May 19, 2020

ATOYI 10-SINF

1. Atoyi nechanchi asrda yashab ijod qilgan?
A) XIV asrda В) XV asrda С) XVI asrda D) XVII asrda
2. Atoyi qaysi temuriy hukmdor saroyida xizmat qilgan?
A) Abulqosim Bobur B) Mirzo Ulug'bek
C) Shohruh Mirzo D) Husayn Boyqaro
3. Atoyi nima uchun taxallusini «Ato» («Ota») deb olgan?
A) mashhur shayx xizmatida bo'lib, uni o'ziga pir deb bilgani uchun
B) mashhur shayx ota-bobolariga ishora qilganligi uchun
C) mashhur temuriy hukmdorni o'ziga ota deb bilgani uchun
D) mashhur shoir bo'lib, o'zini yosh ijodkoriarga ota deb bilgani uchun
4. Atoyining «Netti, ne bo'ldi?» radifli g'azalining ruknlar tartibini toping.
A) fauiun / faulun / faulun / faul
B) mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun
C) foilotun / foilotun / foilotun / foilun
D) mafuvlu/ mafoiylu / mafoiylu / fauvlun
5. Atoyi devoni qancha g'azalni o‘z ichiga olgan?
A) 260 g'azalni B) 180 g'azalni C) 310 g'azalni D) 130 g'azalni
6. Atoyi qaysi tillardagi adabiyotlarni chuqur o'rgangan?
A) uyg'ur, turk, fors B) fors, arab va so'g'd
C) turk, fors va arab D) turk, uyg'ur va arab
7. Atoyi qayerda tug'ilgan?
A) Buxoroda B) Chunorda C) Hirotda D) Balxda
8. Atoyi ijodi bizgacha to'la yetib kelmagan bo'lib, shoir devoni taxminan
nechanchi asrda ko'chirilgan?
A) XV asrda В) XIV asrda С) XVI asrda D) XVII asrda
9. Atoyi devonining qo'lyozma nusxasi hozirda qayerda saqlanadi?
A) Moskvada B) Londonda
C) Sankt-Peterburgda D) Parijda
10. Atoyi qayerlarda yashagan?
A) Samarqand, Buxoro va Balxda
B) Konibodom, Samarqand, Buxoroda
C) Xorazm, Buxoro va Balxda
D) Sayram, Chimkent va Hirotda
11. Atoyi tug'ilgan shahar hozirda qaysi davlatdagi ko'hna shaharlardan biri hisoblanadi?
A) Shimoliy Afg'onistondagi B) Sharqiy Qozog'istondagi
C) Janubiy Turkmanistondagi D) G'arbiy Tojikistondagi
12. Atoyi kimlaming avlodlaridan hisoblanadi?
A) Ahmad Yugnakiylar nasabiga mansub bo'lgan Ibrohim Ota avlodlaridan
B) Ahmad Yassaviylar nasabiga mansub bo'lgan Ibrohim Ota avlodlaridan
C) Ahmad Yugnakiylar nasabiga mansub bo'lgan Ismoil Ota avlodlaridan
D) Ahmad Yassaviylar nasabiga mansub bo'lgan Ismoil Ota avlodlaridan
13. Atoyi qaysi tillarda ijod qilgan?
A) turk va fors tillarida B) arab va fors tillarida
C) turk va arab tillarida D) uyg'ur va arab tillarida
14. Hozirda qayerda Atoiyga nisbat berilgan qabrbor?
A) Qirg‘izistonning Turbat qishlog‘ida
B) Qozog'istonning Turbat qishlog‘ida
C) Afg'onistonning Balx qishlog'ida
D) O‘zbekistonning Balx qishlog'ida
15. Atoyi qaysi o'ziga xos tasvir vosita va usullaridan unumli foydalangan?
A) tazod, tashbeh B) iyhom, tanosub
C) husni ta’lil, ishtiqoq D) tajohil ul-orif, laff va nashr
16. Atoyi g'azallari orasida vazni yengil, misralari qisqa, so'zlari oddiy, uslubi
sodda va ravon bo'lgan aruzning qaysi bahrida yozilganlari ko'proq?
A) hazajda B) ramalda C) solimda D) mutaqoribda
17. Navoiy qaysi asarida Ismoil ota Ahmad Yassaviyning inisi Ibrohim
otaning o‘g‘li ekanini aytadi?
A) «Majolis un-nafois» («Nafis majlislar») asarida
B) «Nasoyim ul-muhabbat» («Muhabbat shabadalari») asarida
C) «Munshaot» («Xatlar») asarida
D) «Lison un-tayr» («Qush tili») asarida
18. Atoyi hayoti va ijodi haqidagi quyidagi fikrlar qaysi asardan olingan?
«Mavlono Atoyi Balxda bo'lur erdi. Ismoil ota farzandlaridindur,
darveshvash va xushxulq, munbasit (ochiq chehrali) kishi erdi. 0 ‘z
zamonida she’ri atrok (turkiy tilda so'zlovchilar) orasida ko‘p shuhrat tutti.
