May 22, 2020

《O'tkan kunlar》romanidan kerakli savol-javoblar

·        Ko‘rimsiz, chirk bosib qorayg‘an, juda ko‘b xizmat qilib keksaygan,
ochib-yopqanda anvo’i — turlik dodi-faryod qiladirg‘an, bunda sanalg‘an sifatlarini bir yerga jamlab natija chiqarg‘anda «sharti ketib, parti qolg‘an» bir darbozaning ostonasidan uch-to‘rt qadam ichkariga kirilsa Buxoro zindonlaridan birini his etilur va qorong‘u yo‘lakning nihoyatidagi yorug‘liqqa tomon oshiqilur. Qayer tasvirlanyapti?     J: qutidorning hovlisi
·        Shu chorxari ayvonning o‘rta bir yerida, ustiga atlas ko‘rpalar yopilg‘an tanchaning to‘rida devorga suyanib, avrasiga qora movut sirilgan sovsar po‘stin kiyib bir kishi o‘lturadir. Kim haqida? J: Mirzakarim qutidor
·        Ichidan atlas ko‘ynak, ustidan odmi xon atlas guppy kiygan, boshig‘a oq dakanani xom tashlag‘an, o‘ttuz besh yoshlar chamaliq go‘zal, xushbichim bir xotin. Yuzidan muloyimlik, eriga itoat, to‘g‘riliq ma’nolari tomib turg‘an bu xotin…                                           J:Qutidorning rafiqasi — Oftob oyim
·        Oftob oyimning onasi, ya’ni Kumushning buvisi kim?  J: Oysha bibi.
·        O‘choq boshida qo‘polg‘ina, qirq besh yoshlar chamaliq yana bir xotin choy qaynatib yuradir. Bu xotin ersa oilaning cho‘risi…                                                                                              J: To’ybeka
·        Nax siz yosh mehmonni ko‘rmabsiz, dunyog‘a kelmabsiz, bir chiroylik, bir aqllik, tag‘in o‘zi hammadan yuqorida o‘lturadir; hali yigirma ham bormag‘andir, mo‘ylabi ham endigina chiqa boshlag‘an... Nax bizga
kuyav bo‘ladigan yigit ekan. Kimning so’zlari? J: To’ybeka
·        Teng-tengi bilan, tezak qopi bilan.Bu naql kimning tilidan aytiladi? J: To’ybeka
·        Qaysi qahramonga nisbatan “qora” sifatlashi ishlatiladi? J:Homid
·        “Xudo kishiga o‘g‘il bersa shundayini bersin-da”, “Tentagingning aqli balo, kiroyi kuyaving shundog‘ bo‘lsa” so’zlari kimning tilidan aytiladi?
J: Mirzakarim qutidor
·        Bu xabarlar xalq tomonidan juda oddiy, ortiqcha sovuqqonliq bilan qarshi olindilar. Buvoqi’aga hech kim ajabsinmadi va bunda favquloddaliq ko‘rmadi. Xalq bunga haqli edi,chunki, bunday tinchsizliklarni endi ko‘ra-ko‘ra juda ham o‘rganib qolg‘an, bu kun bo‘lmasa ertaga o‘zining botir boshisining, oftobachasining, xullas, kim bo‘lsa ham beklaridan birining shunday tinchsizlik chiqarishig‘a «mumkin va bo‘ladirg‘an ish» debqarar edi. qaysi voqea nazarda tutilyapti? J: Toshkent hokimi Azizbekning Qo’qon xonligiga qarshi bosh ko’tarishi
·        «Otabek yosh, yoshlar muhabbati uchar qush, balki, bu kun-erta unutib ham yuborar» kabi mulohazalarda bo’lgan qahramon kim edi? J: Hasanali
·        “Kunlardan bir kun taqdir shamoli yuradir-da bir kimsa-ning iffat pardasi ostida o‘lturgan qizining yuzidagi niqobini ko‘tarib ikkinchi tomondan bizning Otabekni shu afifaga ro‘baro‘ qiladir. Shu daqiqadan boshlab bekda u afifaga qarshi bir ishq, ham chin bir ishq tug‘uladir...” degan kim edi? J: Ziyo shohichi
·        To’ybeka Kumushga qanday murojaat qiladi? J: bekachim
·        “Shu choqda ichimga charog‘ yoqsalar ham yorimaydirda, egachi,”. Oftoboyim nima sababdan bu holatda edi? J: Kumushning unashilganidan beri yetti kun o’tgan va u shuncha kunnan beri tinimsiz yig’lardi
·        Biz nima uchun yig‘ildiq-da, nimaga yer chizishib o‘lturamiz! — dedi. — Biz bu
yerga aza ochqali keldikmi? Kimning so’zlari? J: Gulsinbibi
·        … ning qo‘lidag‘i dutor «O‘rtoqlar» kuyini tanlarga larza berib, tarona qildi. J: Anorgul
·        … Xonimbibi qizlarg‘a qistatib o‘lturmay o‘rnidan sakrab turdi-da, o‘ynab ham ketdi.
