Tarjimalar
February 27, 2023

Siyosiy Iqtisod. Mark Tven

Tarjimon: Daminjonov Bahtiyor

“ Siyosiy iqtisod barcha to’g’ri hukumatlarning asosidir. Hamma zamonning eng donishmand kishilari ushbu mavzuda ….”

Shu joyiga kelganimda, diqqatimni bo’lishdi. Qandaydir notanish eshik oldida men bilan gaplashib olmoqchiligini aytib qolishdi. Uchrashgani chiqdim va miyamda charh urib aylanayotgan siyosiy iqtisod haqida hayollarimni yo’qolmasin, to’zg’ib ham ketmasin deb zo’rg’a bosib turib xolda, undan nima gapligini so’radim. Ichimda esa qarshimdagi bu odamni bir qop bug’doyga bog’langan xolda daryo tubida yotganini istardim. Ich-ichimdan qaynab turardim, u bo’lsa muzdek edi. U bezovta qilgani uchun uzr so’radi, uni aytishicha o’tib ketayotib menga chaqmoq qaytargich ( uzun tayoqsimon moslama, chaqmoq kuchli chaqadigan joylarda, chaqmoq yo yashin nurini ushlab qolib, yerga sim orqali singdiradi - izoh) yo’qligini sezib qopti.

-        Ha, ha, gapiravering, nima bo’pti shunga? – dedim men.

U hech gap yo’qligini, faqat chaqmoq qaytargich o’rnatishni istash-istamasligimni, jon deb o’rnatib qo’yishini aytdi. Shu choqqacha faqat mehmonxonayu, ijara uylarda yashab kelgandim, shaxsiy uy-ro’zg’or tutishga endi ko’nika boshlagandim. O’zimga o’xshaganlar kabi men ham (begonalar oldida) o’zini uy ishlari bo’yicha eskitdan uy tutib kelayotgandek ko’rsatishga urinardim. Shundan o’zimcha, o’ylab-netmasdan, shundoq ham oltitami-sakkiztami chaqmoq qaytargich o’rnatishni ko’zlab yurganimni aytdim. Notanish kishi menga g’alati, sinchkov nazar tashladi ammo men o’zimni bamaylaxotir turaverdim. Ichimda agar xato qilgan bo’lsam ham, u buni yuzimdan bilib qolmasin deb o’yladim. U shahardagi boshqa xonadonlardan ko’ra, shu uyda ishlashdan xursand bo’lishini aytdi.

-        Bo’pti, - dedi men va yana o’z ishimga sho’ng’ish uchun shoshildim.

Biroq u meni yo’ldan qaytarib, nechta “tayoq” ketishi, uyini qayerida joylashtirish kerakligi, ularni sifati qanaqa bo’lishini bilib olishi lozimligini gapira ketdi. Uy tutumini bilmaydigan kishi uchun bu esankiratuvchi xolat edi, lekin men vaziyatdan sharaf bilan chiqdim va xatto u meni xomligimni bilmay qolgan bo’lsa ham ehtimol. Men unga sakkizta “tayoq” qo’yishni, hammasini tomga qo’yishni va eng sifatlisidan ishlatishni buyurdim. U esa menga “oddiy” jihozni har bir futiga 20 sentdan, “misli”sini 25 sentdan, “rux-qoplamali spiral-egikli”sini 30 sentdan qo’yib bera olishini, oxirgi sanagani qayerga o’rnashtirilishidan qat’iy nazar istalgan vaqtda yashinni to’xtata olishini “yashin kuchini mutlaqo zararsizlantira oladi va uni bu ishini “apokrifik” tarzda uzoq vaqtgacha bajarishini aytdi. Men unga “apokrifik” ( apokrifga oid, ya’ni assosiz, dalilsiz – izoh ) so’zi aslida cherkov tomonidan o’ylab chiqarilgan narsalar aytilishini, filologiyaga to’xtalmasak, spiral-egiklisini qo’ydirish ma’qul ekanini aytdim.

Keyin u chaqmoq qaytargich o’rnatish ishiga 250 fut o’lchamda xomashyo ketkazishga harakat qilishini, lekin ishni pishiq, shahardagi eng yaxshisi bo’lishi uchun, hammani diqqatini tortadigan juda “simmetrik, aniqlikda” chiqadigan, har qanday zot ko’rgandan keyin bunaqasini tug’ilgandan beri ko’rmaganmiz deyishi uchun chamasi 400 futdan kam ketmasligi, iloji boricha shundan oshirmasdan, harakat qilishini aytdi.