Bu matla’ aningdurkim:
Ul sanamkim suvyaqosinda paritek olturur,
G'oyati nozukiukindin suv bila yutsa bo'lur.
... Mavlono ko‘p turkona (sodda, ravon) ayturerdi...» - deydi?
A) «Nasoyim ul-muhabbat» B) «Boburnoma»
C) «Hibat ul-haqoyiq» D) «Majolis un-nafois»
19. Atoyi devoni qo'lyozmasining oxiridagi «Devoni Shayxzoda Atoyi» degan
qayd nimadan dalolat beradi?
A) Atoyining shayxlar oilasidan kelib chiqqanligidan
B) Atoyi devonining turkiy tilda yozilganligidan
C) devonni Atoyining o‘zi tartib bermaganligidan
D) Atoyining shayx va shoirligini bildirib, devon forsiy tilda bitilganligidan
20. Atoyi ijodida Umar Xayyom ruboiylari va Hofiz g'azallaridagi kabi hayot
zavqi, uning barcha go'zalliklari va lazzatlari qaysi timsolda vasf etiladi?
A) mayxona B) soqiy C) jom D) may
21. Atoyining «Ey do'st» radifli g'azalidan olingan quyidagi baytda qaysi zid ma’noli so'zlarning keltirilishi oshiq iztiroblarining mohiyatini ham, darajasini ham ko'rsatib turibdi?
Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey do'st,
Shodlig‘i ham mehnat-u g'amdur manga, ey do'st.
A) «aysh» va «alam» B) «mehnat» va «g'am»
C) «shodlik» va «aysh» D) «mehnat» va «jahon»
22. Atoyining «Jamoling vasfini qildim chamanda» deb boshlanuvchi g'azali
aruzning qaysi bahrida yozilgan?
A) hazaji musaddasi mahzuf
B) ramali musammani mahzuf
C) mutaqoribi musammani mahzuf (maqsur)
D) hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf
23. Atoyining qaysi janrda yozilgan bir she’rida go'zal yor xokisor oshiqning
yuziga oyoq bosar ekan, oyog'i ogYiydi, «yuzing buncha bo'yradek dag'al
bo'lmasa» deb nozlanadi?
A) ruboiy B) murabba C) muxammas D) g‘azal
24. Atoyining bir she’rida yorini sog‘ingan oshiqning ko'zidan yosh emas, daryo oqayotgani va uning nimalardan sol yasab, shu daryoda suzayotgani manzarasi chiziladi?
A) tomirlaridan B) qobirg'alaridan C) sochlaridan D) kipriklaridan
25. Mumtoz adabiyotdagi ko'plab qissalarda go‘zallik timsoli sifatida
tasvirlangan shaxs kim?
A) Ya’qub B) Yusuf C) Layli D)Shirin
26. Quyidagi baytlar ichidan real yor, dunyoviy ishq, ya’ni insonning insonga
bo'lgan muhabbati tasvirlangan baytni toping.
A) Bu kun vaslingni tark aylab, tilar jannatni zohidlar,
Berurlar nasyag'a naqdni, bu ne nodon xaloyiqtur?
B) Manga sensiz tirilgandin o‘lim yuz qatla ortuqdur,
Bu so'zda, haq bilur, ko'nglum tilim birla muvofiqtur.
C) Jannatdakim, el onda bo'lur zindai jovid,
Sensiz oni g'amgoh degumdur dag'i o‘lgum.
D) Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o'lturur,
G'oyati no'zikligindin suv bila yutsa, bo'lur.
27. Atoyi qalamiga mansub quyidagi baytning mazmunini toping.
Ul ilikkim suvdin oriqtur, yumas oni suvda,
Balki suvni pok bolsin deb iligi birla yur.
A) Qiz yuzining go'zalligi, tiniqligi, pokizaligi shunchalikki, u yuzini suvda
yuvib tozalamaydi, balki yuzini yuvib suvni poklaydi.
B) Qiz labining go'zalligi, tiniqligi, pokizaligi shunchalikki, u labini suvda
yuvib tozalamaydi, balki labi tekkan suv poklanadi.
C) Qizning go'zalligi, tiniqligi, pokizaligi shunchalikki, u qo'lini suvda yuvib
tozalamaydi, balki qo'lini yuvib suvni poklaydi.
D) Qiz qalbining go'zalligi, tiniqligi, pokizaligi shunchalikki, uning ko'ngil
suvidan ichgan ko'ngillar bog'i gullarga to'ladi, poklanadi.
28. Atoyi qaysi g'azalining maqta’sida o'zining ibodati ham yor husnini
ko'rishning tavallosidan iboratligini bildiradi?
A) «Begim» radifli g'azalining maqta’sida
B) «Jamoling vasfini qildim chamanda» misrasi bilan boshlanuvchi
g'azalining maqta’sida
C) «Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey do'st» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalining maqta’sida
D) «Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o'lturur» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalining maqta’sida
29. Atoyining «Jamoling vasfini qildim chamanda» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalining nechanchi bayti yorning jamoli ta’rifiga
bag'ishlangan?