J: Xonimbibi
·        Yel bilan o‘ynashib yong‘an sham’ nuri qizlarni allaqanday ajib holatka qo‘ymoqda, majlis ersa «Alif laylo» hikoyala-ridagi «parilar»
bazmini xotirlatmoqda edi. Qanday bazm haqida gap ketyapti? 
J: Qizlar majlisi
·        Voy sho‘rginangga sho‘rva to‘kilsin, Kumush! — dedi Gulsin, — men shunday erni topib teksam boshim ko‘kka yetar edi! Kimning so’zlari? J: Gulsin
·        Boshida simobi shohi salla, ustidan qora movut sirilgan sovsar po‘stin, ichida o‘zi-ning Shamayda tiktirgani osmoni rang movut kamzul, movut shim

: oyog‘ida qalapoy afzali, belida Kumushbibining usta qo‘li bilan tikilgan shohi qiyig‘... Yuzlar qizil, og‘iz irpaygan, ko‘zlar o‘ynab allakimni qidiradir. Kim tasvirlanyapti? J: Otabek
·        «Oftob, darrav isiriq hozirla, kuyavingni yomon ko‘zdan o‘zi asrasin!» degan kim edi? J: Oftoboyimning egachisi
·        Janobi padari arus shahanshohi Musulmonqul bahodir zamoni adolatlarida ham qora choponliqlar hanuz tinch yotmay yurtni qipchoq og‘alarig‘a qarshi
oyog‘landirmoqchi bo‘ladirlar, ishni yana tadbirsiz qora choponlar qo‘lig‘a olib
mamlakatni buzg‘unliqqa solmoqchi bo‘ladirlar... Biz bunday buzu-qilar yolg‘iz
Toshkanddagi Azizbek bilan uning yo‘lboshchisi bo‘lg‘an Yusufbek hoji, deb bilgan edik. Biroq ularning urug‘i bizning Marg‘ilong‘a ham sochilg‘an ekan. Kimning so’zlari? J: Homid
·        “Pes-pesni qorong‘ida topqan ekan” maqoli kimning tilidan aytiladi?
