gap
ikki martta gapirish yaxshi agar u sevgan insoning uchun boʻlsa sevgini tasavvurdan ayro tushuntirish mumkin boʻlmasa kerak akam boʻlganda gaplashardik lekin yolgʻizman yaqinlarim baxtsizligim foizidan koʻproqligi yashashga tuhfa balki bilmadim. balki olisga qarash kerakdir u yerlarda kimlardir aniq bor siz bilmaysiz ular bilishmaydi kimdir aniqlab berishini kutmaslik kerakdir farzandimning kichkina barmoqlarini tasavvur qilish yaxshiroq menimcha ulardan meni hamma gaplarim bir martta gapirishga koʻplik qiladi. doʻkonlardagi shaffof oynalarga qaraganimda aslida oʻzimni koʻraman nega kerak odamchalarga devor ortidan qarab. yoʻlda qanoti sinib qolgan qushni koʻrdim unga kimdir aytganmikan u hozir oilasini yoʻqotishi mumkinligini menimcha aytmagan axir ular qush tilini bilishmaydiku! oxirgi odamlar yuraksiz ekanlar ularni qalbi miyasida joylasharkan hayron qolmadim menimcha bundaylar doim boʻlishgan to insoniyat yaralgan kundan menimcha yo nechadir haftadan keyinmi balki balki ikkinchi tahmin osonroq hammasi juda chalkash va uzoq men birliklarni yaxshi tushunmayman negadir lekin maktabda oʻqitishgani esimdan chiqdi odamlar ojiz ekanini tan olishlari kerakmidi ulardan baribir ularning jannati borku yoki yoʻqmi men bilmayman. ular oʻtmishdan keyingi kunda orzu qurishdi oʻzlari haqida balki bu charchoqdandir balki uzoqligidan baxtni qanday formula baxtni bizdan uzoqligi bizni yigʻlatishini hisoblab berisharkan aniqmas. sevgisiz odam kim boʻlarkan bilmadim balki yana bir kelajakdagi murda boʻlsa kerak. doim oʻz hislarimni yozmaslikka urinaman lekin imkon boʻlmaydi negadir juda gʻalati shovqin boʻladi keyin zerikarli tun olis hayot hozir yozganlarimni oʻlimdan keyin kimdir oʻqirmikan hayronman gʻalati va tushunarsiz bu ham. oʻtmish bilan yashamaslik kerak deyishadi bu ham toʻgʻridir balki balki toʻgʻrimas