Tarjimalar
April 27, 2023

Sherlok Xolms. Alvonlik Ishi. Oltinchi bob.

Oltinchi Bob. Tobias Gregson hunarini namoyish etdi.

Ertasi kungi barcha ro’znomalar, “Brikston sinoati” deb nom qo’yib olingan yuqoridagi hodisa haqidagi habarlar bilan to’lib toshgan edi. Har birida voqeaning batafsil xisoboti yozilgandi va ba’zilari bosh varoqda bosilgan birinchi maqolaga ham kiritilgandi. Ulardagi ba’zi tafsilotlar menga yangidek tuyuldi. Bu ishga doir ko’p sonli qirqimlar va iqtiboslarni hozirgacha xotira daftarimda saqlayman. Mana ulardan ba’zilari:

“Deyli Telegraf” nashriyoti jinoyat tarixida bunday g’alati xususiyatlarga ega fojia juda kamdan-kam ro’y bergan deb ta’kidladi. Qurbonning nemischa ismi, boshqa sabablarning yo’qligi va devordagi mudhish yozuvlarning barchasi uni siyosiy muhojirlar va revolyutsioner kuchlar sodir etganiga ishora qildi. Sotsialistlarning Amerikada tarmoqlari ko’p, marhum esa ularning yozilmagan qonunini buzgan va ular tomonidan ta’qibga uchragan. Veym sudi, akua tofana zahari, Karbonariylar, Brinvillerlar markizasi, Darvin nazariyasi, Maltusning siyosat tamoyillari va Rekliff Katta ko’chasida qotilliklarlarni sanay turib maqola xulosasida, Britaniya hukumatini ogohlikka chorlab hamda Angliyadagi chet elliklarni yaqinroq kuzatishni targ’ib qilib chiqdi.

“Standart” gazetasi esa bu kabi qonundan tashqari zo’ravonlik turlari odatiy tarzda liberallar boshqaruvi davrida uchrab turishini qayd qildi. Ular yozishicha ommaning ongi beqarorligii natijasida mutlaq hokimiyatning ketma-ket zaiflashuvi kelib chiqarkan. Yana yozilishicha, marhum shahar markazida bir necha hafta davomida istiqomat qilib kelgan amerikalik jentlmen ekan. U Kembervel Torki-terrasdagi Madam Charpenterning uy-mehmonxonasida turgan. Unga sayohatlari davomida shaxsiy sekretari Mister Jozef Stenjerson hamrohlik qilgan. Ikkovi ijarachisi bilan payshanba kuni roppa-rosa to’rtlarda xayr-xo’shlashgan, so’ng Liverpul ekspressga ulgurib qolish uchun Yuston Stansiyaga jo’nab ketishgan. Keyinchalik ikkovini platformada birga ko’ringanlar. Ular haqida keyinchalik hech nima aniqlanmagan, toki Mister Drebberning jasadi, yozilgandek Yustondan ancha mil uzoqlikdagi Brikston Ko’chasida bo’sh uydan topilmaguncha. U bu yerga qanday kelgani, bu xolga qanday tushib qolgani, hamon jumboqqa daxldor savollar bo’lib qolgan. Stenjerson qayerdaligi haqida esa hech narsa ma’lum emas. “ Bizlar Skotlend Yardlik janob Lestreyd va mister Gregsonlarning bu ishga kirishganlaridan minnatdormiz, va ishonch bilan kutilamizki, bu ikki mashxur ofitserlar bu ishga tez orada yorug’lik kiritadilar. “

“Deyli Nyus” kuzatuviga ko’ra, bu jinoyatning sababi siyosiy ekanini shubha bo’lishi mumkin emas. Qit’adagi hukumatlarni harakatlantirib turgan liberalizmdan nafrat va mustabidlik, bizning qirg’oqlarimizga ham, ayrim kimsalar niqobi ostida bostirib kelmoqdalarki, ular agar kechmishlari bilan zaharlanmaganlarida, Angliyaning binoiydek fuqarolar bo’lishardi. Bu kimsalar orasida alohida axloqiy tushunchalar o’ta qattiq bo’lib, har bir noma’qul harakat ham o’lim bilan jazolanishi mumkin. Hamma izlanishni hozir sekretar bo’lmish – Stenjersonni topishga va undan marhumning xulq atvorishini aniqlashtirishga qaratilishi zarur. U turgan joyning manzili kashf etilishi bilan, katta qadam tashlandi – bu natijaga to’la-to’kis Skotlend Yardning Janob Gregsonining g’ayrati va sezgirligi bilan erishildi.

