May 25, 2020

So‘z birikmasi A test

1. So’zlarning o’zaro (grammatik) bog’lanishidan qanday
sintaktik birliklar yuzaga keladi?
1) so’z qo’shilmasi 2) so’z birikmasi 3) ega—kesim(gap)
A) 1,2 B) 1,3 C) 2,3 D) 1,2,3
2. Sintaksis yunoncha “syntaxis” so’zidan olingan bo’lib,
qanday ma’noni ifodalaydi?
A) bog’lamoq B) yozmoq C) so’zlamoq D) tanlamoq
3. Qaysi javobda so’z qo’shilmasi berilgan?
A) Shifokor ayol B) Havo sovuq
C) Samarqand va Buxoro D) Vatan uchun
4. Qaysi javobda so’z birikmasi berilgan?
A) Shifokor ayol B) Havo sovuq
C) Samarqand va Buxoro D) Vatan uchun
5. Qaysi javobda ega va kesimdan tashkil topgan gap
berilgan?
A) Shifokor ayol B) Havo sovuq
C) Samarqand va Buxoro D) Vatan uchun
6. Qaysi javobda sintaktik birlik(hodisa) aks etmagan?
A) Shifokor ayol B) Havo sovuq
C) Samarqand va Buxoro D) Vatan uchun
7. So’zlarni teng bog’lovchi vositalar berilgan javobni
belgilang.
1) biriktiruv bog’lovchilari;
2) zidlov bog’lovchilari;
3) ayiruv bog’lovchilari;
4) inkor bog’lovchilari;
5) sanash(tenglashish) ohangi.
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3 C) 1,5 D) 1,2,3,4
8. So’zlarni tobe bog’lovchi vositalar berilgan javobni
belgilang.
1) kelishik qo’shimchalari;
2) egalik qo’shimchalari;
3) ko’makchilar;
4) zamon qo’shimchalari;
5) shaxs-son qo’shimchalari;
6) mayl qo’shimchalari;
7) bog’lamalar;
8) tobelik ohangi.
A) 1,2,3,8 B) 4,5,6,7,8 C) 1,2,3,4,5,6,7,8 D) 1,2,5,6
9. Biz rostgo’ylik va halollikni hamisha ulug’laymiz.
Ushbu gapdagi ikkala qismi ham yasama so’z bilan
ifodalangan grammatik bog’lanishlar miqdorini toping.
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
10. Shu payt hovliga harbiycha kiyingan ikki yigit kirib keldi.
Ushbu gap so’zlarning nechta tobe bog’lanishidan tashkil
topgan?
A) 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta
11. O’z vatanini sevgan kishi shu vatanning ravnaqi uchun
kurashadi.
Ushbu gapda qo’llangan so’z birikmalari miqdorini
aniqlang?
A) 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta
12. Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini yaxshi tasvirladi.
Berilgan gapda nechta so’z faqat hokim so’z vazifasida
qo’llangan?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
13. Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini yaxshi tasvirladi.
Berilgan gapda nechta so’z faqat tobe so’z vazifasida
qo’llangan?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
14. Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini yaxshi tasvirladi.
Berilgan gapda nechta so’z ham hokim so’z, ham tobe
so’z vazifasida qo’llangan?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
15. Moslashuvli so’z birikmasi berilgan javobni belgilang.
A) o’rik guli B) gazeta o’qimoq
C) yog’och eshik D) do’kon yopiq
16. Boshqaruvli so’z birikmasi berilgan javobni belgilang.
A) o’rik guli B) gazeta o’qimoq
C) yog’och eshik D) do’kon yopiq
17. Bitishuvli so’z birikmasi berilgan javobni belgilang.
A) o’rik guli B) gazeta o’qimoq
C) yog’och eshik D) do’kon yopiq
18. So’z birikmasi berilmagan javobni belgilang.
A) o’rik guli B) gazeta o’qimoq
C) yog’och eshik D) do’kon yopiq
19. Otli birikma berilgan javobni belgilang.
A) qo’shiqni tinlab B) videofilm ko’rayotgan
C) ozoda kiyinmoq D) darsga kechikkanlar
20. Aniqlovchili birikma berilgan javobni belgilang.
A) chiroyli yozish B) qisqa hikoya
C) qora kiyinmoq D) piyoda kezib
21. Holli birikma berilgan javobni belgilang.
A) asfalt yo’l B) yaqin qarindosh
C) rasm chizmoq D) teran tushunmoq
22. To’ldiruvchili birikma berilgan javobni belgilang.
A) shaharda yashamoq B) qishda qaytmoq
C) daftarga yozmoq D) ko’rishga kelmoq
23. Qaysi javobda hokim qismi ikki mustaqil so’zdan tashkil
topgan murakkab so’z birikmasi berilgan?
A) yovvoyi tog’ echkisi B) dandon sopli pichoq
C) paxta gulli piyola D) qaytarma yoqali ko’ylak
24. Uch kundan beri shimoldan esayotgan mayin shamol
so’z birikmalari silsilasi nechta tobe bog’lanishdan tashkil
topgan?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
25. So’z birikmasining qaysi turida tobe so’z faqat aniqlovchi
vazifasida qo’llanadi?
A) moslashuv B) boshqaruv
C) bitishuv D) boshqaruv va moslashuv
26. So’z birikmasining qaysi turida tobe so’z to’ldiruvchi va
hol vazifasida qo’llanadi?
A) moslashuv B) boshqaruv
C) bitishuv D) boshqaruv va moslashuv
27. So’z birikmasining qaysi turida tobe so’z aniqlovchi va hol
vazifasida qo’llanadi?
A) moslashuv B) boshqaruv
C) bitishuv D) moslashuv va boshqaruv
28. Qaysi javobda berilgan so’zlar bir-biri bilan tobe bog’lanmaydi?
A) daraxt, yaproq B) binafsha, lola
C) telefon, suhbatlashmoq D) uyalmoq, so’ramoq
29. Tevarakda gala-gala chumchuqlar to’xtovsiz chirqillashadi.
Ushbu gap so’zlarning nechta tobe bog’lanishidan tashkil
topgan?
A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 1ta
30. So’z birikmasi haqida aytilgan noto’g’ri hukmni aniqlang.
A) So’z birikmasi hamisha ikki qismdan: tobe so’z va
hokim so’zdan tashkil topadi.
B) Kelishik qo’shimchalari, ko’makchilar, tobelik ohangi
tobe so’zga, egalik qo’shimchalari esa hokim so’zga
qo’shiladi.
C) Tobe so’z har doim hokim so’zdan oldin qo’llanadi.
D) Savol(so’roq) hokim so’zga asoslanib tobe so’zga
beriladi.
31. So’z birikmasining qaysi turida hokim va tobe so’zning
o’rni o’zgartirilsa, ega va kesimdan tashkil topgan sodda
gap hosil bo’lishi mumkin?
A) moslashuv B) boshqaruv
C) bitishuv D) moslashuv va bitishuv
32. Maktab bog’ida bodom va o’rik gulladi.
Ushbu gap haqida bildirilgan to’g’ri fikrlarni aniqlang.

