shaxsiy
June 6, 2023

19 yoshga kiribman

misolchun, endi 19 yoshman deb hisoblashim mumkin. 18 yoshda o'zimga tavsiyalar berganim esimda. huddi kechagidek. hozir bo'lsa samimiy qiyofada 19 yosh bo'lguncha nimalar bo'lgani va 19 yoshda nimalar qilishim kerakligi haqida yozyapman. o'qing, foydasiz bir narsa bo'lishi aniq, lekin nima bo'pti?

avvalo, bir narsani aytib o'tishim kerak. sinfdoshlarim to'yi bo'lyotgani, boshida g'alati tuyuldi. keyinroq o'rganib kettim. hamma kabi men ham tezda ulyg'ayib qolgandek bo'ldim. bu yili sevdim, hayotim barbod bo'lib ketti. dunyoim ravso bo'ldi. o'zimni o'ldirishga harakat qildim. psixologga bordim. jinnidek bo'lib qolgandim ozgina vaqt. yiqildim, yiqildim va yana yiqildim. ertalab uyg'onishda sabab izlay boshladim. qani endi uyg'onmasam deb aytgan kunlarim bo'ldi. deyarli kitob o'qimadim. yangi bilim juda kam oldim. ma'naviy qoloqlikdan chiqib ketishga kuch qidirdim. quyida esa batafsil

18 yoshimda o'zimga 'sevib qolgin sen so'tak ham' deb maslahat berudim. 'qizlar bilan gaplashmaysan. g'irt loxsan' deyudim. hayot ustimdan kulib, hammasi bo'ldi. gaplashdim, sevdim. ha, xichtima yozganimda farishtalar omin degan shekilli) hullas, baribir lox bo'lib qoldim. meni aldashdi. ustimdan kulib ketishdi. hammasiga o'zimni aqlli deb hisoblaganim sabab bo'ldi. butun umrga yetadigan dars oldim. ko'nglim ham yaralandi desam mubolag'a bo'lmas. juda katta dars bo'ldi

'odamlar eng ko'p o'zlari qadrlaydigan narsalar bilan sinaladi' deyiladi. rostdan shunday ekan. men hayotdagi deyarli hech narsani yoki kimnidir qadrlamayman. umuman, hech narsa uchun jiddiy qaramayman. odamlar o'lib ketaveradi, o'lib ketishlari ham kerak deyman. meni harakat qilishga undaydigan yagona narsa bu oila edi. dadam va ayam men uchun men ma'sulman deb hisoblaydigan, mehribonlik qilishim shart bo'lgan yagonlar odamlar edi. men, menda boshqa kimdir bor ekanini bilmasdim. men oila bilan sinaldim. ota onam bilan. batafsil tafsiloti bilan yozish niyatim yo'q. menimcha, endigina unutayotgan voqealarimni, qaytarib eslamaganim ma'qul. lekin, bu voqea sabab anchagina og'ir ahvolga tushdim. albattada, hamma shunday bo'ladi. qiynaldim, o'lgunimgacha kun sanamoqchi edim, biroq hali yosh bola ekanman. o'zimni o'ldirish eng yaxshi chora emish. harakat qildim. o'xshamadi

hozirgacha eng kuchli depressiya bilan kurashish boshimga tushdi shu yilda. menda barchasi juda qiyinlashib ketti. barchasi ish men uchun aksi bilan bo'layotgan edi. hech bir ishga motiv yo'q edi.

psixologga borishimga to'g'ri keldi. juda yomon ahvolga tushib qoldim. eng yomoni, ishim tufayli insonlarga yaxshi muomala qilishim shart edi. ikkiyuzlamachi bo'lishga juda ko'p harakat qildim.

mendan " qachon oxirgi martta haqiqatdan mazza qilib kulgansiz" deb savol berishdi. o'ylanib, eslolmadim

yaxshi narsalar ham bo'ldi. insoniy munosabatlar faqatgina manfaatlar bilan bog'liq bo'ladi degan fikrimni o'zgartirdim. Barcha insoniy munosabatlar manfaat ustida bo'lishi aniq. Biroq ba'zida haqiqiy insonlar uchrab qolishadi. ular bilan munosabat manfaatga yo'nalmaydi. shunday insonlarni uchratdim ham

ablah insonni ko'rdim. hayotimdagi men amal qiladigan juda katta dars bo'ldi bu. niyatlarni to'g'ri qo'yish haqida juda katta dars oldim. qiz sabab yigit barcha narsasini, hatto dinini ham berishi mumkin bo'lgan holatni ko'rdim. achinarli darajada past ketish deb hisobladim buni