·        Zolning to‘rida, kichkina haldor bir eshikcha yonida, atlas ko‘rpacha ustida o‘n besh yoshlar chamaliq, qizil duxobadan kiyingan ko‘rkam bir o‘g‘lon palov yeb turar edi. O’rda osh yeyotgan bu qahramon kim edi? J: Ahmadxon
·        Zamona hokimlarining tuzugi bo‘lsa ham, ko‘p bo‘lmasa ozroq ularning ta’siri
bunda ham bor edi.  Kim haqida gap ketyapti? J: O‘tabboy qushbegi
·        «Azizbekning otalig‘i va kengashchisi» bo‘lg‘an obraz kim edi?J: Yusufbek hoji
Nima sababdan hasanali Otabek va Qutidor bilan birga qamlamadi? J: uni topisholmadi. Chunki Hasanali saroyda bo’lib Otabekning mollariga qarab turar edi
·        Bu kun kechasi ul yo‘l tayyorliqlarini ko‘rdi. Minib ketishi uchun qutidorning saman yo‘rg‘asini belguladi. Kim haqida? J: Hasanali
yiqildi!» deydir. Qaysi voqea haqida gap ketyapti? J: Toshkentdagi qirg’inda qo‘rg‘on ustidagi qahramonlardan bittasi bir sarkardani otib o‘ldirganligi haqida
·        Romanda Toshkent bekligining hudaychisi kim edi? J: Sulaymon hudaychi
·        Qora otg‘a otlanib, zangori movutdan uqalik to‘n kiygan, kumush kamarning o‘ng tomonig‘a qilich, so‘lig‘a to‘fangcha qistirg‘an, boshig‘a barra popoq kiyib, jin yalag‘an deganlaridek qoshsiz,qoramtil yuzlik, ikki chakagining ustida bir oz, iyagida bir oz siyrak, ko‘rimsiz qora soqolliq, ko‘zlari ichiga botig‘roq, ammo qon quyilg‘ansumon bir kishi kelar edi. Bu kishi kim edi? J: Azizbekning amri lashkari va o‘ng qo‘li bo‘lg‘an Rayimbek dodxoh edi.
·        Ikkinchi kishi kichikroq saman otka otlanib, ustiga Buxoroning ola bayroq matasidan chopon kiyib, kamar o‘rniga choponini tugmalagan, boshig‘a katta salla o‘rab, qamchi sopi bilan egarning qoshig‘a takya qilg‘an; to‘la ko‘rkam yuzlik, katta malla ko‘zlik, uzun mosh-guruch soqollik mullanamo bir zot bo‘lib, bu kishi yaroqsiz edi.parchada qaysi obraz tasvirlanyapti? J: Yusufbek hoji
·        Qo‘lansa so‘zlik, ichi qoraroq bir yigit edi. Hasanalining tilidan Yusufbek hojiga qarata aytilgan bu so’zlarda kim ta’riflanyapti? J: Homid
o‘zingni yuz yoqg‘a ursang ham tiriklikning yana bir boshqa yamog‘i chiqib turadir... kimning so’zlari? J: Qo’rboshi
Marg‘ilon beklari oldida ortdiradirg‘an obro‘sini o‘ylamoqda edi. Oltinlardan yigirmatasi ajratilgach, sanoqqa ishonmay ko‘rib turg‘anim tushmi, deb uyqusiradi. Romanning qaysi o’rnida ushbu holat kuzatiladi? Nuqtalar o’rniga mos ism qo’ying. J: Homidning pora berishi, Qo’rboshi
·        Shu gapdan keyin qushbegi maktubni o‘ziga yaqin o‘lturg‘an ponsad boshig‘a
·        «Yov qochsa botir ko‘payar» maqoli romanning qaysi o’rnida keltiriladi? J: Otabekning aybsizligi isbotlanganda saroy a’yonlariga nisbatan
·        …dek qo‘ymizoj bir odamning bunday zo‘r ishka oralashqanlig‘iga aql ham
bovar qilmas edi. A’yonlar tomonidan aytilgan ushbu gapda kim nazarda tutilyapti? J: Qutidor
·        …mundan keyingi Toshkandning mustaqil hukmdori…! Qipchoqlarg‘a
