Anton Chexov: Tahdid
Bir boyning otini o‘g‘irlab ketishdi. Ertasi kuniyoq barcha gazetalarda quyidagi e’lon chop etildi: "Agar otim menga qaytarilmasa, zaruratdan otam bir vaqtlar xuddi shunday holatda qo‘llagan keskin choralarga murojaat qilishga majbur bo‘laman." Tahdid o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. O‘g‘ri nimadan qo‘rqishini bilmasa-da, g‘oyat dahshatli bir narsani taxmin qilib, vahimaga tushdi va yashirincha otni qaytarib berdi. Ishning bunday yakuni bilan xursand bo‘lgan boy o‘z do‘stlariga, otasining izidan borishiga hojat qolmaganidan juda baxtli ekanligini tan oldi.
- Xo‘sh, otangiz nima qilgan edi? - deb so‘rashdi undan.
- Otam nima qilganini so‘rayapsizmi? Marhamat, aytib beraman... Karvonsaroyda uning otini o‘g‘irlab ketishganda, egarni o‘z yelkasiga ortib, uyiga piyoda qaytgan edi. Qasam ichamanki, agar o‘g‘ri shunchalik mehribon va insoflı bo‘lmaganida, men ham xuddi shunday qilgan bo‘lardim!