'dindor' va 'dinsizlar' maydonidan chiqdim deb hisoblayman. endi muhim emasligi haqida bular. o'z fikrimda qat'iy qolish haqida o'yladim. odamlar o'zlari bilganidan yashashlari mumkin ekani haqida bildim. hamma o'zi o'ylasin qanday bo'lishini. barcha o'zi uchun qaror chiqarib olsin. o'tgan yili barchaga nisbatan tolerant bo'lishni boshlaganim haqida aytgan edim. bu yil ham shunday bo'ldi. men ancha muncha insonlarni kuzatdim. dindor va dinsizlarni, dinni yomon ko'rib qolgan o'smirlarni, dinni topayotgan izlanayotgan yoshlarni kuzatdim. har xil jinsdagi bolalarni dinini qanday yo'qotayotgani va qanday topayotganini kuzatdim. ba'zan ular bilan anonim/ochiq muloqot qildim. bunday jarayon ularda qanday bo'lishini kuzatdim, ko'rdim. hali ham iymonsizlik inson uchun eng katta azob degann fikrda qolaman

bu yilda 'juda ko'p insonlar ahmoq. hamma insonlar emas, juda ko'p insonlar ahmoq' degan yangi gap topdim o'zim uchun. shunchaki tinchlanishga yordam beradi ekan bu. hamma insonlar emas, ba'zi insonlar ahmoq. va ular siz uchun shunday holos. siz ham qaysidir jamoa insoni uchun ahmoqlar safida ekanizdan dalolatdir bu

juda kam kitob o'qidim. deyarli o'qimadim desam bo'ladi

baxtli soniyalarni ham tuydim. yosh bola sifatida qolmasligim kerak degan qarash meni qurshab oldi. birdaniga juda katta ma'suliyatni his qildim. o'zim bilan kelisha olmay qoldim. nafratlandim barchadan. his ettim kimlargadir nisbatan nafratni. yaxshi bo'lmadi bularni barchasi. ko'nglimni sindirdi.

tushungan narsalarim esa, hozirgi qiyinchliklar har doim kelajakka nisbatan yengil bo'ladi. qachondir, yarim kechasi janjal sabab uyda chiqib ketganman. qo'limni eshikka urgandim. o'shanda, menimcha shu eng yomon kunim deb o'ylagandim. hozir esa, u kun men yil davomida ko'rsan narsalarim o'rtasida hech narsa emaligini ko'rdim. arzimas narsa unday narsalar. yanada yomonrog'i oldinda. yana yomonroq bo'lishi mumkin

biroq, yaxshi kunlar ham shunday bo'larkan. barcha narsani yaxshiroq anglab yetishni boshlaganizdan keyin, ulardan ko'proq zavq olishni boshlaysiz ekan. siz qaysini ko'proq ko'rishingizga qarab bo'ladi hammasi

irodasi juda mustahkam insonlarni ko'rdim. o'zim uchun juda ko'p narsa oldim u insonlardan. barchasiga rahmat. juda katta rahmat ularga.

muvaffaqiyat haqida ko'p o'yladim. har xil darajadagi yutuqlarga erishgan insonlarni kuzatdim, o'rgandim. oldin ham ko'p o'ylaydigan narsamga to'laqonli amin bo'ldim.

Muvaffaqiyatli bo'lishning hech qanday siri yo'q!

ko'p ishlash ham muvaffaqiyatni kafolatlamaydi. aqlli bo'lib tug'ilish va unday bo'lmaslik ham. ota-onani duosini olish yaxshi. lekin, ota-onasini duosini olish muvaffaqiyatli bo'lishni kaliti deb qarash xato menimcha. huddi shunga o'xshash narsa ekan bu

nazarimda, muvaffaqiyatli bo'lish uchun bir nechta omillar 'aybdor'. ular juda ko'p yoki juda kam. sohalarning yoki umumiylik qarashdagi fundamental ma'lumotlar aslida yetarli darajada aniq va ishonchli. masalan, halollik. umuman olganda, asosiy qoidalar ko'p narsani hal etadi. qolgani muhimmas. murakkablashtirish ma'lum chegaradan keyin muvaffaqiyatsizlikka olib keladi ekan