Sherlok Xolms ikkovimiz bu maqolalarni nonushta payti o’qib o’tirarkanmiz, unda bulardan vaqti chog’lik xissiyoti paydo bo’ldi.

-         Aytdimku, nima bo’lganda ham, Lestreyd va Gregson g’oliblikka da’vogarlik qila boshlashadi.

-         Bu ish yakuniga bog’liq.

-         O, xudo xayringizni bersin, ularga farqi yo’q. Agar qotil tutilsa, bu aynan ularning xisobotlariga ko’ra bo’ladi, agar qochib ketsa ham, ularning xisob-kitoblariga qaramasdan amalga oshirilgan bo’lib chiqadi. Men bog’dan kelsam, ular tog’dan keladi. Nima qilishsa ham, ularga muxlis topilaveradi. “ Un sot trouve toujours un plus sot qui l’admire. ( “Ahmoq har doim qoyil qolish uchun boshqa ahmoqni topgusidir. “ – Nikolas Boilyu, Fransuz shoir va tanqidchisi iqtibosi, izoh. )

-         Bunisi endi nima bo’ldi? - xitob qildim men yo’lak va zina bo’ylab bir qancha dupur-dupur qadam tovushlarini eshitganim zahoti. Bu qadam tovushlari ortidan, uy egachisini jirkanayotgani ovozi eshitildi.

-         Bu Izquvar Politsiya kuchlarining Beyker Strit bo’limi, - dedi sherigim jiddiy qilib, u shunday deb so’zlar ekan, xonaga bir necha o’nta, ko’zim tushganlarim orasidagi eng kir, kiyimlari yirtiq-yamoq bo’lib ketgan ko’cha daydi bolalari yugurib kirishdi.

-         Diqqat! – qattiq baqirdi Xolms va olti nafar kir-chir mitti mishiqi bolalar haykallarga o’xshab qotib bir safga terilib olishdi. - Keyingi safar, Vigginsni o’zi xisob bergani kirsin, qolganlaringiz ko’chada kutib tursin. Biron nima topdingizmi, Viggins?

-         Yo’q, ser. Topmadik, - dedi bolalardan biri.

-         O’zim ham shunaqa deb o’ylovdim. Topguningizcha, davom etinglar. Mana haqlaringiz, - u bolalarning har biriga bir shillingdan tarqatib chiqdi. - Endi, boringlar va keyingi safar yaxshiroq natija bilan qaytinglar.

U qo’llarini silkitdi va bolalar xuddi kalamushlarga o’xshashib, pildirib pastga tushib ketishdi. Bir lahzada, ularning baqir-chaqirlari ko’chada eshitildi.

-         O’nlab polismenlardan ham, mana shu mitti bolakaylarda ish samaraliroq ko’chadi, - dedi Xolms, - Mundir kiyganni qorasi ko’rinishi bilan, har qanday kishi tilini tishlab qoladi. Bu bolakaylar esa har joyga bosh suqib, hammasini eshitib olishlari mumkin. Bu bolalar nina kabi o’tkir fahmga ega. Faqat ularni uyushtirib qo’yish kerak xolos.

-         Ular Brikston ishi uchun yolladingizmi? - so’radim.

-         Ha, bir narsaga aniqlik kiritib olishni xoxladim. Buyog’i endi vaqt masalasi... O’, buni qaranglar-a, qasddan qilingan qotillik haqida yangiliklar eshitamiz, hoynahoy! Ana Gregson, butun yuzida iqboli baland kishi yozilgan ko’yi, ko’chadan kesib o’tyapti. Aminmanki, bizga qarab kelyapti. Ha, u to’xtayapti. Ana u!

Kuch eshik qo’ng’irog’i yangradi va bir necha soniya ichida bir qadamda uchtadan zinapoyadan hatlab o’tgani eshitildi va oqsochli izquvar mehmonxonamizga kirib keldi.

-         Qadrli do’stim, - xitob qildi u, Xolmsning javobsiz qo’llarini siqqancha, - Meni tabriklang! Men barchasini kunduzdek ravshan qilib qo’ydim!

Sherigimning ma’nodor yuzida bezovtalik oralagandek tuyuldi.

