Asarlar
April 30, 2023

Makon. Qilichqo'l botir qahramonligi

5-bob. Isyonchilar huzurida

Briksha ko’zlarini qisibgina turib qoldi.

-         Og’am ham men kabi o’ylashi turgan gap, - dedi u sal o’ylanib turib.

-         O’zim ham shunday deb o’ylagandim, - dedi To’liqbek bosh irg’ab, - bo’lmasa akang boshqa joylarni emas, aynan bu o’lkani tanlagani bejizga bo’lardida.

-         Akam boshqarishga o’ch. Siz esa boshqarishga o’rgangan, itoatkor odamlar ekansiz, - dedi Briksha ko’zlarini To’liqbekka kiprik qoqmasdan tikib, - xatto nohaqlik bo’lsa ham qimir etmaysiz. Adolatni tiklaydigani kelsa esa o’zingiz ham begunohlarni, o’zingiz boshingizga olib kelgan voliylarni o’ldirasiz. Ular o’lsayu, hukmdorlaringiz adolatli bo’lsa mayliydi! – dedi u Marko bilan o’tgan voqeani eslab turib.

To’liqbekni ikki o’g’li g’azab bilan Brikshaga tikildi. Briksha ularni nafratli nigohini xis etsada, unga ziyon yetmasligini bilib qimir etmadi. U To’liqbekdan bir narsani – tan olishinigina kutardi. To’liqbek ham boshida bo’zardi lekin keyin jilmaydi.

-         Haqsan, yigitcha. Biz shunaqamiz. Demak taxminim to’g’ri ekan. Og’ang ham bizni millatni bejizga tanlamagan ekan..., - shunday deb To’liqbek Brikshaga Sehrxonni birinchi marta ko’rgani haqida aytib berdi:

-         Og’ang ham sen kabi jasur, yovdan ham do’stdan ham qo’rqmaydigan botir yigitcha edi. Uni birinchi xonni o’toviga kirib kelganida ko’rganman. U paytda Makon o’z hukmdori – avvaldan yurtga bosh-qosh bo’ladigan, uni o’ylaydigan, odamlarni baxtli etishga muttasil harakat qiladigan va chet ellik yovuzlarni haydab solishga harakat qiladigan, bularni amalga oshirishga kuchi yetmaydigan bo’lsa ham xoni bor edi. Insonlar baxtli edi deya olmayman ammo xafvsiz edi. Ularni suyanadigani bor edida. O’shanda og’ang bizni ortimizdan quvlashi, xonni va bizni qo’lga tushirishi mumkin bo’lgan mustamlakachilar qo’shinini mahv etgandi. Uni qarashlari har qanday insonni etini junjiktiradigan darajada edi, nimadir unda sovuqlik va qo’rquvlikni chaqirardi...

To’liqbek keyin Sehrxon Muridxonni ishonchini qozongani, uni qo’shinlariga bir necha marta lashkarboshilik qilib bir – ikki yildayiq xonlikdagi eng taniqli, eng xurmatli shaxsga aylanib borgani haqida gapirdi. To’liqbek aytishicha buni sababi Sehrxon o’sha paytdagi xon, uning vaziru-vuzarolari, beklaridan farqli oddiy xalq bilan yaqinlashishga harakat qilardi, ularni ko’nglini olardi. So’ngra, Sehrxonni bir viloyatga voliy etib tayinlashdi, u esa o’sha viloyatga yetishi bilanoq isyon yalovini ko’taribdi. Sehrxon o’sha paytda yutishiga hech kim ishonmagandi – unga qarshilar Makondagi barcha hokimiyat - qo’shni davlatlar – g’alato’plar, poshsholar, voliylar va xon edi, ammo Sehrxon jasorat ko’rsatib avvaliga chet elliklarni mahv etibdi keyin esa xon lashkari bilan yuzlashibdi.

