shaxsiy
June 4, 2022

18 yoshdagi o'zimga maslahatlarim

* Izohlaringizni kutaman, o'qib chiqaman.Bu men uchun qiziq judayam. Lekin fikrlarim o'zimniki. Sizga yozganlarim bo'yicha hisob berishga majburmasman!

* O'zimga yoqqan shevada yozaman. Imloga amal qilishga harakat qilaman, lekin vada bermayman)

Hullas, bugun 18 ga kirding. Bilaman aslida tug'ilgan kuningni nishonlashni hohlamaysan. Lekin boshqa ilojing yo'q. Bunday kunlarda odamlar bilan birga bo'lish shaxsiy 'avatarin'ga yaxshi plus bo'ladi. Demak, hamma bilan kulib, birga ko'nglingni yoz. Seni nima uchun bunday bayramlarga tupurib qo'yganing(qo'yganing), boshqalar uchun ahamiyatsiz. Muhimi jamiyatga qo'shilib ketishga harakat qilishing kerak. Bu yashab ketish uchun zarur!

Endi sen yosh bolamassan. Bilaman, oldin ham yosh bolamasding. Lekin endi rasman katta bola bo'lding. Etibor qil, hamma masuliyat endi seni qo'lingda. O'zingga ko'proq yuklamalar yuklaydigan payt endi. Ko'proq ishlash, bilim olish kerak bo'lgan payt. Pulni bosish kerak. Pul bu jamiyatda obro, etibor umuman hamma narsa ekan, demak sen ham ko'p pul topishing kerak.

Hozirgi yo'nalishingni o'zing tanlagansan. Sen noto'g'ri yo'l tanlamagansan, shunchaki bu yo'l qiyinroq. Hozir qiyinchiliklarga aldanib qolib ketsang bu yo'lni nega tanlagansan? Nega dalada paxta, sholi ekib, molga qarab yurmading? U taraf osonroq edi anchagina. Hatta hozirdigan boyroq bo'larding, masalan. Lekin, o'shanday qilib yuraverganing hozir uchratgan, tanishgan odamlaringni umuman tanimagan bo'larding. Aslida, sen shu uchun bu yo'nalishni tanlagan eding.

Esingdami kitob o'qiyotgan paytlaring? Hozir o'sha paytlar desam faqat sen eslaysan ularni. O'sha paytlarda yaxshiroq eding. Hafa bo'lmagin-u, lekin hozir g'irt dangasa, tupoyga aylanib qolgansan. Prosta motivatsiya yo'q deb kitob o'qimayapsan, molga o'xshab. Oldinlari nima motivatsiya edi? Niyat akadan ko'proq kitob o'qimoqchiding sen. Hamma sohalarni tushunmoqchi eding. Hozirchi, o'zing ko'rib turgan ufqdan narini ko'rmaysan, ko'rolmaysan.

Hullas, deyarli 1 yildan buyon motivatsiya yo'q deb kitob o'qimading. Deyari o'z ustingda ishlamading. Endi buyog'iga motiv paydo bo'ladi deb o'ylaysanmi? Adashasan bratishka. Endi majburlikdan ko'proq izlanishing, o'qishing kerak.

E to'xta, hozir "shuncha narsalarga erishdim-ku" deb aytyapsanmi? Vijdoning bilanbirga turganda ayt shu gapni. Oddiy misol aytaman, seni haligi do'stlaring bor edi agar eslasang. Bazida o'zlariga bildirmasdan instagramini, telegram kanallarini kuzatib turasan. Nega kanaliga qo'shilolmaysan? Nega yana oldingidek kuni bilan gaplashib o'tirolmaysan? Ha javobini bilasan. Sen uyalasan ulardan. Chunki birinchi tanishganlaringda sen ulardan aqlliroq, ko'proq o'qigan eding. Sen yaxshiroq fikrlarding balki. Keyinchi? Birga ulg'aydinglar va sen tupoyligingcha qolding. Ular esa rivojlandi. Ular o'qidi, sen mol boqding. Bilaman seni ham o'qiging keldi rosayam. Rosa o'quv markaz qidirding Toshkentdan. Sen esingdami litseyga kirgan eding, lekin o'qimagansan. Tushun, sen hayotni pastki qatlamidansan. Senga 'premium hayotda' tug'ilish nasib etmagan. Hamdardlik aytmoqchimasman, chunki foydasi yo'q. Nima qilsang ham shu hayotda yashashga majbursan. Hullas, keyinroq o'sha do'stlaring nimalarga erishishdi: IELTS dan 8 oldi bittasi. O'sha sen tanigan paytingda sendan biroz ko'proq bilandi holos ingliz tilini. Bittasi universitedga maksimal ball bilan kirdi. Bittasi har kuni mashhur shaxslar bilan uchrashadi. Yana biri kuni bilan mazza qilib aylanib yuradi, ishi shuda. Lekin endi afsuslanma. Oldin o'zing aytganingdek "sen yutqazib bo'lgansan. Yig'lab siqilib o'tirishdan foyda yo'q. Harakat qilmasang yana yutqazasan".