A) birinchi B) ikkinchi C) uchinchi D) to'rtinchi
30. Mumtoz adabiyotda qo'llaniladigan «la’I» so'ziga berilgan to'g'ri izohlarni toping.
1) Yorning labi qon kabi qip-qizil bo'lgani uchun ham qizil qimmatbaho tosh - la’lga o'xshatiladi;
2) Mumtoz adabiyotda o'ymoqdakkina, kichik og'izli qizlar go'zal
hisoblanib, labi kichik olmos tosh - la’lga o'xshatiladi;
3) Yor labidan chiqadigan iliq so'zni anglatadi;
4) Lirik qahramonning dil izhori, ishq va sadoqati ramzi hisoblanadi.
A) 1,3 B) 1, 2 C) 3, 4 D) 1,2,3
31. Atoyining «Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o'lturur» deb
boshlanuvchi g'azalining ruknlar taqte’sini toping.
A) V --/ V — / V --/ V -— B)--V/V--V/V--V/V - -
C) - -V/V--V/V--V/V--— D)-V--/-V--/-V--/-V- -
32. Atoyining «Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey do'st» deb
boshlanuvchi g'azali aruzning qaysi bahrida yozilgan?
A) hazaji musaddasi mahzuf
B) ramali musammani mahzuf
C) mutaqoribi musammani mahzuf (maqsur)
D) hazaji musammani axrabi makfufi maqsur
33. Atoyining qator she’rlarida real yor, dunyoviy ishq, ya’ni insonning
insonga bo'lgan muhabbatini ko'rish mumkin. Quyidagilardan noziknihol qiz
tasvir etilayotgan g'azalni toping.
A) «Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o'lturur» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azali
B) «Jamoiing vasfini qildim chamanda» misrasi bilan boshlanuvchi g'azali
C) «Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey do'st» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azali
D) «Soching chun laylat ul-qadr-u yuzing chun subhi sodiqdur» misrasi
bilan boshlanuvchi g'azali
34. Atoyining qaysi g'azaligacha yor ko'ngliga g'ulg'ula solgan sanam timsoli
bu qadar jonli, ta’sirchan va ayni vaqtda ilohiy yo'sinda tasvirlanmagan edi?
A) «Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey do'st» misrasi bilan boshlanuvchi g'azalida
B) «Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o'lturur» misrasi bilan boshlanuvchi g'azalida
C) «Jamoiing vasfini qildim chamanda» misrasi bilan boshlanuvchi g'azalida
D) «Begim» radifli g'azalida
35. Atoyining «Jamoiing vasfini qildim chamanda» misrasi bilan boshlanuvchi g'azalining nechanchi bayti yorning labi va og'zi ta’rifiga bag'ishlangan?
A) birinchi B) ikkinchi C) uchinchi D) to'rtinchi
36. Atoyi qalamiga mansub quyidagi baytning mazmunini toping.
Tamanno qilg'ali la’lingni ko'nglum,
Kishi bilmas orti kim, qoldi qanda.
A) Oshiq o'zicha yorning shirin so'zini eshitmoqchi edi, lekin u shunchalar
uyatchanki, zumda ko'zdan g'oyib bo'ldi, qayerdaligini hech kim
bilmadi.
B) Oshiq o'zicha yorning tamannosini, nozini ko'rmoqchi edi, lekin u
shunchalar iboliki, darrov qochib ketdi, qayerdaligini hech kim bilmadi.
C) Oshiq o'zicha yorning hindu kabi qop-qora xolini ko'rmoqchi edi, lekin
u shunchalar kichik ekanki, qayerdaligini hech kim bilmadi.
D) Oshiq o'zicha yorning og'zini ko'rmoqchi edi, lekin u shunchalar kichik
ekanki, qayerdaligini hech kim bilmadi.
37. Yusuf (s.a.v) haqidagi rivoyatlarga ko'ra, Yusuf tashlangan quduq uning
husni tufayli yorishib turar edi. Mumtoz she’riyatimizda ko'p ishlatiladigan
qaysi birikma shunga ishora qiladi?
A) «chohi moh» - oy yoritgan choh
B) «chohi shams-u qamar» - oy-u quyosh parvona bo‘lgan choh
C) «chohi zaqan» - iyak ostidagi chuqurcha
D) «chohi. la’I» - qip-qizil la’ldek, o'ymoqdek lab
38. Mumtoz adabiyotda yorning go‘zal qaddi-qomati hamisha nimaga
o'xshatilib kelingan?
A) sarvga B) chinorga C) majnuntolga D) dolga
39. Atoyining «Soching chun laylat ul-qadr-u yuzing chun subhi sodiqdur»
misrasi bilan boshlanuvchi g'azalida qaysi san’atni ustalik bilan qo'llab, ta’sirli
badiiy samaraga erishganligini ko'rish mumkin?
A) husni ta’lil B) ishtiqoq C) tashbeh D) tazod
40. So'fiyona ruh yaqqol sezilgan quyidagi bayt Atoyining qaysi g'azalidan
olingan?
Bu кип vaslingni tark aylab, tilarjannatni zohidlar,
Berurlar nasyag'a naqdni, bu ne nodon xaloyiqtur?