insoniy munosabatlarda tavakkal qilish kerakligini tushundim. ishonchli, ko'ngil aytadigan insonlar bilan. do'stlikka ishonmasligim, bunday tuyg'ularni manfaat uchun munosabat deb o'ylashim va bu yerda hech qanday bunga zid qoida yo'qligiga amin edim. biroq, aslida hammasi murakkabroq. ba'zan ko'ngil ba'zi insonlarga o'rganib qoladi. ulardan kutmaydi, ular bilan bo'lishni istaydi. suhbatlashishni, o'zining hayoti haqida aytishni, uni hayoti haqida bilishni istaydi. bu juda murakkab, biroq, nazarimda 'sof insoniy' deb atash mumkin bo'lgan tuyg'u

endi baxtli kunlarga qarab harakat qilmayman. tushunib oldim. kelajak yomonroq bo'ladi. yaxshi kunlar zavqi ham kelajakda ortib boradi. biroq, dunyo beshavqat. istalgan darajadagi inson jabr tortishga mahkum. boy, kambag'al, nogiron, sog'lom, aqlli, aqlsiz, yolg'iz va boshqalar ham o'zlariga baxtni va baxtsizlikni his etadi. har kim uchun o'zgacha bo'ladi bu "sovg'a"

kelajakda qanday kunlar kelishini bilmaymiz. baxtli kunlar bo'lsin deb duo qilamiz. shunday bo'ladi-ki, baxtsizlik yordamida baxtni his etamiz. bir o'zimiz yolg'iz qolganimizda, kechasi qalbimizda og'riqni his etganimizda avvalgi kunlar baxtini eslaymiz, his etamiz. keyin quyosh chiqadi. ertangi kun, yashash kerak. davom etish kerak bu rasvo hayotni

insonlar jamoasida hammasiga tupurgan holda yashash qiyin. lekin shunday qilish kerak, qachondir albatta. hozir emas.

kundalik yozishni boshladim. ancha foydali ekanini sezdim. qanday boshlashni bilmadim. keyin shunchaki mavzularga bo'lib oldim.

o'z ahvolim haqida o'ylay boshladim. tahlil qildim. nimalarni yo'qotish orqali qanday narsalarni topganimni o'yladim.

hech narsaga qodir emasman. hech narsa qo'limdan kelmaydi. o'zimni aldamayman. boshqalardan ustun tarafim ham shunda. qo'limdan dunyoni o'zgartirish keladi deb o'zimni va boshqalarni aldamayman

payg'ambarlar qayta tug'ilmaydi.

qalbimdagi azobni kimdir his etishiga umid butunlay yo'qoldi. endi aniq bilaman - bu dunyoda men yolg'izman. va bu qo'rqinchli emas. biz ko'pchilikmiz, yolg'izlar, dunyodan charchaganlar. shunchaki ojizmiz. boshqalar ham shunday. shunchaki ular buni hali bilishmaydi

o'zimdagi o'zgarishlarni aniq payqadim bu yilda. ulg'ayish sezildi. 19 yoshimda. men hech qachon his etmagan tuyg'ularimni his ettim. barchasi juda ahmoqona va alamli

hozir shunchaki tinchlikni istayapman. hech qanday ortiqcha bosh og'riqlari kerakmas. shunchaki, yaxshiroq pul topishim kerak. baxtni his etishni yo'llarini izlashim kerak.

balki, yil oxirida bo'lgan yomon voqealar sabab shunday bo'layotgandir. aslida yilni yaxshi boshladim. umuman, ancha foydali yil bo'ldi. ko'pchilikni ta'biri bilan hisoblaganda ancha narsaga erishmagan bo'lsam ham, har holda minus bo'lmadi. oz bo'lsada foydali yil

oila qanchalik muhim ekanini tushundim. uy qanchalik muhim ekanini tushundim. oila muhimroq barchasidan. mayli, ayangiz sizni ko'p urishsa ham, dadangiz sizni kaltaklasa ham. bular muhimmas. siz ularni o'zingiz uchun muhim deb hisoblang. eng yomon holatda ham

o'zingiz uchun qanaqadur dunyo yaratib oling. mayli, yolg'on bo'lsin

yolg'izlik yomon. hamma bu gapni aytishi mumkin, biroq nazarimda ko'pchilik hali yolg'izlikni bilmaydi. sevgani tashlab ketishi, do'stlari yo'q ekani farqsiz. uni uyida ayasi bolajonim deb kutadi, mehr beradi. dadasi hayotdan maqsadi sifatida uni ko'radi. o'zi bilmaydi buni hali. ularsiz qiyin.

hullas hayr. bir gap bo'lar.

salom 20 yoshdagi Husniddin. hali ham topmadingmi?