Men unga mayli, 400 bo’lsa, 400, ma’qul bo’ladigan ishni bajarishini faqat meni ishlashimga qo’y dedim. Nihoyat, undan qutilib, so’ngra naqd yarim soatcha siyosiy iqtisod haqidagi o’ylarimni jamlab olgach, tag’in davom ettirdim:

“ ... ma’nan boy iste’dodlarini, hayotiy tajribalarini hamda quntlarini ayamasdan sarf qilganlar. Iqtisodiy yurisprudensiya shamchiroqlari, hamma zamonlarning xalqaro uyushmalari, sivilizatsiyalar, millatlar, Zardushtdan tortib Goratsiy Griligacha... “

Yana fikrim bo’lindi. Tag’in boyagi kishi meni pastda kutayotganini aytishdi. O’tgan buyuk zamonlar haqidagi, har bittasi uzundan-uzoq cho’zilib, har bittasi oxiriga yetguncha o’n besh daqiqa ketadigan so’zlarga ega o’y-hayollar bilan to’lib-toshgancha shoshilib tushdim. U bilan yuzlashaganimda u mutlaqo xotirjam va halimdek ko’rindi, men esa buyoqda hayajondan jo’shib, qaynab turardim. U Rodsdagi Kolossus haykali oyoqlarini kerib turardi – bir oyog’i hali endigina bosh ko’targan naychasimon atirgulim ustida, boshqasi esa binafshagullarim orasida edi, qo’llari esa biqinida, shlyapasi oldinga qayrilib, bitta ko’zi qisilgan, boshqasi esa meni asosiy mo’rim tomon sinchkov hamda zavq bilan ko’z tashlab turardi. U ish xavas qilarlik darajada bitdi deb aytdi va shunday qo’shimcha qildi :

-        O’zingiz ko’ring va aytingchi, bitta mo’riga qo’yilgan sakkizta chaqmoq qaytargichchalik ajoyib manzaraga ko’rganmisiz?

Men unga bundan o’tadigan biron nimani ko’rganimni hozir eslay olmayotganimni aytdim. Uni fikricha dunyodagi hech bir narsa, Niagara sharshasidan tashqari, tabiat manzarasi bo’yicha unga teng kela olmas ekan. Endi keraklisi, u ishonishicha, uyim “yarq” etib ko’zga tashlanishi uchun, boshqa mo’rilarga ham ishlov berish asnosida haddan ziyod “coup d’oeil’ga (yarqiramoq –izoh) yupanch uyg’otadigan ‘coup d’etat’ ustidan shubhasiz jo’shqinlikni bosib beradigan bir taxlitdagi muvaffaqiyatga erishishgina qolibdi. Men undan bunaqa nutqni qaysi kitobdan o’rganganini, kitobi bo’lsa berib turish-turmasligini so’radim. U muloyimlik bilan jilmaydi va bunday so’zlash uslubi kitoblarda o’qitilmasligi, chaqmoq bilan tanishuvdan boshqa hech nima insonni so’zlashishning bunday erkin shaklini bera olmaydi dedi. Keyin u o’lchashga tushib ketdi va tomimga yana sakkizta chaqmoq qaytargich men uchun ko’ngilli bo’lishini aytdi va o’lchab ko’rib, besh yuz futlik xomashyo yetib qolishini, yana birinchi sakkiztalikda o’lchab yanglishganini va o’zi o’lchaganidan taxminan yuz futcha ko’proq xomashyo ishlatib qo’yganini aytdi. Men ishim ziqligini tushuntirdim va ishimizni tugatib qo’yoqolgani, shundan keyin yozuv-chizuvda davom etishimni aytdim.

-        Men sakkiztani o’rnatib berib, o’z yo’limga ravona bo’lardim, - dedi u, - ko’pchilik shunday qilardi. Lekin yo’q, o’zimga o’zim aytdim, bu odam menga bir begona bo’lsa, uni ishonchini poymol qilgandan ko’ra o’lganim yaxshi, uyda qaytargichlar kam, to butlab, binoiydek qo’ymas ekanman, izimga qaytmayman. Janob, meni ishim bitdi lekin samoning rekalsitrant va defologistik habarchisi uyingizni...

-        Bo’ldi, yetarli, - dedim men, - yana sakkizta qo’ying, besh yuz futlik spiral-egiklisidan ishlatib, bilganingizdek, xoxlaganingizdek bajaring, faqat tinchlanib olib, so’zlaringizni lug’atsiz tushunadigan chegarada ushlab turing. Xo’p agar, bir-birimizni tushunib olgan bo’lsak, o’z ishimga qaytsam.