A) «Soching chun laylat ul-qadr-u yuzing chun subhi sodiqdur» misrasi
bilan boshlanuvchi g'azalidan
B) «Hajringda, begim, oh degumdur dag'i o'lgum» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalidan
C) «Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey do'st» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalidan
D) «Jamoiing vasfini qildim chamanda» misrasi bilan boshlanuvchi
g'azalidan
41. Atoyining «Mengiz yo ravzayi rizvonmudur bu?» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalida mashuqaning og'zi oshiqqa nimani eslatadi?
A) go'zal mohni B) subhi sodiqni
C) g'unchayi xandonni D) jannat bog'ini
42. Atoyining qaysi g'azalida qizning o'xshashi yo'q zulfi, yuraklarni
o'rtaguvchi ko'zlari, o'qday kipriklari o'z holicha vasf etilmay, tabiatdagi eng
nodir va go'zal narsalar bilan yonma-yon qo'yib tasvirlanishi orqali katta
badiiy ta’sirchanlikka erishiladi?
A) «Hajringda, begim, oh degumdur dag'i o'lgum» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalida
B) «Mengiz yo ravzayi rizvonmudur bu?» misrasi bilan boshlanuvchi
g'azalida
C) «Soching chun laylat ul-qadr-u yuzing chun subhi sodiqdur» misrasi
bilan boshlanuvchi g'azalida
D) «Qon bo'ldi ko'ngul firoqi birla» misrasi bilan boshlanuvchi g'azalida
43. Atoyining «Netti, ne bo'ldi?» radifli g'azali aruzning qaysi bahrida
yozilgan?
A) hazaji musaddasi mahzuf
B) ramali musammani mahzuf
C) mutaqoribi musammani mahzuf (maqsur)
4-§. ATOYI 41
D) hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf
44. Atoyining «Ey do'st» radifli g'azali qaysi jihati bilan diqqatga sazovor
hisoblanadi?
A) ko'p ma’noliiigi bilan
B) husni ta’lil san’atidan unumli foydalanilganligi bilan
C) so'fiyona ruhda yozilganligi bilan
D) murakkab bahrda yozilganligi bilan
45. Atoyining «Ey do'st» radifli g'azalidan olingan quyidagi baytda qaysi
so'zlar tazod san’atini yuzaga keltirgan?
Diydor ila qoni’ emas erdim esa, hajring
Bisyor jafo ayladi, kamdur manga, ey do‘st.
A) «diydor» va «qoni’», «bisyor» va «кат» so'zlari
B) «diydor» va «hajr», «bisyor» va «кат» so'zlari
C) «diydor» va «hajr», «qoni’» va «jafo» so'zlari
D) «jafo» va «кат», «diydor» va «bisyor» so'zlari
46. Qaysi she’riy san’atning mohiyatini matnda o'zaro mantiqiy aloqador
bo'lgan so'zlardan foydalanish tashkil etadi?
A) tardi aks B) tanosib C) tashbeh D) talmeh
47. Atoyining «Ey do'st» radifli g'azalidan olingan quyidagi baytda tazodga
yordam bergan yo'qlik (ertak va afsonalar olami)ni anglatgan ramziy tasvirni
toping.
Qo у qissayi Jamshedni jomi ilgingdin,
Gar bo'lsa dame mulkati Jamdur manga, ey do'st.
A) «qissayi Jamshed» B) «mulkati Jam»
C) «jom» D) «Jam»
48. Atoyining quyidagi baytlaridan qaysi birida nido san’atidan mohirona
foydalanilgan?
A) Ishqinda qaro boshim oqardi,
Bir boqmadi ko‘z qarog'i birla.
B) G'uncha sevunub to'nig'a sig'mas,
O'xshatsam, o'qing bashoqi birla.
C) Umrumni sening qullug'ingga sarf qilibmen,
Ey o'z qulidin bexabarim, netti, ne bo'ldi?
D) Qon bo'ldi ko'ngul ftroqi birla,
Kuydi jonim ishtiyoqi birla.
49. Atoyining «Jamoling vasfini qildim chamanda» deb boshlanuvchi
g'azalining ruknlar taqte’sini toping.
A)V — / V — / V — / V — B)V---/V---/V--C) -V/V--V/V--V/V— — -V--/-V--/-V--/-V-50. Atoyi she’rlarida qo'llanilgan «bo'yra» so'ziga to'g'ri izohlarni toping.
1) qamishdan tayyorlangan supurgi Gorub);
2) gilam tagidan to'shaladigan, tom ustiga yopiladigan narsa;
42 4-§. ATOYI
3) qamishdan'sholchaga o'xshatib to'qiladigan bir ashyo;
4) qamishga o'xshash o'simlik bo'lib, Undan dori-darmon olinadi.
A) 3,4 B) 1, 2 C) 2, 3 D) 1, 3, 4
51. Atoyining quyidagi baytida qanday she’riy san’at qo'Ilanilgan?
To magarkim salsabil obina javloni qila,
Keldi jannat ravzasindin obi Kavsar sori hur.
