May 21, 2020

OT SIFAT SON OLMOSH #1


1. Qaysi gapda asoslari tub+yasama shaklda bo’lgan qo’shma ot qo’llangan ?
A) Somonsuvoq qilingan tekis tomning ustiga o’rikning bir shoxi egilib turibdi
B) Boychechakning tovlanib turgan gulbarglari hammaning ko’nglidagi gina-adovatga barham berdi
C) Ko’rpa-to’shaklarni ot aravaga yukladim
D) To’rt tomoni teng bo’lgan to’g’ri to’rtburchak kvadrat deyiladi
2. Qaysi qo’shma ot tarkibida yuz bergan fonetik hodisa ko’makchi morfema(qo’shimcha) ta’sirida sodir bo’lmagan ?
A)achchiqtosh B)bilaguzuk C)boyo’g’li D) oshpichoq
3. Ma’lumki , ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo’lgan atoqli ot asoslari qo’shib yoziladi . Qaysi javobda ushbu qoidaga muvofiq yozilgan otlar berilgan ?
A) Beshariq , Qashqadaryo
B) qorbo’ron , ko’ksulton
C)Markaziy Osiyo, Quyi Chirchiq
D)Xalqobod, Yangiyer
4. Qaysi javobda otlarning imlosi bilan bog’liq xatoga yo’l qo’yilgan ?
A) Madaniyat va Sport Ishlari Vazirligi
B) Toshkent agrar universiteti
C) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
D) Xotira va qadrlash kuni
5. Shaxs oti yasovchi –lik qo’shimchasi haqida aytilgan to’g’ri fikrlarni aniqlang.
1) –lik qo’shimchasi o’rin-joy bildiruvchi turdosh otlarga qo’shilib , shaxsning shu hududga mansubligini bildiradi
2) –lik qo’shimchasi o’rin-joy bildiruvchi atoqli otlarga qo’shilib , shaxsning shu hududga mansubligini bildiradi
3) –lik qo’shimchasi o’z shakldoshiga ega
4) –lik qo’shimchasi bilan yasalgan shaxs otlari kichik
harf bilan yoziladi
A) 1,3,4 B) 2,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4
6. Quyidagilarning nechtasi narsa oti sanaladi ?
chuchvara , Arslon , arra , Rayhon , yulduz , lola , cho’mich , do’ppi , Zumrad, sharq A) 5 tasi B) 7 tasi C) 6 tasi D) 8 tasi
7. Cho’pon otaning katta hovlisi , otlar bog’langan bostirmasi , sigirlar boqiladigan molxonasi va qo’ylar turadigan ikkita katta qo’rasi bor edi . Yuqoridagi gapda nechta yasama o’rin-joy oti qo’llangan ?
A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 1 ta
8. Qaysi gapda shaxslarning qarindoshligiga ko’ra nomlab kelgan shaxs oti qo’llangan ?
A) Bolaning g’alati orzusi bor edi
B) Kampir uning boshini silab , peshonasini yuziga bosdi
C) Juvon boshini quyi solib , uzoq yig’ladi
D) Shavkat eng oldin enasi bilan xayr-xo’shlashdi
9. Vujudimga hokimlik qilayotgan o’sha tuyg’ular o’rnini shafqat , odamiylik , hamdardlik egalladi .
Yuqoridagi gapda nechta yasama so’z qo’llangan ?
A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta
10. Murod asli yilqichining bolasi , dehqonchilikni xushlamaydi . Gapdagi yasama so’zlar qanday sintaktik vazifa bajargan?
A) aniqlovchi , to’ldiruvchi B) to’ldiruvchi , kesim
C)aniqlovchi, to’ldiruvchi, kesim D) aniqlovchi , kesim
11.Asosda ifodalangan tushunchaning hamisha me’yoridan ortiqligini ifodalovchi sifat yasovchi qo’shimcha qaysi ? A) –li B) ser- C) bo- D) –dor
12. Qaysi gapda aniqlovchi vazifasidagi yasama sifat yasama otga bog’langan ?
A) Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g’oyalar bilan uyg’unlashib ketgan
B) Ko’z oldimdan ichakuzdi qiliqlari bilan hammani kuldirayotgan qiziqchilar ketmaydi
C) Osmon tip-tiniq , oyning kumushsimon tumanli nuriga cho’mgan ; uylduzlar siyrak edi
D) Yirik-yirik tomchilar yer-u ko’kni savalay ketdi
13.Qaysi gapda hol vazifasidagi yasama sifat yasama fe’lga bog’langan?