O’tgan safargi uzilishdan so’ng, fikrlarim qayerda to’xtab qolganini eslash uchun diqqatimni jamlashga urinib rosa bir soatcha o’tirganim payti, yana ishonchim komil bo’lib yoza boshladim :

“ ... ushbu ulug’ masala ustida tortishishgan, ulardan eng kuchlilari uni o’zlariga munosib raqib sanashgan va uni har bitta uloqtirishdan so’ng ham yangidek jilmayib turadigan deb xisoblashgan. Buyuk Konfutsiy politsiya boshlig’i bo’lishdan ko’ra, zakiy siyosiy iqtisodchi bo’lish yaxshiroq deb yozgan. Sitsero bir necha marta siyosiy iqtisodni inson ongi o’ylab chiqargan g’oyalarning eng ulug’vori degan. Va xatto o’zimizni Grili ham ozginayu sozgina qilib aytganki... “

Yana chaqmoq-qaytargichli kishi chorladi. Sabr-kosam toshib, tushdim. U meni bezovta qilishdan ko’ra, o’lgani yaxshiroqligini lekin u toza, puxta ish qilish uchun yollangani, va ishini tugatmaguncha, charchoq holdan toydirsa ham, charchamasdan ishlashini, endigina shunaqa qilmoqchi bo’lganida, yuqoriga ko’z tashlab turib, xisob-kitob sal noto’g’ri ketganini, agar chaqmoqli bo’ron kelib qolgudek bo’lsa, endi diqqati o’tirib qolgan bu uyni ximoyasiga faqat o’n oltitagina chaqmoq qaytargich bilan sho’ppayib qolishini aytdi.

-        Xo’p, kelishdik! – baqirdim men, - 150ta qo’y! Oshxonaga o’rnat! O’ntasini pichanxonaga, ikkitasini sigirga, bittasini oshpazga o’rnat! Hammayoqqa o’rnat, toki bu joy xuddi rux-qoplamalik, spiral-egikli qamishzorga aylansin! Bo’l! Qo’lingda bor xomashyoni ishlat, agarda chaqmoq qaytargichlaring tugab qolsa, shompol ( miltiq uchun ishlatiladigan ingichka metal tayoq – izoh ), sinch, zinapoya tayoqchasi, porshen shtokidan ham qo’yib chiq, bu yamasa manzarachilikka ochko’zlarcha kirishibsanmi, bilganingni qil, meni portlab ketayotgan yuragimni ham, qaynab ketgan miyamni ham o’z xoliga qo’ysang bo’ldi!

Umuman qimirlamasdan, tirjayib turib, bu bag’ritosh kimsa kiyimini uqasini ohista qayirib oldi va qolganini o’ziga qo’yib berishi kerakligini aytdi.

Uch soat vaqt o’tdi. Siyosiy iqtisodning a’lo sifatlarini keltirish uchun yetarli darajada o’zimni bosib olgan-olmaganim savol ostida edi, shunga qaramasdan urinib ko’rishga bo’lgan ishtiyoqim g’olib keldi, axir bu mavzu butun dunyo falsafasining meni yuragimga eng yaqini, miyam uchun eng qadrlisi edida.

“ ...”Siyosiy iqtisod insonga samodan yog’ilgan eng yaxshi tortiqdir”. Fikri bo’sh lekin yuksak iqtisodli Bayron Venetsiyadagi surgun paytida luzatdiki, agar bekorchi o’tgan hayotini yana boshidan boshlashga izn berilganida, u hamma o’tgan muqaddas soniyalarini yengil-yelpi she’rlarga emas, siyosiy iqtisodga bag’ishlangan qoralamalarga bag’ishlagan bo’lardi. Vashington bu nafis san’atni sevardi, Beyker, Bekvit, Xadson, Smit kabilar esa oshufta edilar. Xattoki imperiyachi Gomer, o’zini Iliadaning to’qqizinchi kitobida yozganki:

“Fiat justitia, ruat coelum, Post mortem unum, ante bellim, Hic jacet hoc, ex-parte res, Politicum e-conomico est. “ ( Adolat bo’lsin, osmon bo’lsin, Urush o’tib o’lim bo’lsin, Bu yerda turibdi bir munozara, hammasi siyosiy va iqtisodiy bo’lsin. – tarjima muallifniki izoh)

Ko’hna shoirning bu nazariyaning ahamiyatligi, unga berilgan so’zlar jozibasi, ifodaning go’zalligi bilan o’ziga shunday jalb qiladiki, har bitta qatori boshqasidan ortiqroq ravishda ... “