A) ishtiqoq B) iyhom C) o‘xshatish D) tazod
52. Atoyining qaysi g'azalida qizarishning o'z va ko'chma ma’nolaridan
samarali foydalaniladi, gulga insoniy sifatlar beriladi, shaxslantiriladi,
chunonchi, gulzor anjumanga o'xshatiladi, gullar uyatdan qizaradi?
A) «Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey do'st» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalida
B) «Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o'lturur» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalida
C) «Jamoiing vasfini qildim chamanda» misrasi bilan boshlanuvchi
g'azalida
D) «Soching chun laylat ul-qadr-u yuzing chun subhi sodiqdur» misrasi
bilan boshlanuvchi g'azalida
53. Atoyining «Jamoiing vasfini qildim chamanda» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalining quyidagi beshinchi baytida qaysi she’riy san’atdan
foydalanilgan?
Solib borma meni, ey Yusufi husn,
Bukun Ya’qubtek bayt ul-hazanda.
A) tazod B) husni ta’lil C) talmeh D) takrir
54. Mumtoz adabiyotimizda kimning ayriliqdagi hayoti «Bayt ul-hazan» (g'am
uyi) sifatida tilga olinadi?
A) Yusufning B) Ya’qubning C) Majnunning D) Laylining
55. Atoyining «Jamoiing vasfini qildim chamanda» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalining maqta’sida qaysi so'zlar qarshilantirilgan?
Tiiar el mansabi oiiy va lekin
Atoyi sarvi ozodingg'a banda.
A) elning «oliy mansab tilashi» bilan oshiqning «banda», ya’ni qul
bo'lishni istashi
B) yorning «oliy»ligi bilan oshiqning «banda», ya'ni qul ekani
C) sarvning «ozod»ligi bilan oshiqning «banda», ya’ni qul ekani
D) yor qaddining «sarv»ligi bilan oshiqning «banda», ya’ni qul bo'lib qaddi
bukilganligi
56. Atoyining qaysi g'azali oshiqona bo'lib, suyuklisiga muhabbatni olamdagi
hamma narsadan ortiq ko'radigan oshiq holati ifoda etilgan?
A) «Soching chun laylat ul-qadr-u yuzing chun subhi sodiqdur» misrasi
bilan boshlanuvchi g'azali
4-§. ATOYI
43
B) «Hajringda, begim, oh degumdur dag'i o'lgum» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azali
C) «Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey do'st» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azali
D) «Qon bo'ldi ko'ngul firoqi birla» misrasi bilan boshlanuvchi g'azali
57. Atoyining «Mengiz yo ravzayi rizvonmudur bu?» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalida mashuqaning yuzi (mengiz) oshiqqa nimani eslatadi?
A) go'zal mohni B) subhi sodiqni
C) g'unchayi xandonni D)jannat bog'ini
58. Atoyining qaysi g'azali to'lig'icha parichehraning portretini chizishga
bag'ishlangan?
A) «Hajringda, begim, oh -degumdur dag'i o'lgum» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azali
B) «Mengiz yo ravzayi rizvonmudur bu?» misrasi bilan boshlanuvchi
g'azali
C) «Soching chun laylat ul-qadr-u yuzing chun subhi sodiqdur» misrasi
bilan boshlanuvchi g'azali
D) «Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o'lturur» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azali
59. Atoyining «Netti, ne bo'ldi?» radifli g'azalining ruknlar taqte’sini toping.
A)V — / V — / V — / V — B)--V/V--V/V--V/V-— — V/V--V/V--V/V--— — V - - / - V - - / - V - - / - V -60. Atoyining «Ey do'st» radifli g'azalidan olingan quyidagi baytda qaysi
juftlikiar tazod san'atini yuzaga keltirgan?
Lutf-u karamingni sen agar mendin ayasang,
Javr-u sitaming lutf-u karamdur manga, ey do‘st.
A) «lutf» va «кагат» В) «lutf-u кагат» va «javr-u sitam»
C) «javr» va «sitam» D) «lutf-u кагат» va «sen-и men»
61. Atoyining «Ey do'st» radifli g'azalidan olingan quyidagi baytda yor yuzi
(yanoq)ning rangi anorga o'xshash, demak, yorning yuzida bog'ning
alomatlari mavjud. Ammo shoir yorni odamlar toifasidan emas, balki pari
demoqda. Parining yashaydigan joyi esa Eramda, aniqrog'i Eram bog'idadir.
Shoir yor go'zalligini uning yuzidayoq mujassam ekanligini aytish uchun
mana shu mantiqiy silsilalardan foydalanib, qaysi badiiy san’atni yuzaga
keltirgan?
Odamg'a seni o'xshata bilmonki, parisen,
Nortek yanoqing bog'i Iramdur manga, ey do‘st.
A) tardi aks B) ishtiqoq C) tashbeh D) tanosib
62. «Ishqinda qaro boshim oqardi, Bir boqmadi ko'z qarog'i birla»
misrasining muallifi kim?
A) Atoyi B) Alisher Navoiy C) Lutfiy D) Bobur
44 4-§. ATOYI
63. Atoyining ,«UI sanamkim su(v) yaqosinda paritek o'lturur» radifli
g'azalining ruknlar tartibini toping.