-         To’g’ri yo’ldaman demoqchimisiz?

-         To’g’ri yo’l ham gapmi! Men qotilni qamoqqa tiqib qo’ydim!

-         Uning ismi?

-         Artur Sharpentye, Qirolicha dengiz kuchlarida leytenant o’rinbosari ekan. - dabdabali xitob qildi Gregson, qo’llarini ishqalagan va ko’kragini kergancha.

Sherlok Xolms taskin topib, xo’rsindi va yuziga tabassum yugurdi.

-         O’tiring, mana bu sigaralardan oling, - dedi u. – Buni qanday uddalaganingizni bilishga sabrimiz chidamay ketyapti. Viski bilan suv ham xoxlaysizmi?

-         Yo’q demayman, - javob berdi izquvar. - Bir-ikki kundan beri boshimdan o’tgan g’oyatda ulkan sa’y harakat, nafaqat jismoniy tomondan balki aqliy faoliyatni zo’riqishidan ham meni ancha toliqtirib qo’ydi. Sizga bu tanish albatta, Janob Sherlok Xolms, axir ikkalamiz ham aqlimiz bilan ishlaymiz.

-         Kaminani ortiqcha maqtayapsiz, - dedi Xolms, jiddiylashib. - Xo’sh, qanday qilib bu yorqin g’alabaga erishdingiz?

Izquvar kresloga o’rnashib cho’kdi va xotirjam sigarasini tutatib oldi. Keyin birdan u sonlariga zavq bilan shapatilab qo’ydi.

-         Qizig’i, - xitob qildi u, - anavi ahmoq Lestreyd, o’zini juda aqlli deb xisoblab, multaq yanglish yo’ldan iz olib ketdi. U bu jinoyatda yangi tug’ilgan go’dakdek sof sekretar Stenjerson ortidan tushgan. Shubham yo’qki, ayni damdagacha uni tutgandir ham.

O’ylari Gregsonni shunday qitiqladiki, u yo’talib qolguncha kuldi.

-         Sizchi, kalavani uchini qanday topdingiz?

-         A, hammasini aytib beraman. Albatta Doktor, bu bizning oramizdagi gap bo’lsin. Qilinishi kerak bo’lgan birinchi vazifa - bu Amerikalikning qotillikacha nima bilan mashg’ul bo’lganini topish edi. Boshqalar e’lonlariga javob kelgunicha, guvohlar o’rtaga chiqib ma’lumotni bermaguncha, kutib o’tirishardi. Bu esa Tobias Gregsonning ish uslubiga kirmaydi. O’likni yonidagi shlyapani eslaysizmi?

-         Ha, - dedi Xolms, - Kembervell ko’chasi, 129-uydagi Jon Andervud va uning o’g’illari ishlab chiqargan degan yozuvi bor edi.

Gregson ranjinannamo tikilib qoldi.

-         Buni payqab qolganingizni bilmagandim, - dedi u. - O’sha manzilga bordingizmi?

-         Yo’q.

-         Ana! - xitob qildi Gregson, yengil tortib, - ishimizda bu qanchalik mitti tuyulmasin, imkoniyatga bepisand boqmaslik kerak.

-         Buyuk ong uchun hech narsa zarradekmas, - deb qo’ydi Xolms, nasihatomuz qilib.

-         Shunday qilib, men Andervudnikiga bordim va undan o’sha xajmlik, yozuvlik shlyapa sotgan-sotmaganini surishtirdim. U qayd daftariga qarab chiqdi va o’sha zahoti topdi. U shlyapani Torki-Terrasdagi Cherpentiyer pansionatida istiqomat qiluvchi Janob Drebberga jo’natgan ekan. Shunday qilib men uni manzilini bilib oldim.

-         Topqirsiz, juda topqir! – ming’irladi Sherlok Xolms.

-         Keyin, madam Cherpantiyer huzuriga bordim, - davom etdi izquvar. - Uni rangpar va xafaqon xolda topdim. Qizi ham o’sha yerda ekan, favqulodda chiroyli qiz ekan. Uning ko’zlari qizarib ketgandi va u ham men bilan gaplashganda lablari titrab ketdi. Bu mening nazarimdan chetda qolmadi. Lattani xidi kelmoqda edi. Sizga tanishmi, janob Xolms, agar to’g’ri iz olayotganingizni bilsangiz, har bir asab tugunlaringiz hayajonlandan tebrana boshlaydi. Shunday savol berdim : “So’nggi ijarachingiz, Klivlendlik Janob Enox J. Drebberning sirli o’limini eshitdingizmi?“

“Ayol bosh irg’adi. U biron nima deyishga qiynalardi. Qiz bo’lsa, yig’lab yubordi. Menga hammasi a’yon bo’ldi-qoldi : bu ikkovi nimanidir biladi.

