shovqin asri boshlandi. aytilganidek, bu dunyoda asrlar ko'zyoshlar bilan o'lchanadi. qanchalik ko'p ko'zyoshlari bo'lsa, asr shuncha kamroq davom etadi
ikki martta gapirish yaxshi agar u sevgan insoning uchun boʻlsa sevgini tasavvurdan ayro tushuntirish mumkin boʻlmasa kerak akam boʻlganda gaplashardik lekin yolgʻizman yaqinlarim baxtsizligim foizidan koʻproqligi yashashga tuhfa balki bilmadim. balki olisga qarash kerakdir u yerlarda kimlardir aniq bor siz bilmaysiz ular bilishmaydi kimdir aniqlab berishini kutmaslik kerakdir farzandimning kichkina barmoqlarini tasavvur qilish yaxshiroq menimcha ulardan meni hamma gaplarim bir martta gapirishga koʻplik qiladi. doʻkonlardagi shaffof oynalarga qaraganimda aslida oʻzimni koʻraman nega kerak odamchalarga devor ortidan qarab. yoʻlda qanoti sinib qolgan qushni koʻrdim unga kimdir aytganmikan u hozir oilasini yoʻqotishi mumkinligini menimcha...
misolchun, endi 19 yoshman deb hisoblashim mumkin. 18 yoshda o'zimga tavsiyalar berganim esimda. huddi kechagidek. hozir bo'lsa samimiy qiyofada 19 yosh bo'lguncha nimalar bo'lgani va 19 yoshda nimalar qilishim kerakligi haqida yozyapman. o'qing, foydasiz bir narsa bo'lishi aniq, lekin nima bo'pti?
ba'zan hayol bilan bo'lib real hayotdan butunlay uzilib qolaman. hayollarimdagi odamlar bilan suhbatlashaman. sayohat qilaman. rejalar tuzaman. arzimas soniyalar ichida bo'ladi bu. hayolimdagi mamlakatda yashayman. shunchaki uhlab ham olaman. tush ko'raman ko'pincha. dengiz va u yerda oilam bilan yashayotganimni ko'raman.
* Izohlaringizni kutaman, o'qib chiqaman.Bu men uchun qiziq judayam. Lekin fikrlarim o'zimniki. Sizga yozganlarim bo'yicha hisob berishga majburmasman!