Makon. Qilichqo'l botir qahramonligi
5-bob. Isyonchilar huzurida
Toqqa yetib ham juda ichkariga kirib ketishdi va ikkinchi kunni tikkasiga yetganda havosi etni junjiktiradigan darajada sovuqlikda, tog’u-tosh darasini tor yo’lagi ortida ovuldan katta ammo qishloqdan kichikroq bir manzilgohdan chiqishdi.
Bu kamarda mitti kapalar, bir nechta loyli uylari tariq donasidek sochilgandi. Yerli odamlarni tayoq, nayzalar bo’lib, kamchiligini qo’lida miltiqlar, boshqalarida qilich va xanjarlar bor edi. Xatto ayollari ham xanjar taqib yurishardi.
To’liqbek va uning o’g’illarini ko’rganlari zamoni ular qo’llarini ko’ksiga qo’yib “bek” deya salom berishar, uch otliq ham ularga boshlarini egib alik berishardi. Ammo, avval qishloqda ko’rganlaridan farqli ular Brikshani ko’rib qovoqlaridan qor yog’ardi.
- Bular kim? – so’radi Briksha.
- Bular – akang Sehrxonni zulmidan qochib kelganlar, - dedi To’liqbek o’rniga Brikshani otiga mingashtirgan yigit.
Dara bo’ylab, bir yoni nishablik, bir yoni tog’ qoyatoshlariga yopishgan so’qmoq yo’ldan ketdilar. To’liqbek oldinda ularni o’sha yo’lakdan yurdi, tog’larni aylanib pastga tushib kelishdi. Pastda yana bir necha kapa va uylar bo’lib, bu joydagilar To’liqbekni ko’rganlari zahoti :
- Bek, bek, - deyishib, uni yoniga to’planishdi.
- O’tiring, - dedi To’liqbek halimlik bilan va o’zi bilan kelgan mehmon – Brikshani ko’rsatib ovozini balandlatib tanishtirdi.
- Mana o’sha yigit - Markoni o’ldirgan “Qilichqo’l”ni topib keldim! – shunday deb turib To’liqbek Brikshaga so’z qotdi, - hunaringni ko’rsat, o’g’lon!
Briksha gap nima haqidaligini tushundi. U qo’llarini bir-ikki siltagan ham ediki, ikkala bilagidan oq nur chiqib, zumda ikki qo’llarida xiyla uzunchoq shamshirlar paydo bo’ldi.
Hamma lol qolgancha, Brikshaga tikilib qoldi. Ularning ba’zilari seskanib, ortga tisarilishdi. Brikshaning Sehrxonga o’xshagan yuzi ham ularga g’ulg’ula soldi.
- Yashasin – Qilichqo’l! U bo’lmaganda, hozir ustimizda Marko zulm qilayotgan bo’lardi! - qichqirdi uni mingashtirgan yigit qo’qqisdan. Va qo’lini musht qilib, tepaga ko’tardi.
- Qilichqo’l botir! Qilichqo’l! – deb shu zahoti unga jo’r bo’lib qurollarini tepaga ko’tarishdi askarlar ham.
To’liqbek otdan tetiklik bilan irg’ib tushdi. Narigi ikki yigit va Briksha ham shunday qilishdi. To’liqbek askarlar bilan do’stona salomlashib, ularni yelkasini qoqib yura boshladi. Ikki o’g’il va Briksha ham ortidan ergashishdi.
To’liqbek ikki yoniga besh qarichdan baland o’tovlar tikilgan, ortida suruv-suruv qo’ylar o’tlab yurgan loyli, oqqa xafsalasizlik bilan bo’yab qo’yilgan ammo darvozasi hashamdor, baland bir uyga boshladi.
To’liqbek ichkariga kirgani zahoti xizmatchilar va cho’ri qizlar yugurib kelib ularni qo’llaridagi qilichlarni, sovut, dubulg’alarni olishib, ularni chiroyli, tomi baland, tashqaridan issiqroq bo’lgan bir xonaga boshlab kirishdi. Briksha bu xizmatchilarga ishora qilib, yoni yo’latmadi – uni quroli yo’q, buni ustiga kiyimlari shundoq ham yengilgina, sovuti ham yo’q edida.
Ichkaridan bir odamni baland ovoz bilan baqirib, bor kuchi bilan qo’shiq aytayotgani eshitilardi, uy ichidan esa ziravorli, yog’liq bir yegulikni isi anqirdi. Xonada esa qalin to’shaklar uyni chekkalariga yopishtirib solingan bo’lib, to’shaklarning o’rtasida katta dasturhon, dasturhonda esa har xil meva-chevalar, sabzavotlar, ziravorlar, qovurilgan go’sht, baliq, turli ranglardagi ichimliklar, yaltirab turgan katta-kichik shirinliklar tartib bilan tarqatib chiqilgan edi.
Birinchi bo’lib, To’liqbek xona eshigini qarshisida, maxsus ko’rpachali to’shak yozilgan joyga qunishib, oyoqlarini chalishtirib o’rnashdi. Keyin u ishora qildi ikki o’g’li va Briksha o’z o’rinlarini topib o’tirishdi.
Briksha o’tirarkan, dasturhondan ko’zi uzilmasdi. U umri bino bo’lib, shuncha ko’p nozu-ne’matlarni bir joyda turganini ko’rgan emasdi. Faqat u emas, To’liqbekning kenja o’g’li ham ko’zlarini lo’q qilib qovurilgan go’shtlarga tikilgan edi. To’liqbek “marhamat, avval taomlanamiz keyin so’zlashamiz” deyishi bilan aynan u birinchi bo’lib ovqatlarni paqqos ura ketdi. Briksha esa faqat yonidagi bir mevani qo’lida ushladiyu, uni yemasdan tikilib qotib qoldi.
- Nima balo, sen kelgan tomonlarda meva yo’qmi? – kulib so’radi yonida o’tirgan To’liqbekning to’ng’ichi.
- Borlikka bor, lekin bu mevachalik emas... Nomi nima buni?
- Makoni olma bu, - dedi To’liqbekni to’ng’ich o’g’li.
- Kattagina ekan. Naqshlari g’aroyib.
- Nima sen yemay, tomosha qilib qorin to’qlaysanmi? – qoshlarini chimirdi katta tuyoq go’shtini changallab turgan narigi o’g’il.
Briksha indamadi. U olmani aylantirishda davom etdi. Haqiqatdan ham meva ko’m-ko’k, qizil naqshli, mushdan katta bo’lib, Briksha nazdida nafis ko’rinardi.
To’liqbek bir kosa yegulikni bir boshidan yeb, qorni to’ygachgina, Brikshaga yuzlandi.
- Xo’sh, bu tomonlar ma’qulmi, mehmon? – deb so’radi u.
- Siz tomonlar? Makonmi yoki olamingiz? – yana To’liqbekka tushunarsiz javob qaytardi Briksha.
- Makon desak, - dedi To’liqbek, - nima deysan?