“Aynan qaysi soatda, janob Drebber uyingizni tark etdi?” so’radim.

“Sakkizda “ dedi ayol, hayajonini bosib olish uchun yutinib.“ Uning sekretari, Janob Stenjerson aytdiki ikkita poyezd bor ekan, bittasi to’qqizu o’n beshda, boshqa bittasi o’n birda. Birinchisiga ulgurmoqchi edi.“

“Shundan beri uni ko’rmadingizmi?“

Bu savolni berayotganimda, ayolning avzoyi o’zgarib ketdi. Yuzi qordek oppoq bo’lib ketdi. Bir necha soniya o’tdi va u bo’g’iq, sun’iy ohangda “Ha” dedi.

Bir lahza sukunat qopladi, so’ng qiz xotirjam va aniq ovozda gapirdi.

“Yolg’ondan yaxshilik chiqmagan, ona.“ dedi u, “Bu jentlmen bilan ochiq bo’la qolaylik. Ha, biz Janob Drebberni yana ko’rdik.”

“Xudo xayringni bersin!“ baqirdi Madam Charpentiyer, kaftlarini bir-biriga urib, divaniga yiqildi. “Sen akangni o’ldirding.“

“Artur haqiqatni aytishimizni ma’qul ko’rgan bo’lardi.“ javob berdi qiz qat’iy qilib.

“Hozir barchasini aytganingiz yaxshi,“ dedim. “Yarim ishonch, ishonchsizlikdan battar. Bundan tashqari, biz allaqachon is olganmiz.“

“Barchasi endi sening gardangingda, Elis! “ baqirdi onasi va so’ng menga o’g’irildi. “ Hammasini aytaman, ser. O’g’lim uchun havotirim, bu daxshatli hodisada qo’li borligidan degan hayolga bormang. U mutlaqo begunoh. Mening qo’rquvim boshqa - sizning va boshqalarning nazarida u badmon bo’lib qolmasin deyman. Bunday bo’lishi mumkin emas. Uning yuksak xulq-atvori, kasbi-kori va avval qilgan barcha ishlari aksini aytadi.

“Hammasini oshkor qilganingiz ma’qul,“ javob berdim. “o’g’lingliz gunohsizligiga va unga biron kor-hol ro’y bermasligiga keyin ishonsangiz bo’ladi.”

“Elis, balki biz xoli qo’y,“ dedi u va qizi chiqib ketdi. U yana davom etdi : “Men buni aytishni istamagandim, ammo sho’rlik qizim buni ochib qo’ygan ekan boshqa choram qolmadi. Aytishga qaror berganimdan keyin bo’lsa, hech narsa tushirib qoldirmasdan so’zlab bera qolay.“

“Bu chorangiz oqilona bo’ladi.“ dedim.

“Janob Drebber biz bilan yaqin uch haftalardan buyon birga edi. U va sekretari janob Stenjerson, Qit’a bo’ylab sayohat qilib yurishgan ekanlar. Ularning har ikkovining chamadonlarida “Kopengagen” degan yorliqni payqab qoldim - oxirgi to’xtash joyi o’sha yer bo’lsa kerak. Stenjerson bosiq kamgap inson edi, ammo uning boshlig’i, afsuski, teskarisi ekan. Uning axloqi qo’pol, harakatlari to’ng edi. Biznikiga tashrif buyurgan o’sha tunda ham u bo’kib ichib olgandi va yarim kundan keyin ham umuman xushiga kelmadi. Uning xizmatchi ayollarga nisbatan xulqi jirkanchlarcha erkin va hayvonsifat edi. Eng yomoni, u tez orada qizim Elisga ham xuddi shunday muomala qila boshladi. U bir martadan ko’proq, qizga u tushunishiga yoshlik qiladigan gaplarni gapirdi. Bir xolatda, u uni qo’li bilan mahkam ushlab olib, quchoqlab oldi. Xatto sekretari ham unga bunday noinsoniy qilig’i uchun tanbeh berdi. “