-         ...oxirgi jangda men ham bor edim, - eslab berdi To’liqbek, - xonning bir qanot qo’shiniga rahbar edim. Ammo Sehrxon meni har tomondan o’rab oldi. Askarlarim qirilib ketdi. Og’ang shikast ham yetmasdan eng katta, obro’li lashkarboshilarni qirib tashladi. Xattoki bizga yordamga kelgan chet elliklar qo’shinini ham tor-mor keltirdi. Shundan keyin, qochdim, 5 yildan buyon quvg’indaman. Seni dovrug’ingni eshitmagunimcha qadar shu joylardan chiqmasdan faqat xufyalarim orqaligina tashqi dunyo bilan aloqa bog’lab yurgan edim.

-         Sehrxon esa Makonni bir necha viloyatini bosib oldi. To’g’ri akang o’zini xon deb e’lon qildiyu, eski xon qilolmagan ishni – viloyatlarni egallab olgan isyonchilarni jazoladi. Ammo u va uni askarlari shu qadar zulm qildilarki, xalq uni qo’lida quldan battar, bir buyumdek bo’ldi. Istasa, maktab ochib, bolalarimizni o’sha yerlarga uzukkun qamab qo’yar, istasa chet elliklarga og’ir ishchi yetkazib berish uchun kishilarni o’g’irlattirardi. Biz kabilarni esa ko’rding – arzimagan narsalarda ayblashib, qamab yuborishardi yoki o’ldirib yuborishardi. Akang birinchi hokimiyatni egallaganida ko’z ko’rib quloq eshitmagan ishni qildi – askarlariga o’zi egallagan shahardagi hammani taladi – hech kimga rahm-shavqat qilmadi!

Briksha qariyani hayajondan xirillab, ko’zlari yoshlanib aytayotgan bu gaplarini eshitarkan, ko’z o’ngida Sehrsha gavdalandi. Briksha bo’lgan voqealarni eshitib, akasi bu yerda nafaqat Olmosni qo’lga kiritish balki Makonni egallash uchun kelganiga ishonchi xosil bo’ldi. To’liqbek sanagan ishlarni Briksha og’asi qila olishini doim bilgandi – chunki u o’z tomonida bundan ham daxshatli ishlarga qodir edi, ularni kiprik qoqmasdan bajarardi.

-         Xo’sh, - dedi gapini tugatgan To’liqbek, - men sen bilan o’tirib gaplashmoqchi edim, mana o’tirdim. Endi bu joyda qolishing qolmasliging o’zingga havola. Faqat bir narsani bilib qo’y – og’ang Makonni xonidan, yeridan ayirdi, endi hammasini to’g’rilash bizni yelkamizda qolyapti. Sen akangni nohaqligiga qarshi ekanligingni isbotlading, qo’lim ostidagilar ishonmasalar ham, Sehrxon ortimdan tushishini bilsam ham ishonib, seni bu yerga olib keltirdim. Biz kabi quvg’indilarni ko’rsin va bizga yordam bersin deb.

Briksha To’liqbek uni o’ziga qo’shilishga undayotganini boshidanoq sezib turardi. U ikkilanardi. Hozir bular bilan qolsa akasiga qarshi chiqadi. Lekin uni maqsadi o’zgarib ketmaydimi? Briksha yodiga bu o’lkaga kelishidan oldin tayinlangan topshirig’i tushdi.

“ Mergusni topish kerak. U Makonda turibdi. Yordamga chaqirdi. Sehrsha Makonda. O’sha joyni hukmdori bo’ldi. Olmosni olib ketish kerak. Iloji boricha tezroq. “

U endigina rad etishga chog’langan ham ediki, To’liqbek yana gapirdi.

-         Bilaman bekorga kelmagansan, - dedi u, - lekin senga yuklatilgan ish shuncha insonlarni taqdiridan ortiq bo’la oladimi? Makonni ko’rding, uni odamlarini ajoyib demoqdasan, ana shu ajoyib odamlar seni yordamingga muhtoj, senga muhtoj. Men oddiy odamman, sen yoki akang kabi kuchli emasman, qahramon ham emasman. Biroq, bilaman sen qahramon bo’la olasan – iltimos qilib aytaman, akangni zulmini yo’q qilishda, Makonni yana avvalgi joyiga qaytarishga yordam ber!

Briksha bu safar rozi bo’lmasdan iloji yo’q ekanini tushundi.