Makon. Qilichqo'l botir qahramonligi.
6-bob. Kurash g'olibi. 2-qism.
Ular o’rnilaridan turganda yana atrofdan baqiriqlar eshitildi. Briksha va Ergashga qo’shilib yana bir qancha norg’ul yigitlar oq yaktakli kuyov va uni jo’ralariga ro’parama-ro’paro’ turib olishdi.
- Biz jo’ralar bilan kurashamiz. Birinchi kuyov tanlaydi keyin bizdan bittamiz, - tushuntirdi safda turgan Brikshaga Ergash.
Briksha bosh qimirlatib qo’ydi.
- Kurashni qoidasichi? – so’radi Briksha.
- Raqibni kuragini yerga tekkizasan va kurash tugaydi. Bu jangda yutgan xurmat oladi, yutqazgan esa malomat, - tushuntirdi Ergash.
“ Hammasi oddiy. “ ko’nglidan o’tkazdi Briksha.
Avval Tuman chiqdi. U saf ichida akasiga va Brikshaga alohida mug’ombirlarcha tikib o’tdida, safdagi eng ozg’in, novcha va javdiramako’z yigitni tanlab, qo’lini bigiz qilib bir qator she’rga o’xshash allanarsalar aytdi. Keyin ular kurashga tushib ketishdi. Bir ikki daqiqalardayoq raqib kuraklariga yerga tekkancha, Tumanni oyoqlari ostida inqillab yotardi.
Briksha Tuman ataylab nomunosib raqib tanlab, o’zini ko’rsatganidan biroz achchiqlandi. Qovoqlari uyuldi. Keyin ularga navbat berilganini eshitgani hamono oldinga chiqdi.
Briksha avval surbetlarcha nohaq jang qilgan Tumanni tanlamoqchi bo’ldi ammo qoida qarshi tomonni tanlashni talab qilganidan keyin safda turgan baquvvat, iyakdor, ko’zlari xuddi bo’rilarnikidek charaqlab turgan, Brikshadan bo’yiga ham, eniga ham o’zidan katta yigitga ko’zi tushdi. Va uni tanlab, hozirgina Tuman qilganidek unga qarab musht qildi.
Narigi tomondagilar buni ko’rishib kulgudan o’zlarini zo’rg’a tiyib qizarib ketishdi.
- Muzaffarni tanlandingmi? U oramizda eng zo’ri, - pichirladi unga eshitilgudek qilib Ergash.
“ Baribir farqi nima. “ deb hayolidan o’tkazdi Briksha ammo Ergashga :
- Hechqisi yo’q, - deb qo’ydi.
- Unda qani, marhamat! – yelka qisdi baland ovozda Ergash.
Briksha Muzaffarni birinchi bo’lib harakat qilishini kutib sekingina keldida, o’rtada to’xtab qoldi. Muzaffar yuzidan urush ko’rmagan, hali yosh ko’rinsada, To’liqbek va uni o’g’illari kabi o’rta bo’ylik, qotmadan kelgan yigitcha emasdi. U ehtimol Makonni boshqa joyidan edi. Muzaffar mushtlarini tugib Brikshaga yuzlanib keldi. Briksha esa unga beparvo qarab turaverdi. O’rtadagi yigitlar qiy-chuv qilishardi.
Muzaffar birinchi bo’lib tashlandi – u Brikshani chap yuziga musht tushirmoqchi bo’lib bor kuchi bilan chap qo’lini Brikshaga qarab olib keldi. Briksha esa hayratomuz epchillik bilan o’zini chetga oldi. Muzaffar kuchini ko’tara olmay gandiraklab ketdi. Briksha shundan keyin unga orqa tomondan xamla qilib yelkasidan ko’tarmoqchi bo’lgan raqibini qo’llarini mahkam ushladida o’zidan oshirib oldiga qulatmoqchidek harakat qildi. Ammo raqib ham bo’sh kelmasdan Brikshaga mahkam yopishib qoldi. U bor kuchi bilan uni uloqtirishga urinsa ham Muzaffar jon-jahdi bilan malomatga qolmaslik uchun terlab-pishib Brikshaga zulukdek yopishib olgandi. Oxiri u uni qo’yvorib o’zidan itarib yubordi. Raqib tizzalab qoldi. Briksha o’rnidan turayotgan yigitga qarab engashdi.
- Tuzukmisan? – so’radi u, mehribonlik bilan.
Shunday kuchli va raqibini bittada sindiradigan kuch bor yigitdan Muzaffar bunday yumshoq gap kutmagandi. U hayron qarab turib, o’ziga kelib oldi. Briksha esa unga shunchaki qarab turdi.