“Lekin, nega bunga chidab turdingiz? “ so’radim. “ O’ylashimcha, siz istagan paytingiz bu ijarachilardan qutila olardingiz.“

Charpentiyer xonim, mening bu munosib savolimdan qizarib ketdi. “Agar u kelgan kuni buni payqaganimda edi, Xudo shohid, xuddi shunday qilardim.“ dedi u. “Pulni kuchi qursin. Ular har bir kuni bir funtdan, haftasiga o’n to’rt funt berib kelishardi va bu mavsumda ijarachilar kam edi. O’zim bevaman, va o’g’lim flotda xizmat qiladi - xarajati esa mayda emas. Pulni ko’zim qiymadi, hammasiga chidadim. Biroq, baribir bari chegaradan chiqib ketdi va shu sababli undan xonani bo’shatib qo’yishni so’radim. Ketishini sababi ham shu edi.“

“Keyinchi?“

“U chiqib ketgach, ko’nglim yorishdi. O’g’lim ta’til olgan, unga bu hodisalar haqida hech nima demagandim, sababi uning asabi tarang boz ustiga u singlisini juda ardoqlaydi. Ijarachilarim ortidan eshikni yopgan paytimda, yelkamdan tog’ ag’darilgandek bo’ldi. Ming afsus, bir soat ham o’tmasdan, eshikning qo’ngirog’i jiringladi va menga janob Drebber qaytganini aytishdi. U betakalluflarcha turardi, aftidan bo’kib ichib olgandi. U zor’lik bilan qizim ikkovimiz o’tirgan xonaga kirib keldi va poyezdiga ulgura olmaganligi aytib bidirladi. Keyin u Elisga o’girildi va ko’zimni birga ketishni taklif qildi. “Balog’atga yetgansan,“ dedi u, “Seni to’xtatadigan hech qanday qonun yo’q. Yetib ortadigan pulim bor. Bu kampirni tashvishini qilma, hoziroq men bilan yur. Malikalardek yashaysan.“ Sho’rlik Elis shunaqangi qo’rqib ketdiki, ortiga tisarildi, lekin u qizni bilaklaridan ushlab, eshik tomonga sudrashga urindi. Baqirdim va ilkisdan o’g’lim Artur xonaga kirib keldi. Keyin nima bo’lganini bilmayman. So’kinishlar va noaniq ur-sur ovozlari eshitildi. Boshimni egib, ko’zlarimni yumib olgandim. Ko’zimni ochgan paytim, Arturni eshik yo’lagi oldida qo’lida tayoq ushlab olganicha kulib turganini ko’rdim. “Bu hurmatli janob bizni yana muammoga qo’ymaydi deb o’ylayman.“ dedi u. “orqasidan boraman, qani nima karomat ko’rsatarkin. “Shunday deb, u shlyapasini oldi va ko’chaga chiqib ketdi. Keyingi kuni, tongda esa biz janob Drebberning sirli o’limi haqida eshitdik.

Bularni aytish chog’i Charpentiyer xonim ko’p marta oh tortib, jimib qolardi. Ba’zan u shunday past gapirdiki, so’zlari qulog’imga zo’rg’a chalindi. Hamma aytganlarini qisqacha yozdirib oldim, shunga ko’ra yanglishishga o’rin yo’q.“

-         Juda ajoyib! - dedi Sherlok Xolms, esnab. - Keyin nima bo’ldi?

-         Charpentiyer xonim to’xtab qolganida, - davom etdi izquvar. - Barcha iplar bir nuqtada birlashganini angladim. O’zim doimo eng yaxshi usul deb topadigan usul bilan uni nazarim bilan qotirib qo’ydim va o’g’lining ayni qaysi vaqtda qaytganini so’radim.

“Bilmayman.“ javob qildi u.

“Bilmaysiz?“

“Yo’q, uni kaliti bor, o’zi kirib keldi.“

“Yotoqqa yotganingizdan keyinmi?“

“Ha.“

“Qachon yotoqxonaga kirdingiz?“

“O’n ikkilarda.“

“Demak, o’g’lingiz eng kamida ikki soatlar yo’q bo’lgan?“

“Ha.“

“To’rt yoki besh soatcha ham bo’lishi mumkinmi?“

“Ha.“

“O’sha vaqt davomida, u nima qilgan ekan?“

“Bilmayman.“ javob berayotib, uning lablari oqarib ketdi.