A) faulun / faulun / faulun / faul
B) mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun '
C) foilotun / foilotun / foilotun / foilun
D) mafoiylun / mafoiylun / faulun
64. Atoyining «Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey do'st» deb
boshlanuvchi g'azalining ruknlar taqte’sini toping.
A)V — / V — / V — / V — B)--V/V--V/V--V/V-~
C)-V/V--V/V--V/V— — — -/-V--/-V--/-V-65. Atoyi qalamiga mansub quyidagi baytning mazmunini toping.
To magarkim salsabil obina javloni qila,
Keldi jannat ravzasindin obi Kavsar sori hur.
A) Ma’shuqaning bog' ichidagi ariq bo'yiga kelishi go'yo jannat bog'idagi
Kavsar suvi (hovuzi) yoniga hur-u panning kelishiga o'xshaydi.
B) Ma’shuqaning bog' ichidagi salsabil daraxtining yoniga kelishi go'yo
jannat bog'idagi Kavsar suvi (hovuzi) yoniga hur-u panning kelishiga
qiyoslanadi.
C) Ma’shuqaning bog' ichidagi salsabil daraxtining yoniga kelishi go'yo
jannat bog'ida Kavsar suvi (hovuzi) bo'yidagi daraxtning yoniga
kelgan hur-u pariga o'xshatiladi.
D) Ma’shuqaning salsabil bog'i ichidagi gullar yoniga kelishi go'yo jannat
bog'ida Kavsar suvi (hovuzi) bo'yidagi gullar yoniga kelgan hur-u
pariga o'xshatiladi.
66. Atoyining «Jamoling vasfini qildim chamanda» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalining quyidagi baytlaridan qaysi birida yorning labi va
og'zi ta’riflangan?
A) Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizardi gul uyottin anjumanda.
B) Tamanno qilg'ali la’lingni ko'nglum,
Kishi bilmas oni kim, qoldi qanda.
C) Manga ul dunyoda jannat ne hojat,
. Eshiging tuprog'i basdur kafanda.
D) Chu jonimdin aziz jonona sensen,
Kerakmas jon manga sensiz badanda.
67. Yusuf (s.a.v) haqidagi rivoyatlarga ko'ra, Yusufning hajrida yig'layver-
ganidan kimning ko'zlari ko'r bo'lib qoladi?
A) yorining B) onasining C) otasining D) akasining
68. Mumtoz adabiyotda qaysi so'z ko'pincha lug'atlarda tik, chiroyli o'sgan
sarvga aniqlovchi sifatida qo'llaniladi?
A) «ozod» so'zi B) «tamanno» so'zi
C) «alif» so'zi D) «shamshod» so'zi
4-§. ATOYI 45
69. Atoyi qaysi g'azalida malaksiymo qizning chiroyidan hayratga tushadi? U
shu qadar barkamolki, undagi fazilatlar sanalgan va ularga e’tibor qaratilgan
sari oshiqning muhabbati kuchayib boraveradi.
A) «Hajringda, begim, oh degumdur dag‘i o'lgum» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalida
B) «Qon bo'ldi ko'ngul firoqi birla» misrasi bilan boshlanuvchi g'azalida
C) «Mengiz yo ravzayi rizvonmudur bu?» misrasi bilan boshlanuvchi
g'azalida
D) «Soching chun laylat ul-qadr-u yuzing chun subhi sodiqdur» misrasi
bilan boshlanuvchi g'azalida
70. Atoyining qaysi g'azalida yor o'zini turfa holatlarda ko'rsatishga mohir,
shu bois farishta sifatli bo'lib ham ko'rinadi, malohatda tengsiz sanamning
xati - labi ustidagi mayin tuklar rayhon singari xush bo'y taratadi?
A) «Hajringda, begim, oh degumdur dag'i o'lgum» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalida
B) «Mengiz yo ravzayi rizvonmudur bu?» misrasi bilan boshlanuvchi
g'azalida
. C) «Soching chun laylat ul-qadr-u yuzing chun subhi sodiqdur» misrasi
bilan boshlanuvchi g'azalida
D) «Qon bo'ldi ko'ngul firoqi birla» misrasi bilan boshlanuvchi g'azalida
71. Quyidagilar ichidan ko'ngil nolishlari, ruh to'lg'onishlari, qalb iztiroblari
tasvirini turkiy she’riyatga go'zal va ta’sirchan yo'sinda olib kirgan shoirni
toping.
A) Atoyi B) Gadoiy C) Nasimiy D) Laffasiy
72. Atoyining «Ey do'st» radifli g'azalidan olingan quyidagi baytda qaysi
so'zlar tazod san’atini yuzaga keltirgan?
Ko'nglum yuzini javr ila chun sendin uyurmon,
Oxir necha bu javr-u sitamdur manga, ey do'st.