“ Bo’ldi gapirma! Boshqa bironta so’z aytma! Hisob qanchaligini ayt va uyimdan jimgina tez daf bo’l! To’qqiz yuz dollar? Bori shumi? Mana bu chekni ol, Amerikani hamma mashxur banklarida jon-jon deb olib qolishadi! “

“ Ko’chaga buncha ko’p odamlar yig’ilgan? Qanaqasiga, “chaqmoq-qaytargich tomosha qilishadi”? Nima balo, oldin hech chaqmoq qaytargich ko’rishmaganmikan? Nima, “ bitta uyda shunchalik qalashib ketganini ko’rmaganmiz” deyishdimi? Hozir tushaman va bu avomga ko’rsatib qo’yaman! “

Uch kundan so’ng.

Yiqilgudek charchab ketdik. Yigirma to’rt soatlab butun shaharga tomosha qovoq bo’lib qoldik. Shahar teatri qadri tushdi – eng g’aroyib sahna ko’rinishlari ham meni chaqmoq-qaytargichlarim oldida zerikarli va siyqasi chiqqandek ko’rinib ketdi. Ko’chamiz tomoshabinlar ko’pligidan yurib bo’lmasdi, xatto yaqin atrofdagi qishloqdan ham kelganlar bor edi. Keyingi kuni yelkamdan tog’ ag’darilgandek bo’lib, nihoyat bo’ronli chaqmoq paydo bo’ldi va chaqmoq to’g’ri, tarixchi Jozef eskichasiga ta’riflaganidek uyim bilan “o’ynasha” boshladi. Bu, bir so’z bilan aytganda, “sahnani bo’shatdi”. Besh daqiqa ichida, uyimdan yarim milya uzoqlikda bironta ham tomoshabin qolmadi, shunga qaramay biroz masofa ortidagi baland uylarning tomi va derazasi odamlar limmo-lim edi. Shunday bo’lishi kerak edi, sababi bir avlodga tatiydigan Mustaqillik kuni mushakbozligiyu, meteor chaqnashlari bir sho’rpeshona tom ustidan xuddi samolardan yomg’ir misol yog’ilardi. Uyimni shu darajada yarq etib ko’zga tashlanishi, oddiy pirotexnika vositalari bilan, bunday noqulay ob-havo sharoitida imkonsiz edi.

Hisobga ko’ra, chaqmoq uyimni to’rt daqiqa ichida 764 marta urib, har bittasida qaytargichlarga urilib, spiral uchlaridan kirib, hali hayratga tushishga ulgurib-ulgurmasidan, yerga singib ketardi. Bu bombardimonda tomimni cherepitsasini bittagina qoplamasida maydalanib ketdi, bu ham bo’lsa, bir marta ichida tomdagi barcha chaqmoq qaytargichlar bir vaqtni o’zida sig’dirish mumkin bo’lgan hamma chaqmoqni o’zaro o’tkazib yotgan uchun sodir bo’ldi. Dunyo yaralgandan buyon bunaqasi hech bo’lmagandi. Naqd bir kun va tun, bittasi sochlarini kuydirib kallasi xuddi bilyard to’piga o’xshab qolganidan keyin, oilamdagilardan birontasi deraza yoniga kelishga botina olmadi. Agar o’quvchi menga ishonsa, shundan keyin hech qaysimiz ko’chaga chiqishni hayolimizdan ham o’tkazmadik. Nihoyat, daxshatli qamal barham topdi, chunki tepamizdagi yaqin-uzoqdagi hech qaysi bulutlarda meni ochko’z qaytargichlarimni to’ydiradigan elektr qolmadi. Nihoyat, ko’chaga chiqdimu, chapani ishchilar to’plattirdimu, tomimiz to uchta – bittasi uy, bittasi oshxona, bittasi pichanxona ustida chaqmoq qaytargich qolmaguncha, tuz ham totmasdan, mijja ham qoqmasdan ter to’kdik. Aytib o’tishim kerakki, bu vaqtda siyosiy iqtisod haqidagi qoralamamga qaytmadim. Hanuz uni davom ettirishga asablarim yoki miyam chidashiga ko’zim yetmayotir.

QIZIQQANLARGA. Sotib olish uchun uch ming ikki yuz o’n ikki rux-qoplamali, spiral-egiklik chaqmoq qaytargich va o’n olti yuz o’ttiz bitta kumush-uchlik shtang bor, hammasi yaxshigina tuzatuvga muhtoj (ozgina eskirib qolgan ammo, oddiy xolatda ish berishi mumkin) – xoxlovchilar muallifga murojaat yo’llashlari mumkin.