A) Balandparvoz gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o’xshaydi
B) Markaziy Osiyoning erksevar xalqi dushmanga qarshi mardonavor kurashdi
C) O’z onamni elas-elas xotirlayman
D) Onamning ismi Enaxon , nihoyatda ko’ngilchan , zahmatkash ayol
14. Behi atirguldoshlar oilasiga mansub , bo’yi o’n ikki metrga boradigan sershox daraxt . Barglari tukli , tuxumsimon yoki keng ellipssimon ; bandi kalta , shoxlarda ketma-ket joylashgan . Mevasi tukli , sariq yoki tillarang ; ko’rinishi yumaloq yoki biroz cho’zinchoq bo’lishi mumkin . Mevasi yetilib pishganda sershira bo’ladi . Yuqoridagi parchada nechta so’z yasovchi qo’shimcha qo’llangan ?
A) 6 ta B) 8 ta C) 10 ta D) 12 ta
15. Qaysi gapda ot asosli yasama sifat qo’llangan ?
A) Pastdagi bog’dan yumshoq xazon hidi ko’tarilib , uning xayollarini to’lin oy sehrlagan tog’ , vodiy , daralarga olib ketardi
B) Bu o’lkada iqlim o’rtacha , suv mo’l , yer unumdor , quyosh nuri yetarli
C) Ariqlarda suv emas , o’ynoqi nur oqadi
D) Rostgo’ylik adabning ustuni , insoniylikning asosidir
16. Qaysi gapda uyushiq aniqlovchi vazifasida qo’llangan qo’shma yasama sifatlar vositali to’ldiruvchiga tobelangan ?
A) Shirinsuxan , oqko’ngil odamlar mevali daraxtga o’xshaydi
B) Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir
C) Mehnatsevar , zahmatkash insonlar odamlarning ko’rkidir
D) Nodon va kaltafahmlar odamga yaxshi gap aytmas
17. Qaysi javobda belgini to’g’ridan-to’g’ri ifodalaydigan sifatlar berilgan ?
A) sekin , ko’p B) mazali , serg’ayrat
C) tonggi , g’ishtin D) bolali , devoriy
18. Bobur temuriy sulolasining so’nggi yirik vakili edi . U tadbirkor va jasur lashkarboshi , dono va adolatli hokim , fozil va o’qimishli inson , ajoyib lirik
shoir , ilmning turli sohalaridan yaxshigina xabardor bo’lgan yetuk olim edi .
Uning “Boburnoma” asari voqeot janrining beqiyos
namunasi bo’lib kelmoqda .
Mazkur parchada nechta yasama sifat qo’llangan ?
A) 9 ta B) 8 ta C) 7 ta D) 6 ta
19. Birinchi bo’g’ini tovush o’zgarishi bilan takrorlanishidan sifatning qaysi darajasi hosil qilinadi ?
A) qiyosiy daraja B) orttirma daraja
C) ozaytirma daraja D) oddiy daraja
20. Qaysi javobda yuklama vositasida sifatning orttirma darajasi hosil qilingan ?
A)juda qizil B)eng katta C)sal sovuq D)biram yoqimli
21.Shakldoshiga ega bo’lgan rang-tus sifatlarini aniqlang .
A) qizil , sariq B) ko’k , oq
C) qora , yashil D) binafsha , alvon
22. Qaysi qo’shimchalar vositasida sifat yasalganda , fonetik hodisa yuz berishi kuzatiladi ?
1) –a 2) –aki 3) –q 4) –iq 5) –k 6) –qi 7) –i 8) –bon
A) 1,3,6,7 B) 1,2,3,4,6,8 C) 2,3,4,5,6,8 D) 2,3,4,6,8
23. Qaysi javobda ot va sifat yasovchi shakldosh qo’shimchalar berilmagan ?
A) –qich , -g’ich , -gi , -ki B) –k , -q , -ik , -in
C) –gir , -kash , -oq , -qoq D) –zor , -loq , -soz , -im
24. Qaysi gapda otlashgan yasama sifat(lar) qo’llangan ?
A) Azizbekni qulatmoq uchun avom jonlandi
B) Eskini yamaguncha esing ketar
C) Bu kengliklarda odam o’zini ozod qushdek his qiladi
D) Sotqinga shafqat yo’q, qo’rqoqqa hurmat yo’q.