A) «ko'ngil» va «yuz» B) «javr» va «sitam»
C) «ko'ngil» va «sitam» D) «sen» va «men»
73. Nido san’atiga berilgan to'g'ri izohni toping.
A) nasriy asarda yozuvchining murojaat qilgan obyekti
B) nasriy asarda fojianing kuchliligi, ritorik qaytariqlarning ko'pligi
C) she’riy asarda shoirning murojaat qilgan obyekti
D) she’riy asarda fojianing kuchliligi, kuchli hissiy bo'yoqdorlik
74. Atoyining «Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o'lturur» deb
boshlanuvchi g'azali aruzning qaysi bahrida yozilgan?
A) hazaji musaddasi mahzuf
B) ramali musammani mahzuf
C) mutaqoribi musammani mahzuf (maqsur)
D) hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf
46 4-§. ATOYI
75. Atoyining «Jamoling vasfini qildim chamanda» radifli g'azalining ruknlar
tartibini toping.,
A) faulun / faulun / faulun / faul
B) mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun
C) foilotun / foilotun / foilotun / foilun
D) mafoilun / mafoilun Imafoil
76. Atoyining qaysi g'azalida oshiq suv yoqasida paridek o'ltirgan tengsiz
go'zalga qarab, hayrat bilan «suv qizi», ya’ni suv parisining «goh-goh ko'zga
ko‘rinishi»ga imon keltiradi?
A) «Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey do'st» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalida
B) «Jamoling vasfini qildim chamanda» misrasi bilan boshlanuvchi
g'azalida
C) «Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o'lturur» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalida
D) «Begim» radifli g'azalida
77. Atoyining quyidagi baytida qaysi she’riy san’atdan foydalanilgan?
Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizardi gul uyottin anjumanda.
A) takrir B) tazod C) tashxis D) talmeh
78. Yusuf (s.a.v) haqidagi rivoyatlarga ko'ra, kimlar Yusufga hasad qilib,
aldab dalaga olib chiqadilar, quduqqa tashlaydilar va so'ngra «Bo'ri yedil» -
deb yolg'on ovoza tarqatadilar?
A) Yusufning o'gay singillari B) Yusufning o'gay opalari
C) Yusufning akalari D) Yusufning amakivachchalari
79. Atoyining «Jamoling vasfini qildim chamanda» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalining quyidagi oltinchi baytida qaysi she’riy san’atlardan
foydalanilgan?
Uzun sochingdin uzmasmen ko'ngulni,
Ayog'ing qanda bo'lsa boshim anda.
A) ishtiqoq va tazod B) husni ta'lil va talmeh
C) talmeh va tazod D) takrir va ishtiqoq
80. Atoyining qaysi g'azalidan olingan quyidagi baytda oshiq uchun yorning
qora ko'zlari qaroqchini, chiroyi esa Turkiston parisini xotirga keltiradi?
Qaroqchi ko'zlarin kirn ko‘rsa aytur:
«Ajab, ayyori Turkistonimdur bu?»
A) «Hajringda, begim, oh degumdur dag'i o'lgum» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalidan
B) «Qon bo'ldi ko'ngul firoqi birla» misrasi bilan boshlanuvchi g'azalidan
C) «Soching chun laylat ul-qadr-u yuzing chun subhi sodiqdur» misrasi
bilan boshlanuvchi g'azalidan
4-§. ATOYI 47
D) «Mengiz yo ravzayi rizvonmudur bu?» misrasi bilan boshlanuvchi
g'azalidan
81. Atoyining qaysi g'azalidan olingan quyidagi baytda ochilmagan
gulg'uncha o'zining yor kiprigiga o'xshash ekanini eshitib, «to'nig'a sig'may»
ketadi, ya’ni ochiladi?
G'uncha sevunub to'nig'a sig'mas,
O'xshatsam, o'qing bashoqi birla.
A) «Hajringda, begim, oh degumdur dag'i o'lgum» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalidan
B) «Qon bo'ldi ko'ngul firoqi birla» misrasi bilan boshlanuvchi g'azalidan
C) «Netti, ne bo'ldi?» radifli g'azalidan
D) «Mengiz yo ravzayi rizvonmudur bu?» misrasi bilan boshlanuvchi
g'azalidan
82. Atoyining «Ey do'st» radifli g'azalidan olingan quyidagi baytda qaysi
she’riy san’atdan foydalanilgan?
Qo'y qissayi Jamshedni jomi ilgingdin,
Gar bo'lsa dame mulkati Jamdur manga, ey do'st.
A) tardi aks B) ishtiqoq C) tazod D) tanosib
83. Atoyining «Ey do'st» radifli g'azalidan olingan quyidagi baytda tazodga
yordam bergan mavjudlik (yorning qo'li orqali tasavvur etilayotgan, ya’ni
mavjud hayot)ni anglatgan ramziy tasvirni toping.
Qo'y qissayi Jamshedni jomi ilgingdin,
Gar bo'lsa dame mulkati Jamdur manga, ey do'st.
A) «qissayi Jamshed» B) «mulkati Jam»
C) «jom» D) «Jam»
84. Atoyining «Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey do'st» radifli
g'azalining ruknlar tartibini toping.
