g'alatiroq
ba'zan hayol bilan bo'lib real hayotdan butunlay uzilib qolaman. hayollarimdagi odamlar bilan suhbatlashaman. sayohat qilaman. rejalar tuzaman. arzimas soniyalar ichida bo'ladi bu. hayolimdagi mamlakatda yashayman. shunchaki uhlab ham olaman. tush ko'raman ko'pincha. dengiz va u yerda oilam bilan yashayotganimni ko'raman.
butun dunyo misoli bir dengiz. u yerda biz o'zimizning orolimizda yashaymiz. orolda biz tushunmaydigan til yo'q. hamma tushunishi mumkin bir-birini. lekin istamaymiz. miyamiz barcha narsani qanchalik soddalashtirishga harakat qilsa, biz uni murakkablashtiramiz. o'zimizga qarshi chiqamiz. yurak deb bahona qilamiz ba'zida
men yashaydigan orolda men bilmaydigan narsalar yo'q. men hammasini bilaman. lekin tushunmayman. nega bunday ekanini tushunmayman.
nega atrofimiz dengiz? nega atrofimiz cho'l va biz dengizchada emasmiz? kim va qachon tanlagan bularni?
fikr qilamiz. chunki boshqa ish ham qo'limizdan kelmaydi. tafakkur qila olish bizdek arzimas zarralarning eng yuksak qobilyati. ammo hali hamon orolchadamiz. atrofda esa oxiri yo'q dengiz...
dengizga qaraymiz. u yerda dengizning qanchalik maftunkor va qudratli ekanini ko'ramiz. takrorlanmas afsun bizni o'ziga rom etadi. ko'rinayotgan ufq esa bularning barchasi rostdan bormikan degan savolni uyg'otadi bizda. axir qanday qilib bunchalar go'zal bo'lishi mumkin?
keyinroq, insonga aylanamiz. dengizni zabt etmoqchi bo'lamiz. bu qanchalar ajoyib ekani haqida o'ylaymiz. lekin endi dengizning emas, o'zimizning buyukligimiz haqida xayol surib qolamiz...
boshqa orollar ham bormi? dengiz katta. demak bo'lishi mumkin. balki yo'qdir. lekin bor bo'lsa, demak ular mavjud. biz yolg'iz emasmiz. ular qanday ekanlar? ular ham bizdek boshqa orollar bor deb o'ylashganmikan? nimalarni his qilishgan ekan dengizga qarashganda...
biz ularni orolini tortib olamiz. o'zlarini esa buyuk dengizga uloqtirib tashlaymiz. buyuk qarorlar buyuklar tomonidan qabul qilinishi kerak! dengiz esa doimgidek jim. na qarshi chiqadi, na bizni qo'llaydi. shunchaki doimgi sokinlik musiqasiga jo'r bo'ladi
endichi? oldin o'zimiz yolg'iz edik. hozir ham. balki buyukdirmiz. lekin nimani hisobiga? balki o'sha dengizga qarayotganimizda, ha aynan o'sha paytda haqiqiy insonga aylanarmiz. dengiz nimadir demoqchi bo'layotgandir balki. balki biz tushunmayotgandirmiz. darvoqe, biz hatto o'zimizni ham tushunmaymiz-ku...
barchasidan keyin biz anglagan haqiqat shu bo'ladi, hech kim yo'q edi. biz o'zimizni o'ldirdik. o'zimizni dengizga uloqtirdik. dengiz esa hech narsa qilmadi. dengiz shunchaki kuzatdi. biz o'zimizni o'ldirayotganimizni haqiqiy buyuklardek kuzatib turdi...
hali ham tushunmadik. aslida tushuna olgan bo'lardik. lekin buni istamadik. hamma narsani eplaymiz. biz boshqa orollarga ham bordik. lekin endi o'zimizni orolimiz yo'q. dengiz ularni yo'q qildi. endi faqat dengiz va biz bormiz...
buyuk va bepoyon dengiz va arzimas zarra kabi yo'qlikka mahkum insonlar....
dengiz hamon jim. biz esa uni aybdor qilamiz. "nega u hech qachon bizga yordam bermadi?" deymiz. albatta bizga aybdor kerak. bizga, biz gunohlarimizni yuklab qo'ya oladigan aybdor kerak. dengiz esa "eng buyuk aybdor". mayli u hech narsa deb javob qaytarmasin. muhimi biz aybdorni e'lon qilamiz. kimga? o'zimizga
oxirida hech kim qoladi. insonalar o'zlarini dengizga tashlashdi. endi ular o'zlari aybdor qilgan dengizdan panoh izlashmoqda. lekin dengiz, hamon javob qaytargani yo'q....
hayollarim tugaydi. uyqu aralash aljiragandek bo'laman. real hayotga qaytish kerak. odamlar oldiga. keyin musiqa ham tugaydi.