25. Sonning qaysi ma’no turlarini so’z yoki qo’shimcha vositasida yuzaga keladi?
1)dona son 2)jamlovchi son 3)chama son 4)tartib son
A) 1,2,3,4 B) 2,4 C) 1,3 D) 1,2,3
26. Sonning qaysi ma’no turini hosil qiluvchi shakllar o’z shakldoshiga ega ?
A)jamlovchi son B)chama son C)tartib son D)taqsim son
27. Qaysi gapda o’lchov so’z qo’llanmagan ?
A) “Har biringiz yuz ketmondan yer chopsangiz , katta yordam bo’lardi” ,—dedi Yoqub bobo
B) Bir etak bola tug’gandan keyin ularni tarbiyalash ham kerak
C) Akbarali mingboshi ikki og’iz gapni eplab aytolmadi
D) Shiftga osilgan oltita chiroq xonani yop-yorug’ qilib turibdi
28. Qaysi javobda tartib sonlarning imlosi bilan bog’liq xatoga yo’l qo’yilgan ?
A) 9-sinf , 30-dekabr B) X-sessiya , IV-chorak
C) XI-XIV asr , II-III bob D) 123-xona , 72-xonadon
29. Qaysi gapda shaxs haqida noaniq tasavvur ifodalagan olmosh qo’llangan ?
A) Bu cholni butun yurt hurmat qiladi
B) U Saidiy bilan do’st edi , bu do’stlik otalarini ham munosabatdor qilgan edi
C) Kimdir qarshi gap aytgan edi , muallim jerkib berdi
D) Kim shaxmat to’garagiga qatnashadi ?
30. Gumon olmoshlari haqida aytilgan quyidagi fikrlarning nechtasi to’g’ri ?
1) so’roq olmoshlariga alla- yoki –dir qo’shimchasini qo’shish orqali gumon olmoshlari hosil qilinadi ;
2) narsa so’zi faqat alla- qo’shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi ;
3) bir so’zi kishi , narsa , nima kabi so’zlarga qo’shilib , bu so’zlarga gumon ma’nosi yuklaydi ;
4) birov so’zi kimdir so’zi bilan erkin almasha olgani uchun gumon olmoshi sanaladi ;
5) gumon olmoshi qatnashgan gapning kesimi inkor shaklida bo’ladi ;
6) gumon olmoshi hosil qiluvchi –dir qo’shimchasi o’z shakldoshiga ega ;
7) gumon olmoshi hosil qiluvchi alla- va –dir qo’shimchalari asosga qo’shib yoziladi
A) yettitasi B) oltitasi C) beshtasi D) to’rttasi
31. Janoblar ! Kamina hozir Xuttalonga otlanurmen !
Ushbu gapda olmosh o’rnida qo’llangan so’z qanday sintaktik vazifa bajargan?
A) ega B) kesim C) undalma D) hol
32. Qaysi gapda og’zaki nutqqa xos ko’rsatish olmoshi qo’llangan ?
A) Voy , manavi bolaning shirinligini!—Parcha xola do’rillab xitob qildi
B) Siz bolalik qilib bunaqa xomxayollarga borib yurmang
C) Men xalq oldida sizning iltimosingizga shunday javob bermoqqa majbur bo’ldim
D) Bunaqa narsa menga ta’sir qilmaydi ,—dedi Mastura
33. Kishilik olmoshi o’rnida qo’llanib , ko’pincha shaxsni , ba’zan predmetni ko’rsatuvchi olmosh turini aniqlang .
A) ko’rsatish olmoshi B) belgilash olmoshi
C) o’zlik olmoshi D) so’roq olmoshi
34. Olmoshning qaysi ma’no turi qo’shma so’z shaklida uchramaydi ?
A) so’roq B) belgilash C) ko’rsatish D) kishilik
35. Qaysi gapda shaxs , narsa , belgi kabilarni jamlab ifodalaydigan olmosh qo’llangan ?
A) Har qaysi millatning o’ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda , hech shubhasiz , oilaning o’rni va ta’siri beqiyosdir
B) O’g’limning har bir holidan xabar olib turish sening vazifangdir
C) Mening ayam o’zi aytganidek “ usti butun , ichi tutun” ayollardan edi
D) Bog’imizda uzumning hamma xilidan bor edi
36. Suv!Suv!—deb qichqirdi mingboshi . Suv! Yuragim kiyib ketdi…yonib ketdi!..Suv!Suv!!! (A.Cho’lpon)
Yuqoridagi gapda takroran qo’llangan otning sintaktik vazifasini aniqlang .
A) kesim B) ega C) to’ldiruvchi D) aniqlovchi
36+1. Bolalar quvonchli xabarni yurtdoshlariga yetkazishga oshiqayotgan elchilardek guvullab Usmonlarnikiga jo’nashdi . Ushbu gapda nechta ismlarning lug’aviy shakli qo’llangan ?
A) 6 ta B) 7 ta C) 8 ta D) 9 ta