘shnilari, vint o‘ynagani keladiganlar, ularning xotinlari va qarindoshlari.
Eslatma: Mehmonlar bilan uzoq xayrlashish holatlarda stansiya boshlig‘i poyezdni 10-20 daqiqaga kechiktirish huquqiga ega.
6) Poyezd bosh konduktorining barcha tanishlari, istisnosiz.
7) Temir yo‘l xodimlarining qarz beruvchilari.
1) Xodimlarning xizmatkori, ularning oshpazlari, oqsochlari, aravakashlari, xizmatkorlari va mo‘ri tozalovchilari.
2) Qarindoshlar va tanishlarning xizmatkori.
3) Xizmatkorlarning qarindoshlari va tanishlari.
4) Temir yo‘l otlari, eshaklari va ho‘kizlari.
1) I yoki II sinf uchun to‘lov qilgan, ammo bepul yo‘lovchilar bilan to‘lib ketgan I va II sinf vagonlarida joy topa olmagan yo‘lovchilar.
Eslatma: Ko‘rsatilgan yo‘lovchilar tik turib yurishlariga ruxsat beriladi. Libava-Romen yo‘li boshqarmasi esa ularga, agar xohlashsa, o‘rindiqlar tagida yotishga yoki ilgaklarga osilishga ham ruxsat beradi.