Asarlar
April 27, 2023

Makon - 2. Qilichqo'l Botir Qahramonligi

2. Makonliklar orasida

1-qism

U yerda insonlar o’zi o’ylaganidan kamroq lekin ko’p edi.

Qishloq xalqi oddiy, sodda hayot kechiradigan mehnatkash va dehqonlardan iborat edi. Erta tongdan birlari omochini ko’tarib, dalaga shoshar, boshqasi ikkita uylar orasiga qurib olgan ustaxonini ochib, ishi bilan mashg’ul edi.

Shimol makonliklari ajoyib, odamuxon kishilar edi. Ular Brikshani darhol “mehmon”ligini bilib qolishdi. Ko’chada Briksha uchratgan, taxminan Brikshadan kichikroq ko’rinadigan kishi borki, Brikshani mehmonligini payqab, unga alohida xurmat bilan salom bera ketishdi. Ularning tili ham o’zlariniki kabi sodda, allanechuk chuchuk va ravon jaranglardi. Briksha juda tez ularni tilini o’rgana ola boshladi. Qishloq yarmidan o’tganda u ham bir necha jumlalarni qaytarib, alik ola boshladi.

Ayrimlar Brikshaga qo’li bilan ishora qilib “uyimizga kirib keting” deyishardi. Briksha ularga ham salom yo’llab, o’tib ketdi. Qaysi odam yo’lida uchrab :

-         Sizga, baxt tilayman, ey yaxshi inson! – deb salom bersa u ham :

-         Sizga ham, ey yaxshi inson! – deb alik olardi.

Briksha bunday takalluflarni oldin hech ko’rmagandi. Bunday insonlarni hayotida ilk marotaba ko’rishi edi. Oldin ko’rishgan insonlar ham yaxshi edi, ammo ular bularga solishtirgan juda sovuqqon, notanishga ta’zim qilmas, yurish-turishlaridan jangovar va xissiz bo’lib, betakalluf edilar.

Bu qishloq ko’chalari tugab, yana boshqa qishloq boshlanib ketdi. Boshqa qishloqdagilar ham uni xurmatini joyiga qo’yardilar, hamda uni uylariga, karvonsaroy egalari esa karvonsaroylariga ko’ngil uchun bo’lsin, taklif qilardilar. Yosh bolalarku, bu mehmonni tinch qo’ymay ortidan kelishib, ba’zida o’rab olishardi.

-         Posh-sho! Posh-sho! – deb baqirardi olti-to’qqiz yoshlilar Brikshani ko’rsatishib.

Briksha bolalarni boshini silab, silab oldinga yuraverdi.

Yosh, balog’atga yetgan qizlar esa Briksha salom bersa, javob berish o’rniga yo uyiga kirib ketardi yo ro’moli bilan yuzini berkitib, Briksha ketishigacha shunday qolishardi. Briksha bundan battar ajablanardi.

Ikkinchi qishloq birinchisidan xiyla kattaroq ekan. Bir necha bor qayrilish, ayrim joylarda ilon izi ketgan, aylana tuproqli ko’chalardan yurdi hamki, bu qishloq tugamay, aksincha uylar orasi zichlashdi, kattaroq bo’lib ketdi va peshtaxtalar va karvonsaroylar ko’proq uchray boshladi. Briksha yurib, yurib to’rt ko’cha bo’yidan chiqqacha taqqa to’xtab qoldi. Ko’chaning bir tomoni, Brikshadan o’ng tomoni, bir necha chaqirim naridagi ulkan devorlar va devorlari ortidagi qasrgacha borardi. Chap tomoni esa tobora pastlashib, yana ham zichlashgan uylarga kirib ketgandi. To’g’ridagi ko’cha oxirida ham tog’lar ko’rinib turibdi ammoz tog’ etagida bir dala ko’zga tashlanib turibdi.

Briksha qay tomonga yurishni bilolmadi. Boz ustiga u yana quvvatsizlanishni boshladi. Briksha yo’li ustidagi bir baland, tepasi gumbazsimon, pastki qismi burchakli darbozali, tepasiga – “Aka-uka” deb nomlangan karvonsaroyga o’tkinchilar kirib – chiqayotganini kuzatib turib, o’sha yoqqa kirishga qaror qildi.

U karvonsaroyga kirar-kirmasdan yelkasiga sochiq tutgan, qo’llariga suv quyiladigan obdasta tutgan xizmatchilar yugurib kelib, uni qarshiladi va salom berdi.

-         Xonagami, yo so’riga o’tiradimilar, mehmon? – so’radi xizmatchilardan biri Brikshaga obdastasi bilan suv quyib turib.

-         Tashqariga, - dedi Briksha eshitganini tushunmasdan.

-         Yuring, - deb boshladi xizmatchi shunda Brikshaga sochiq berib turib, - Bizda eng arzon tovuq go’shti bor, kiraversinlar, Uturbey oshpazimiz aynan siz uchun bugun yangi go’sht olib kelgan! – deb bidirlab turib xizmatchi Brikshani karvonsaroyning o’rtasidagi - tepasiga matolar tutib qo’yilgan, pakana daraxtlar orasidagi so’rilardan kichikrog’iga o’tqizdirdi.

-         Ichgani va yegani, - dedi Briksha xizmatchiga va to’rvasini kavlab, unga barmoqdekkina keladigan oltin quymani tutqazdi. Xizmatchi ko’zlari chaqnab, oshpazlarga qarab yugurdi.

So’ri hashamatli bezatilgan edi. So’riga solingan uchta qalin to’shakda ko’zlar, dumaloq-to’rtburchak bir nimalar tushirilgan, so’rining to’rt chekkasidagi ushlagichlarda esa sun’iy daraxt shakli yo’nilgan, so’ri o’rtasida tuzalgan oppoq dasturhon ustida esa shishadan ishlangan, ikki yoniga kishi yuzi bezak qilingan qadahlar bor ekan. Briksha ana shu shishali qadahlardan birini qo’liga olib, ermak qilib o’tirdi. Unga bundagi yuz tanish tuyuldi. Darhaqiqat bu qadahda akasi Sehrshaning ayyor va mag’rur yuzi tushirilgandi.

Shu tobda, xizmatchi unga obdastadan sal kichikroq choynakda choy va katta bir tovoqda qovurilgan tovuq go’shtini keltirdi.

-         Eng tansiq taomimiz, bu esa achchiqqina choy, - deb uzatdi xizmatchi Brikshaga jilmayib.

Briksha bosh irg’ab qo’ydi. Xizmatchi taom va choyni qo’ydiyu, yana yugurib ketdi. Briksha tovuqdan va choydan oz-oz totinib ko’rdi. Briksha keltirilgan choy va taomning o’ndan birini yemayoq, qorni to’yib bo’lganini xis etdi.