Albatta, endi biron nima qilishga xojat ham qolmagandi. Men Leytenant Charpentiyerni qayerdaligini topdim, ikkita ofitserni yonim olib, uni qamoqqa oldim. Uni yelkasidan ushlab, biz bilan jimgina yurishini so’raganimda, u bezbetlarcha : “Taxminimcha, siz meni anavi razil Drebberning o’limi aloqadorlik bo’yicha ushlayapsizlar.“ dedi. Biz unga bu haqda hech nima demagandik, shunday qilib, uning o’zining og’zidan chiqishi ham bizda katta shubha uyg’otdi.“

-         Aynan, - deb qo’ydi Xolms.

-         U xaliyam o’sha onasi Drebberni ortidan chiqqanida ham ushlab olganini aytib bergani, o’sha og’ir cho’qmorni olib yurgan edi. U dag’al emanda ishlangan to’qmoq ekan.

-         Taxminginiz nima, shunday qilib ?

-         Xo’sh, mening taxminimcha, u Drebberni Brikstongacha kuzatgan. O’sha yoqqa yetganida, tuyqus haligi hodisa uni oyoqlantirgan va jazavasi ustida, u Drebberning ehtimol qornining oshqozon joylashgan yeri ustiga, to’qmoq bilan zarba yo’llagan va bu zarba o’sha zahoti bironta iz ham qoldirmasdan, uni o’ldirgan. O’sha tuni, hammayoq xo’l bo’lganidan hech zog’ ham uchramagan, shunday qilib Charpentiyer qurboning o’lik tanasini bo’sh uyga bemalol sudrab kirgan. Sham, qon va devordagi yozuv, qo’ng’iroqlar esa, bularning bari politsiyani noto’g’ri iz olishi maqsadida, uyushtirilgan nayranglar bo’lsa kerak.

-         Barakalla! - Xolmsning ovozi ruhlantiruvi bo’lib yangradi, - Chindan ham, Gregson, siz ishni to’laligicha yopibsiz. Biz xali siz bilan ko’pga boramiz.

-         Bu ishni juda puxta bajara olganimdan o’zim ham shodman. - javob berdi izquvar g’ururlanib. - O’sha yigitchaning o’zi, Drebberni ortidan bir oz vaqt ergashib kelganini, Drebber bo’lsa uni sezib qolib, undan qochish maqsadida foytunga o’tirib olganini tasdiqladi. Uyiga qaytayotganida, u bir qariya kemadoshini uchratib qolganmishu, u bilan uzoq sayr qilishgan emish. O’sha qariya kemadoshni qayerda turishi so’ralganida, u tayinli bir javob bera olmadi. O’ylashimcha, bu ishning barcha iplari bir-biriga favqulodda mos keldi. Mutlaqo noto’g’ri izdan tushib ketgan Lestreyd haqida o’ylab esa kulgim qistaydi. Qo’rqamanki, u hech bir... Yupiter haqqi, ana o’zlari!

Bu chindan ham Lestreyd edi. U zinalardan biz so’zlashayotganimiz mahali chiqib kelib, xonaga kirib keldi. Biroq, uning yurish-turishini belgilagan o’ziga xos kiyinish didi, o’ziga ishonch va jo’shqinlikdan asar ham qolmagandi. Uning yuzi bezovta va tashvishli, kiyimlari bo’lsa notoza va tartibsiz bir ahvolda edi. Aftidan u Sherlok Xolmsning yolg’iz o’zidan maslahat olish maqsadida kelgandi, sherigini payqab qolib, u xijolatga tushib, o’chib qoldi. U xonani o’rtasida shlyapasini paypaslaganicha, nima qilarini bilmasdan turib qoldi.

-         Misli ko’rilmagan ish ekan bu! - dedi u oxiri, - Eng tushunarsiz hodisa ekan.

-         Ha, uni shunday deb topibsizda, janob Lestreyd! - g’olibona xitob qildi Gregson. - Shu xulosaga kelishingizni bilgandim. Sekretar janob Jozef Stenjersonni topa oldingizmi?

-         Sektretar, janob Jozef Stenjersonni, - dedi u Lestreyd xomush tovushda. - Hellidey Xususiy Mehmonxonasida, bugun ertalab soat sakkizlarni o’ldirib ketishgan.