Makon. Qilichqo'l botir qahramonligi
1-bob. Makonliklar orasida. 2-qism
“ Qoldirib ketaman. Uvol qolmas. “ deb o’yladi u.
Briksha ozgina oyog’ini uzatib, yana so’rida dam olib turdi. Atrofiga alanglab savdo ahliga, cho’ponlarga, zarbo’f to’nga o’ralgan, to’lachadan kelgan odamlarga ko’zi tushdi. Brikshaga yaqin bir joyda o’tirgan gurung Brikshaga yaxshi eshitilib turardi. Briksha ular akasi haqida so’zlashishayotganini tushunib turdi.
- ...Sehrxon xazratlari burun O’ratepani isyonchilarga topshirmoq istagan uchtog’liklardan ayrimlarini tuttiripti. Sizlarni avf etaman depti. Ammo, Bahodirbek qushbegimiz ularni ushlab qoptiyu, bittasiniyam qoldirmay kallasini kesibdi. Hozir, O’ratepada ularni kallalari devorda osig’liq.
- Xonimizni yomon otliq qilishg’a juda o’chda bular!
- Be, bu beklar xonimizni xonavayron qilmasalar go’rga edi.
- Jim! Devorniyam qulog’i bordir! Voliyimiz ham shulardan....
Shundan so’ng gurung tinchidi.
Briksha boshqa gurungga quloq tutdi. Ikkita dehqon past ovozda gaplashgani qulog’iga chalindi. Ular avvaliga hayotlari haqida gaplashishdi. Keyin suhbat jiddiylashdi.
- Voliy yana ikki mingta odam berasan deganmish.
- Bizniyam olib ketib qolishsachi...
Briksha yoniga shu payt yana xizmatchi keldi.
- Biron nima buyuradilarmi? – dedi xizmatchi Brikshaga egilib.
- O’ratepa... Qayerda u? – so’radi Briksha.
Xizmatchi unga g’alati qaradi.
- Bu joylardan ikki kunu-tunlik yo’l, - dedi xizmatchi tog’larga teskari – janub tomonlarni qo’li bilan siltab ishora qilib turib.
Briksha shunda o’rnidan turdi va karvonsaroydan chiqishga shoshildi. U hayolga berilib ketibmi, karvonsaroyga kiraverishdan bir yupun kiyingan qashshoq kishi bilan to’qnashib ketdi. Haligi kishini, shunaqa jahli chiqdiki, Brikshani jerkib berdi :
- Menga to’qnash kelishga sen ajnabiyni nima hadding sig’di! Kamina Makon xonining xizmatchisi bo’lurman! Sen lo’ttibozlarni ko’pini ko’rganman! Olib ketmaysanlar! Qolaman! Angladingmi, qolaman!
Briksha uni sannashidan, to’xtab qolib, unga qarab bir so’z demoqqa xozirlangan edi hamki, uning yonida o’tib turgan bir o’tkinchi Brikshaga :
- Indamang, - deb maslahat berdi.
Briksha hayron bo’lib qaragandi, qariya unga shunday deb tushuntirdi :
- Bu esini yo’qotgan devona. Hamma o’g’illarini olib ketishgandan keyin xushidan ayrilgan.