Makon. Qilichqo'l botir qahramonligi
Biroq, Makonni burungi zamonlaridan habar topa boshlagani sayin Briksha qolganlar kabi Sehrxonni davrini mutlaqo noto’g’ri deb ko’rishni istamay qola boshladi. Xatto Sehrxondan oldin o’zlarini salkam xudoga tenglashtirgan, odamlarni zalolatda, nodonlikda saqlagan, zolim voliylarni o’tqazib keyin ulardan pand yegan xonlardan yaxshiroq deb ham xisoblardi. U xatto To’liqbek bilan bu borada ko’p bahslashib ham qoldi.
- Og’amni xonlikni uloqtirib tashlagani, balki bir tomondan yaxshilikkadir, - deb yumshoqlik bilan tushuntirib, sanadi Briksha, - mamlakat tarqoqlanishiga chek qo’yildi, xalqqa o’zini pullari qaytdi, isyonchi voliylar esa jazolandi, ikki saltanat ham ortga chekindi, xonlik mustaqil idora qilina boshlandi, odamlar endi o’qiyapti, nodonlik chekinyapti.
To’liqbek esa havotirlanib har safar bahs oxirida Brikshani ogohlantirardi :
- Hayot xali sen o’ylaganchalik sodda emas, yigitcha!
Brikshaga bu so’zlar yetarli emasdi. Axir u To’liqbekdan ham ko’proq umr ko’rgan, inson bo’lmagan bir mahluqot ekanligini atrofdagilarga qanday tushuntirsin?
To’liqbek esa shunday paytlarda uni akasi Sehrshaga o’xshab qolishidan ko’p cho’chib qolardi. Shunday mavzulardan so’ng, Brikshaga hech nima demay qo’yardi. Lekin, Briksha yana jasorat ko’rsatishi bilan yana quvonib uni o’z o’g’lidek yaxshi ko’rishda davom etdi.
Josuslar habar ustiga habar keltiraverardi. Har gal ular kelganda To’liqbekning uyida, uni yonida Briksha xuddi Makonliklar kabi oyoqlarini chalishtirib olib, tinglab o’tirardi.
Makonning shimolida, vodiyda “Qilichqo’l pahlavon” Markoni o’ldirganini eshitgan va ko’rganlar bari qo’llariga nima kelsa ko’tarib, Sehrxonning soliqlariga, Sehrxon bolalarini majburlab maktablarga yuborish uchun o’g’irlab ketishi, Sehrxon chet elga mehnatga ixtiyorsiz jo’natayotgan kishilar ro’yhati tuzilishiga qarshi noroziliklar ko’lami ortgandan ortib borardi. Sehrxon jo’natgan Mirzabek mingboshining isyonchilar hamda “Qilichqo’l”ni topshirish uchun berilgan mukofotidan esa foyda chiqmas, odamlar botirni sotishni istashmasdi. To’liqbek esa hammasidan sadoqat yorliqlarini, og’zaki qasamyodlarni qabul qilib turib ularga hozircha hech nima qilmaslik, fursatni kutishni aytardi.
Oxiri Mirzabek Sehrxonga chopar jo’nattiribdi. To’liqbekka sodiq bo’lib olgan amaldorlar aytishicha bu xatda jazo lashkari so’ralgan edi. Ammo, Sehrxonning javobini bilishni imkoni bo’lmadi. Sehrxondan javob kelmadi. Xurramobodda qo’shin to’planayotgani haqida habar ham kelmadi.
- Ular “ Yetti Kishi “ – xitob qildi To’liqbek oxirgi habarchini habarini eshitib bo’lgach Brikshaga yuzlanib, - Sehrxon va uning oltita xizmatkori – ashaddiy tarafdorlari. Sehrxonning eng yaqin, eng qudratli hamda aqlli maslahatchisi bu – Bahodir Qushbegidir. Undan keyin esa mamlakat ichida izg’iydigan ayg’oqchilar, chet eldagi savdogarlar va siyosatchilar bilan aloqador kishi – Sobiqxon bor. Undan keyin inson zotini kallasini olishni nonushtasiga qo’yilgan nonni kesgandek amalga oshiradigan Mirzabek mingboshi, u hozir vodiyda va unga yetishishni imkoni yo’q. U harbiy odam atrofida eng sodiq navkarlarini olib yuradi. Yana, Mansurbek voliy – chet elliklar g’oyasiga sodiq, uni amalga oshirishda g’ayrat qilgan sotqin voliy – Marko edi. Uni sen o’ldirding. Bular hammasi Sehrxonni bevosita xizmatidagilari edi. Lekin bular hammasimas. Sehrxonning ikki tarafdori, ikkita qanoti bor – biri sharqiy Makonda qaror topgan sharplarni guberniyasidagi katta zobit, ikkinchisi esa hozir janubiy Makondagi sohil shaharni makon tutgan g’alato’plar yetakchilaridan bittasi. Og’ang demak u ikki saltanatdagi odamlaridan birini yordamga chaqiradi!
Brikshani g’alati bo’lib ketdi. U boshini sekin sarak-sarak qilib qo’ydi. To’liqbek chindan ham Sehrxonni juda yaxshi biladigandek ko’rinar edi.
Uni aytganlari rost chiqdi ham. Briksha bu yerga kelganiga roppa – rosa makonlik oy xisobida bir oy bo’lganida, habarchi habar keltirdi.
- Sharplar sarkardasi Veyd Vorvik mingtalik lashkar bilan vodiy chegarasini bosib o’tdi!