1) Ushbu gap to’rtta grammatik bog’lanishdan tashkil
topgan.
2) Ushbu gapda uchta moslashuvli tobe bog’lanish
mavjud.
3) Ushbu gapda bitta moslashuvli, bitta boshqaruvli—jami
ikkita so’z birikmasi qo’llangan.
4) Ushbu gapda to’rtta tobe bog’lanish va bitta teng
bog’lanish mavjud.
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 2,3,4
33. Tinish belgilarining qo’llanishi haqidagi bo’lim qanday
nomlanadi?
A) punktuatsiya B) orfografiya C) morfemika D) grafika
34. So’z birikmasining qaysi tur(lar)i turlovchi
qo’shimchalarning har ikki turi vositasida hosil qilinadi?
A) moslashuv B) boshqaruv
C) bitishuv D) moslashuv va boshqaruv
35. Qaysi javobda tobe so’zi turlangan so’z birikmasi
berilgan?
A) to’satdan ochilmoq B) zimdan kuzatmoq
C) bahordan boshlanmoq D) birdan tashlanmoq
36. Tilshunoslikning sintaksis bo’limiga oid atama(termin)
berilgan javobni toping.
A) kelasi zamon B) qiyosiy daraja
C) ot boshqaruvi D) jamlovchi son
37. Kechasi tiniq osmonda yulduzlar charaqlaydi.
Ushbu kesimga bilvosita bog’langan so’z qanday sintaktik
vazifa bajargan?
A) hol B) to’ldiruvchi C) aniqlovchi D) ega
38. Qaysi javobda so’z birkmasi berilgan?
A) futbol haqida B) xalq uchun
C) kelajak sari D) vaqt qadri
39. Qaysi javobda moslashuvli so’z birkmasi berilgan?
A) suvchi qizi B) fizika darsi
C) g’isht zavodi D) rasm daftari
40. Men bolalarni uyga taklif etdim.
Qaysi javobda gapdagi so’zlarni tobe bog’lagan vositalar
berilgan?
A) –lar, -ni, -ga, -di, -m B) –ni, -ga, -di, -m
C) –ni, -ga, -m D) –lar, -ni, -ga, -m