shovqinli kun
shovqin asri boshlandi. aytilganidek, bu dunyoda asrlar ko'zyoshlar bilan o'lchanadi. qanchalik ko'p ko'zyoshlari bo'lsa, asr shuncha kamroq davom etadi
2 metrga tezkor yugurish musobaqasi. kechqurun dadasidan kaltak olgan bola eng birinchi. boyni bolasidan keyin albatta. shamol yurgandi tentirab, shu sababdir balki. chanqoq tanani emas, ruhni azoblaydi.
"ularsizlik menga yaxshi" - biroq qalbida yig'layotgan bolakay aytdi. uzoqlarga yugurib ham o'zingdan qochib ketolmasliging og'riqli. o'zingdan uzoqlashish kerakmasdir balki. balki o'tmishga yaqinlashish yaxshidir, o'ylab ko'r. "kelajakdan uzoqlashish evazigami?"
bugun yomg'ir va shamol kuylagan shovqinni tingladim ertalabdan. mayus emas, tushunarli sokin shovqin. yurakdan uzoqdagi hislarni olib kelgan. "nima bo'lsa ham, endi bo'ldi. zeriktim".
o'zining chalkash hayollari ichida adashmasdan yurgan bolakay yo'l chetida yig'lab turibdi. uni hafa qilgan inson dunyoni hafa qilibdi. dunyodan keyingi yo'lakda barcha yomon ko'radi uni. lekin bu muhimmas. "insonlar dunyoda hafa baribir"
nega maktablarda baxt o'qitilmaydi? baxtni tushunganlar uning ahdini bizga ham aytishsin. mayli, bizgamas. biz yig'lashga mahkum. yo'l chetidagi bolaga aytinglar
kattalar qalbi kichkina bolalar. axir qanday qilib qumda qasr qurishdan, ishga borish muhim bo'lishi mumkin? ular qalbsiz, biroz aqlsiz. tushunishmaydi. faqat hafa qilishni bilishadi. tushunmagan narsalariga e'tibor qilishmaydi
osmondagi oyning yulduzlar orasida yugurishini ko'rib kulmaydigan inson u qanday? axir bu mumkinmi? uzoqdan ko'rinadigan shokolad fabrikasi. tugamas cho'ntak to'la shirinliklardan muhimroq nima ham bo'lishi mumkin axir?
afsuski yo'l chetidagi yig'lamsirab turgan bolani ular o'ldirishdi. o'zlarining 'yashashni eplolmagan' hayotlarini bir parchasiga aylantirishdi. tushunarsiz shovqinlar to'lgan dunyoga olib kirishdi. ha, ular unchalik ham ahmoq emas, lekin ko'proq qalbsiz. buning uchun birgina gap yetarli bo'ldi - "sen balki u bolalar kabi emassan"