18 yoshinggacha nimalar qilganingni bir sarhisob qilib ko'r. Nimalarga erishding, nimalarni yo'qotding. Tushkunlikka tushaverma endi dalb*yop. Bo'lar ishlar bo'ldi, oldinga qara

Yaxshi taraflaringgni ham aytaman. Yaqin vaqtlarda nisbatan tolerantroq bo'lib qolding. Siyosat, din, falsafa haqida o'zingni 'bir tiyinga qimmat' fikrlaringni gapirmay qo'yding. Umuman to'xtamading-ku, lekin har holda kamaytirding. Shunday qil yana. O'sha fiklar yaxshi bo'lgan "Jamiyatni tuzatib bo'lmaydi. Agar bo'lsa ham sen eplolmaysan. Seni ishing emas bular. K*tingni qisib yashab yuror sen". Boshqalarga aql o'rgatishni to'xtatding - bu yaxshi. Fikringni ichinda saqlayver. Muhimi sen o'zing tushunib turibsan bu teatrni. Shuni o'zi ham yetadi.

His-tuyg'ularni yig'ishtir. Baribir hich kimga qiziqmassan. Seni o'z hayolingdagi 'sevgi' bir tiyinga qimmat tuyg'u bilasan buni. Yoshlik o'tib ketti endi. Boshqalar bilan tanish. Iloji boricha ekstravertroq ko'rinishga harakat qil. Bilaman odamlarni yomon ko'rasan. Lekin aslida bu yaxshimas. Etibor ber: sen o'zing yomon deb o'ylagan odamlar aslida yaxshi bo'lib chiqishyapti. Shunchaki sen beetiborroq bo'l. Shunisi yaxshi. Hamma narsaga, har kimga etibor beraverma. Barchasi o'tib ketad. Qachondir sen sevgan qizni to'yiga borib "qiziq, o'sha paytga nega sevgan ekanman-a, shu qizni" deb aytasan. Aytgancha, uje bu yil shunday deb o'ylading-ku.

O'z sohang bo'yicha rivojlantir o'zingni. Qara hozir qancha imkoniyatin bor seni. 20 yoshingdagi rejalaring uchun harakat qil. Agar shu ketishda ketsang hich kim bo'misan sen( huddi hozirgidek qolib ketasan).

Salgina 'odamsifat' bo'l endi. Yangi insonlar bilan tanish. Yaqinlaring bilan munosaabatlaringni yaxshila endi. Qizlar bilan tanishib tur. Qachongacha bir chekkada turasan? O'zingni huddi 'sevginator' dek tutayotgan bo'lsang ham aslida men bilaman qanday ekanligingni. Bitta qiz bilan gaplashsang hayajondan ismingni yo'qotib qo'yasan. Sen bir narsani tushun: qizlar bilan gaplashishing kerak. Bo'lmasa shu holatda lox bo'lib qolaverasan. Lekin chegaradan chiqma. To'xta sen oldin chegara nima ekanligini tushunib ol. Hozir salom deyolmaysanu qizlarga 😂

Salgina kayfiyatingni ko'tarib yurgin. Sabab yo'q demasdan, sabab izla. Seni nima deb atashlarini bilasan - "Hissiyorlarsiz mahluq". Shunaqa bo'lmagin endi Salgina ijtimoiylash sen. Odamlarga qo'shilib turgin. Hozirku ancha yaxshi bo'lib qoldin. Lekin bu kam.

Endi o'zingga qarab yur. Sochingni tarab tur. Oyoq kiyiminga, umuman kiyimlaringa etibor ber. Endi katta bolasan. Sen nima desang ham shu jamiyat qoidalari shunday!

Katta bo'lganingda qiladigan rejalaring esingdami? Anchagina orzular bor edi. O'shalarni amalga oshirish uchun endi kamroq vaqting qoldi. Bosish kerak hullas

Hadeb o'zingni ayblarverma. Alloh seni shunday yaratgan. Boshqacha bo'lolmaysan. Kamchiliklaring uchun boshqalarni yoki o'zingni emas Allohni so'kkin. Agar eplolsang.

Ota-onangga ko'proq etibor ber. Iloji bo'lsa ular bilan yashashing kerak. Ularga yaxshiroq gapirgin endi. Bir ota-ona bo'lsa shulardek bo'lar.

O'zingni mol qilib ko'rsatishni ham to'xtat endi. Salgina jiddiylash. Odamlarga o'xshashga harakat qil. O'zingni yaxshiroq tut endi. Yaxshigina kalla bor senda aslida. Ishlatib tur bazida bo'lsa ham shuni.

Lekin, bilaman sen yomon bola emassan. Sen shunchaki tushunmaysan insoniy hissiyotlarni. Lekin, harakat qil endi.

Aslida ko'p narsa yozishim mumkin edi. Lekin to'grisi erinyapman. Ko'pgina tavsiya berishim mumkin edi-yu, lekin foydasi bor deb o'ylamayman. Chunki baribir o'zimizning asliyatimizga rioya etamiz. O'zimizni qo'gozga o'rab yurganimiz bilan foydasiz. Aslida yonayotgan mashalni qog'ozga o'rash imkonsiz.

P.S Bular o'zim uchun, o'zimdan bayram tabrigi. Keyingi yil ham yozish nasib qilsa, shu so'zlarn o'qiyman:

Kelajakka salom. Salom 19 yoshdagi Husniddin.