Asarlar
April 30, 2023

Makon. Qilichqo'l botir qahramonligi

6-bob. Kurash G'olibi

Tunni u mehmonlardek, e’zozda o’tkazdi. Unga alohida mitti va oddiy bir xonadan joy qilib berishdi. U tunni o;sha xonadagi deraza yonida o’tirib, o’y surgancha o’tkazdi. Tongga yaqin esa ko’zi ilinib mizg’ib qolibdi.

Tong sahar, quyosh nurlari derazadan tushgan payti uni ikki mezbon – To’liqbekning ikki o’g’li turg’izdi.

-         Qani turchi, - turtdi uni To’liqbekning to’ng’ich o’g’li, - nimalarga qodirligingni ko’rmoqchimiz, - bu gap qo’pol tuyulsa ham chuqur xurmat bilan aytildi.

Briksha ko’zlarini sekin piypaladi va bu ikkisiga savol nazari bilan qaradi.

-         Qizlarga o’xshab qo’lingni ko’zingni ishqalarkansanmi, bahodir? - deb xixilab kuldi To’liqbekning ikkinchi o’g’li. Uning ohangida masxaradan boshqa hech narsa yo’q edi.

Briksha bo’lsa ko’zlarini piypalab turib To’liqbekni ikkinchi o’g’lini shartta bir oyog’idan ushladiyu, yengil dast ko’tarib, yengilgina uloqtirib yubordi – u ikki qadamcha nariga qulab tushdi.

Katta o’g’il uni bu ishidan achchiqlanmadi balki zavqi keldi. U Brikshaga qo’l uzatdi.

-         Tan berdik, botir. Ismim – Ergash.

-         Ismim – Briksha, - dedi Briksha va uni qo’lini bajonidil siqdi.

-         Brik...sha, sizlarda nom degani qurib ketganmi? – kuldi Ergash, - Qilichqo’l degan laqabing senga ko’proq mos senga.

-         Baribir, - dedi Briksha.

-         Meni ismim esa – Tuman, - deb to’ng’illabgina qo’l berdi o’rnidan turib olgan va Briksha yoniga kelgan ikkinchi o’g’il ham.

Briksha unga ham qo’l berdi.

-         Yur, biz bilan, - taklif qildi Ergash Brikshani.

Briksha bosh irg’ab, rozi bo’ldi. Ergash va Tuman uni tashqariga yetakladi. Tashqarida haqiqiy bazm boshlangan edi. Uy oldidagi keng maydonga kechagidan xiyla kichikroq dasturhonlar tuzalgan, ular atrofida o’tirgan odamlar qo’llariga mayda mayda qoracha narsani olib, og’izlariga kaplab tiqishganicha gaplashishib, xaxolashib o’tirishibdi. Dasturhonlar yo’q bo’lgan o’rtada esa bir o’rtayosh, qoraqosh kishi ko’rpachaga o’tirib olib baqirgancha qo’shiq aytmoqda va ikki yonidan har yonga yugurib, yelib, hayajon bilan o’ynayotgan qizlarga qarab muqom qilib qo’ymoqda.

-         Chiroyliya? – ko’z qisdi Brikshani raqqosalarga ko’z tikib qolganini sezgan Tuman. Briksha esa uni nimani nazarda tutganiga tushunmadi.

-         Tuman – seni jo’ralaring kutyapti, - dedi Ergash va Tuman o’sha zahoti bir chekkada kuymalanishib o’tirgan yosh yigitlar qatoriga qarab yo’l oldi.

-         Buni sababi nima? – so’radi Briksha bazmga boshi bilan imo qilib.

-         Ukamni uylantirmoqdamiz, - deb javob qildi Ergash jilmayib.

Ergash shunday deb yoshi sal kattaroq yigitlar to’riga Brikshani boshladi. Bu yigitlar ham Brikshaga qarab xo’mrayib olishdi ammo Briksha ularni bu qilig’iga parvo ham qilmadi. Shu bo’yi Briksha hech qaysisiga qo’shilmasdan, to’y tomosha qildi.

To’y qiziganidan qizidi. Avvaliga sokin qo’shiqlar va oddiy chaq-chaqlar bilan boshlangan to’y, kechga yaqin qiy-chuv, tartibsiz va sho’x kuylar bilan davom etaverdi. Bular hecham haydalgan, zulmga uchragan xalqqa o’xshamas, aksincha dunyodagi eng beg’am, baxtli insonlarga o’xshashardi. Briksha bunga qarab turib, bu insonlar nahotki oldilarida koinotni larzaga keltirishga qodir xafvli jonzotlar yursa ham bularni parvosiga kelmasligiga ajablanib, har – har zamon tabassum bilan xo’rsinib qo’yardi.

Kech tushar chog’i, to’y bazmi eng qizigan pallada negadir raqqosalar va qo’shiqchilar o’rtadan g’oyib bo’ldi. Tuman va uni jo’ralari o’rtaga chiqishdi. Ularning barisida bir xil oq yaktak bor edi.

Jo’ralar baqirdi. O’tirganlar orasidagi yoshroqlar va ularga jo’r bo’lishdi. Briksha tag’in nima bo’layotganini so’raganida, yonida o’tirib bir ikki baqirib qo’ygan Ergash unga shunday javob berdi :

-         Kurash tushish boshlandi, - deb u o’rnidan turdi va Brikshaga taklif qildi – istasang sen ham chiq.