Murodbek_uz
@murodbek_uz
Assalomu Alaykum va rahmatullohu va barakotuh
63 posts
Tarjimalar

Sherlok Xolms. Alvonlik Ishi. Oltinchi bob.

Ertasi kungi barcha ro’znomalar, “Brikston sinoati” deb nom qo’yib olingan yuqoridagi hodisa haqidagi habarlar bilan to’lib toshgan edi. Har birida voqeaning batafsil xisoboti yozilgandi va ba’zilari bosh varoqda bosilgan birinchi maqolaga ham kiritilgandi. Ulardagi ba’zi tafsilotlar menga yangidek tuyuldi. Bu ishga doir ko’p sonli qirqimlar va iqtiboslarni hozirgacha xotira daftarimda saqlayman. Mana ulardan ba’zilari:

Sherlok Xolms - Alvonlik Ishi. Uchinchi bob.

Tan olaman, yangi hamrohim nazariyasining bunaqangi amaliy tabiatga egaligi isbotini ko’rib, hayratdan yoqa ushlab qolgandim. Uning sinashtalik kuchiga bo’lgan xurmatim birdaniga yuksaldi. Shunda ham, ongimning bir chetida bu meni ataydan chalg’itish uchun uyushtirilgan voqea bo’lishi mumkinligi haqida shubham, garchi buni qanday va nima maqsadda qilganini tushuntirishga ojizlik qilsamda, g’imirlab tinchlik bermasdi. Unga qaragan paytimda, u xatni o’qib bo’lgandi va uning ko’zlarida aqliy mavhumlikdan darak berib turuvchi jonsizlik, ifodasizlik aks etgandi.

Sherlok Xolms - Alvonlik Ishi. Ikkinchi bob. 

Kelishganimizdek, keyingi kuni uchrashdik va uchrashgan paytimizda aytilganidek Beyker Stritdagi 221-b raqamli uyni ko’zdan kechirib chiqdik. Xonalarda bir juft qulay yotoqxona bor bo’lib, ikkita keng derazali, yorug’lik bilan ta’minlanib, munavvarlik kasb etgan kattagina shinamgina mehmonxonasi ham bor ekan. Kvartira har tomonlama biz orzu qilgandek bo’lib chiqqani, xona ijarasi shartlari ham durustligi vajidan, biz o’sha zahotiyoq joylashishga kirishdik. O’sha tongda, men narsalarimni mehmonxonadan ko’chirib keldim, keyingi kuni Sherlok Xolms ham bir qancha qutilar va chamadonlari bilan ortimdan ko’chib keldi. Bir-ikki kun, biz boshpanamizni o’zimiz uchun ko’ngilli qilib olish niyatida, narsalarni yoyish va joylash bilan o’tkazdik...

Siyosiy Iqtisod. Mark Tven

“ Siyosiy iqtisod barcha to’g’ri hukumatlarning asosidir. Hamma zamonning eng donishmand kishilari ushbu mavzuda ….”