A) faulun / faulun / faulun / faul
B) mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun
C) maf uvlu / mafoiylu / mafoiylu / mafoiyl
D) mafoiylun Imafoiylun / faulun
85. Atoyining qaysi g'azalida lirik qahramon kipriklarini supurgi («jorub»),
yuzini xokandoz qilishga tayyor, yor xizmatiga olinsa bo'lgani; hatto yor u
yoqda tursin, u farroshlikka - «quMikka qabul qilsa ham o'zini baxtli
hisoblaydi?
A) «Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o'lturur» deb boshlanuvchi
g'azalida
B) «Jamoiing vasfini qildim chamanda» deb boshlanuvchi g'azalida
C) «Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey do'st». deb boshlanuvchi
g'azalida
D) «Begim» radifli g'azalida
48 4-§, ATOYI
86. Atoyi yorning qop-qora sochini laylat ut-qadrga, oppoq yuzini esa subhi
sodiqqa o'xshatish orqali qaysi badiiy tasvir vositasidan foydalanadi?
A) tashbeh B) iyhoro C) tazod D) talmeh
87. Atoyi qaysi g'azalida jannatga kirish uchun Aliohga muhabbat qo'ygan
kimsaning naqdni nasiyaga almashgan nodon kabiligini, Allohning jamoli,
go'zalligi otdida jannatning chiroyi hech narsa emasligini tasvirlaydi?
A) «Hajringda, begim, oh degumdur dag‘i o'fgum» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalida
B) «Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o'lturur» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalida
C) «Jamoling vasfini qildim chamanda» misrasi bilart boshlanuvchi
g'azalida
D) «Soching chun laylat ul-qadr-u yuzing chun subhi sodiqdur» misrasi
bilan boshlanuvchi g'azalida
88. Atoyining «Ey do'st» radifli g'azalidan olingan quyidagi baytda qaysi
so'zlar tazod san’atini yuzaga keltirgan?
Odamg'a seni o'xshata bilmonki, parisen,
Nortek yanoqing bog‘i Iramdur manga, ey do'st.
A) «nor» va «pari» B) «yanoq» va «nor»
C) «ko'ngif» va «bog'» D) «odam» va «pari»
89. She’riy asarda shoirning murojaat qilgan obyekti nima deb ataladi?
A) xarakter B) nido C)portret D) tip
90. Quyidagi misralar muallifi kim?
Gar husn budurkim, sanga bor, kes bu tilimni,
Yusuf so'zidin qilsam agar zarra hikoyat.
A) Bobur B) Gadoiy C) Atoyi D) Laffasiy
91. Atoyining «Jamoling vasfini qildim chamanda» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalining quyidagi baytfaridan qaysi birida yorning jamoli
ta'riflangan?
A) Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizardi gul uyottin anjumanda,
B)Tamanno qilg'ali la’Kngni ko'nglum,
Kishi bilmas oni kim, qoldi qanda.
C) Manga ul dunyoda jannat ne hojat,
Eshiging tuprog't basdur kafanda.
D) Chu jonimdin aziz jonona sensen,
Kerakmas jon manga sensiz badanda.
92. Yusuf (s.a.v) haqidagi rivoyatlarga ko'ra, u kimning sevikli o'g'li bo'lgan?
A) Muhammad (s.a.v)ning B) Yunus (s.a.v)ning
C) Odam (s.a.v)ning D) Ya’qub (s.a.v)ning
93. Atoyining qaysi g'azalida «sochdan qilingan qilto'r oshiqni o'z tuzog'iga
olgani» tasviri bor?
4-§. ATOYI
49
A) «Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey do'st» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalida
B) «Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o'lturur» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalida
C) «Soching chun laylat ul-qadr-u yuzing chun subhi sodiqdur» misrasi
bilan boshlanuvchi g'azalida
D) «Jamoiing vasfini qildim chamanda» misrasi bilan boshlanuvchi
g'azalida
94. Atoyining qaysi g'azalida lirik qahramon: «Imonim o'shaf moh degumdur
dag'i o'lgum», - deydi?
Shu o'rinda islomda har bir musulmon o'limi oldidan kalimayi
shahodatni qaytarishi kerakligi ham hisobga olingan, Lirik qahramon
o'limiga rozi. Shu bois imon keltirishga ham tayyor. J! ^
A) «Hajringda, begim, oh degumdur dag'i o'lgum» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalida
B) «Qon bo'ldi ko'ngul firoqi birla» misrasi bilan boshlanuvchi g'azalida
C) «Mfengiz yo ravzayi rizvonmudur bu?» misrasi bilan boshlanuvchi
g'azalida
D) «Soching chun laylat ul-qadr-u yuzing chun subhi sodiqdur» misrasi
bilan boshlanuvchi g'azalida
95. Atoyining qaysi g'azalida ma'shuqa achchiq-tiziqlaridan, nozlaridan
hayratga tushgan oshiq holati ifoda etiladi?
A) «Hajringda, begim, oh degumdur dag'i o'lgum» misrasi bilan
boshlanuvchi g'azalida
B) «Qon bo'ldi ko'ngul firoqi birla» misrasi bilan boshlanuvchi g'azalida
C) «Netti, ne bo'ldi?» radifli g'azalida
D) «Mengiz yo ravzayi rizvonmudur bu?» misrasi bilan boshlanuvchi
g'azalida