chalg‘an g‘alabasi uchun ul terisiga sig‘maydir... Ul endi «Qipchoqlar Toshkandni olib qolsalar...» degan mudhish xavfdan qutilg‘an, ul endi Toshkand va atrofining xoni, xoqoni! Endi duxoba va atlaslar ustidagina o‘lturmoqqa qanoatlanmay o‘z sha’niga, o‘z qudratiga muvofiq tojlar, taxtlar yasamoqchi. O‘zining eski mahramiga ko‘ngli to‘lmay boshqa bir o‘yinchi, ashulachi, husndor bir mahram topmoqchi va o‘zining bu mashhur mahrami bilan yer yuziga (Turkiston va Buxoroga) dong‘, shuhrat chiqarmoqchi!  Nuqtalar o’rniga mos ism qo’ying. J: Azizbek
·        Azizbek 70 kunlik qamalni o’tkazgan Toshkent xalqiga qancha soliq solmoqchi edi? J: 32 tanga
·        Uying kuysin, musulmonlar! Yaxshi deb yo‘lida jon berganing Azizbek, bu kun
senlarga yaxshilig‘ingni o‘ttuz ikki tanga soliq bilan qaytarmoqchi bo‘ldi. Hozir senlarga ikki yo‘l: o‘g‘ul, qizingni sotib bo‘lsa ham o‘ttuz ikki tangani Azizbek xazinasiga to‘lash yoki es borida etakni yopib Azizbekni oradan ko‘tarish... Uying kuydi, musulmonlar! Parcha kimning nutqidan olingan? J: Yusufbek hoji
—  Siz yaxshilarim, bu qisqa o‘ylashingiz bilan o‘z oyog‘ingizg‘a o‘zingiz bolta urib,
·        yana qipchoqlar qo‘liga qaram bo‘lasiz! Manim tavbamni loaqal o‘zlaringiz uchun qabul qilingiz! Parcha kimning nutqidan olingan? J: Azizbek
·        Xuftan namozidan so‘ng yangilangan tashvishlarni bir oz unutdirar umidi ila
·        poychirog‘ yonig‘a o‘lturib, Fuzuliy devonini varaqlar edi. Ammo Fuzuliyning rang-barang she’rlari ustida qanoatlanib to‘xtamas, hamon varaqlag‘andan-varaqlar edi. Qaysi qahramon haqida gap ketyapti? J: Otabek
·        “O‘rta yosh, siyrak soqol, qotma, kun issig‘lig‘ig‘a qarshi o‘chakishkandek boshig‘a eski telpak, egniga paxtasidan boshqasi to‘zib ketkan guppi chopon kiyib, yangi bo‘z belboqni besh-olti aylandirib bog‘lag‘an va unga besh-oltita chilim qovoqdan tortib to suvqovoq, nosqovoq va tomosha qovoq-larg‘acha osqan; qovoqlarning og‘irlig‘idan arang harakat qiladirg‘an o‘z zamonasining mashhur bir devonasi” kim edi? J: Qovoq devona
·        Keyingi «beshbosh» domlaning bergan tutatqi, ezib ichki, duo va tumorlari ham negadir ta’sir asarini sezdirmadilar... bu “muolajalar” kimga qo’llangan edi? J: Otabekka
·        «Pichoqni o‘zingga ur, og‘rimasa o‘zgaga sol» maqoli kimning tilidan aytiladi? J: Kumush
·        “O’tgan kunlar” da Kumush yozgan so’ngi xat qaysi sana bilan bitilgan edi?
O’lganning ustiga chiqib tepish iborasi kim(lar)ga nisbatan aytilgan?
·   Noto’g’ri hukmni toping.   1. “Homid akangga juda ham mehribon ekansan, joningni ham unga qurbon qilding”. Bu gap Otabek tomonidan Sodiqqa aytilgan.  2. Majlis Rajabbeknikida bo’lgan edi.   3. “Shaytonning vasvasasi bilan xatoga tushgan” obraz Homid.  4. Qutidor asarda “ko’ngilsiz ishlarga aqli yetgan” obraz.   5. “Bilgan topib, bilmagan qopib” maqoli Yusufbek hoji tilidan aytilgan. 6. O’zbek oyim 50 yoshlar chamaliq.
· Asardagi 45 yoshli ayol kim?
J: To’ybeka