Muzaffar turib olgach, ikkala qo’lini yuqoriga qilib Brikshaga shart xamla qildi. Briksha yana o’zini chetga olish bilan kifoyalandi. Yigit o’sha harakatda to’xtay olmay, ancha uzoqqa yugurib ketdi. Yigitlar olqishlab ketishdi, Brikshani labiga ham bundan tabassum yugurdi. Yigit o’sha zahotiyoq orqasiga qaytdi va Brikshaga yana ro’paro’ keldi.
- Xamla qilmaysanmi, bahodir? – so’radi yigit.
- Bundan menga nima naf? – savolga savol bilan javob qaytardi Briksha ham.
- Yutishni istaysanmi yo’qmi? – dedi yigit.
- Allaqachon yutganman, - dedi Briksha pinagini ham buzmasdan.
Briksha rost gapirgandi. U yigitga birinchi xamla qilganidayoq uni oshirib uloqtirib kuragini yerga tekkizishi mumkin edi. Ammo birdaniga bunday qilishni istamay qoldi.
“Yutganman” deganini surbetlik o’rnida qabul qilgan raqib yana tashlandi bu safar mushtlarini tez-tez silkitib keldi. Briksha mushtlardan boshini ximoya qilishga urinayotgan behosdan bittasiga duch kelib qoldi, uni zarbidan salgina siltangandi hamki raqib yana bir marta qattiq musht urdi va u o’ng yuzi bilan yerga ag’anab tushdi. Brikshani kuragi yerga tekkanini ko’rgan yig’ilganlar babbaravariga “polvon!” deb baqirib yuborishdi.
Briksha yotgani zahoti o’rnidan turdi.
- Eng mukammal jonzotni yerga qulatib, kuragini yerga tekkizding! – xitob qildi Briksha.
- Ikkita ko’zing, ikkita qulog’ing, bitta boshing, bitta tanang bor. Nimang mukammal sening? – bu gapdan ajablandi Muzaffar.
Briksha bunga javoban jilmaydi. Briksha yoniga esa Ergash keldi.
- Yutqazib berding-a? – dedi Ergash unga.
Briksha indamadi. To’y shu kurash bilan yakunlandi.
Briksha tun qorong’usida oyga, osmonga birpas tikilib turdida, yana To’liqbekni uyiga qayta boshladi. U uyga yigirma qadam qolganida qarshisidan yana o’sha shijoatli, baquvvat yigitni ko’rdi.
- Meni ismim Muzaffar, Qilichqo’l pahlavon, - deb qo’l uzatdi yigit he yo’q be yo’q demasdan, - bu safargi jangimiz esa xisob emas. Yana bir marta kurashganimiz bo’lsin.
- Bitta tomonda odamlar bir-biri bilan jang qilishini nima qizig’i bor, Muzaffar? – dedi Briksha shunda, - sen kuchingni dushmanlaring uchun asrab qo’y. Ehtimol, yelkadosh bo’larmiz.
Muzaffar bu “begona”ni donishmandlarcha gapirgan so’zlarini ko’zlarini katta ochib eshitdi.
- Nima bo’lsa ham, dushmanlarimizni yer tishlatsak, bitta kurash qarzing bor! – u shunday deb yo’liga ravona bo’ldi.
Tongda, nonushtada ham Briksha Ergash va To’liqbeklardan bugungi bo’lib o’tgan ishni qayta-qayta eshitib, churq etmay o’tirdi.
- Jo’mardlik qilding! – maqtadi Ergash.
- Nega qo’lingdan qilich paydo qilmading? – so’radi To’liqbek, - og’ang o’rningda ehtimol shunday qilardi.
- Og’am shunday qilardi, chunki u g’oliblikka tashna, - dedi shunda Briksha.
- Xo’sh, nega sen unday emassan? Uni nega mayib qilmading? Sendan kuchsiz edi u, to’g’rimi?
- G’olib bo’lib nimani isbot qilaman? – dedi Briksha tajang bo’lib, - uni yengsam nimani isbotlayman, u baribir mendan kuchsiz bo’lsa uni yutishimdan nima naf? Insonlar... yoki bironta hayvon kabi zaifni azoblash nega kerak, o’zi?
To’liqbek o’g’li tenggi bir yigitchadan, umuman umri ko’rgan hech qaysi insonidan bunday purma’no gap kutmagani ko’rinib turardi. U hayratdan yuzlari yorishib, o’sha alfozda anchagacha qotib qoldi.