o'xshamagan
isyon. Xudoga, olamga va butun insoniyatga isyon
dadamni yomon ko'raman. barcha qarindoshlarimni yomon ko'raman. dadamni eng ko'p. bolasiga mehr berish, har bir hayvon uchun hos bo'lgan hislat. buni har kim o'zicha tushanadi. o'zining nasli davomchisi. farzand kuchli bo'lsa, uning nasli tirik qolishi ehtimoli ham yuqori bo'ladi. shu mehr. naslini davom ettirishi uchun otaning bolaga mehribonchilik qilishi ota sifatidagi vazifasi uni. jirkanchlik balki. lekin faqatgina siz u odam tufayli tug'ilganingiz uchun sizni boshqa bolalarga almashtirmaydi. faqat shu uchungina. shu otani qalbida mehr'ni paydo qiladi. bolasini avaylashga harakat qiladi
tuyg'ularni aldash mumkin. erkak kishi o'zini shu uchun ko'pgina ayollar bilan jinsiy aloqa qilishni istaydi. shunga harakat qiladi. boshqa ayoldan sizdan ko'ra yaxshiroq bola tug'ilsa "qurbonlik" uchun sizni tanlaydi.
Xudo sizni hohishlaringizga tupurgan. u o'zi hohlagan narsani qiladi. hohlamasa olamni yaratmasdi. Xudo shuni istagani uchun yashayapsiz. shu uchun o'lyapsiz. biz hech qachon Xudoni tushuna olmaymiz. doim biz kutmagan narsalar bo'ladi. Lekin, bizda Xudoga isyon qilish "huquqi" bor(farishta emasmiz)
Chumolilar aqlli hayvonlar. lekin ular chumolilar. ularni Xudoga bo'lgan ishonchlarini biz tushunmaymiz. balki hammalari ateistlardir. balki ularda ham ishonch bordir. lekin bu qiziqmas. tushunyapsizmi, chumolini Xudoga ishonishi yoki ishonmasligi sizni hayolingizga kelmasa ham yashab yuraverasiz. bu muhimmas. agar ular Xudoga isyon qilishsa ham siz sezmaymiz. ozgina ham.
tushunarsiz. chumoli va biz boshqa o'lchamda qarasak unchalik farq qilmaymiz. ikkimiz ham yashayapmiz deb hisoblaymiz. o'lik va tirik deb ajrata oladigan hayvonlarmiz. chumolilarni o'zlarini jamiyati bor. doim ahir yashashadi iploslar. men masalan hech qachon ko'rmadim "chumolilarning jahon urushlarini". Doim qiziqtiradi meni bir narsa. Chumolilarda qanday dinlar bor ekan-a? ular Xudoga qanday ko'rinishda ishonishadi ekan qiziq. ularda ham Xudoga "isyon" qilganlar "bahtdan bebaxra" qolishadimi?
adashib kettim. shuni aytmoqchi edim, Xudoga isyon qilishdan foyda yo'q. Xudo baribir o'zi istagan ishni qiladi. U istagan yo'ldan yurib unga isyon qilasizmi? mantiq...
bir kuni, ashashmasam yosh bola edim shekilli, dadam bilan qor o'ynaganmiz. esimdan chiqmaydi. nega esimdan chiqmaydi bilmayman. ta'sirlanmayman ham lekin eslab. shunchaki xotira. qolgani kabi
Biz Xudoga ishonish yoki ishonmaslik muammosidan tashqari, unga qay tarzda ishonishni ham hal qilamiz. Xudo aqlli. U odamlarni ayri qilmaydi. ular orasiga nizo solmaydi. ssenariy bo'yicha hammasi shunday bo'lishi kerak edi demak. demak yovuzlik muhim. demak shayton ham ssenariyda bor.
shayton. kichik harf bilan yozyapman. hafa bo'lmanglar shaytonlar
shaytonni tushunmayman. hech qachon tushunmaganman. menimcha u ham Xudoga isyon qilishni istamagan. hammasi boshqacha balki. uni rejasi boshqacha bo'lgan menimcha. men bilmayman. qachondir so'rab ko'rarman balki o'zidan. lekin baribir tushunmasam kerak
oyim haqida nimadirlar yozmoqchi edim. bilmasam. qiziqmas negadir. oyimni men tushunmayman. hech kim tushunmasa kerak. nega shunchaki yashayverishmadi? nega kerak edi shuncha g'alvalar. va shuncha shukr nega kerak edi....
oyimni tushunishga harakat qilib ko'rganman. mengamasakan
insonlar ham chumolilar aslida. farqsiz. biz har safar chumolilarga qaraganimizda his qiladigan ojizligimizni, chumolilar ham his qilishar bizga qarashganida.
ba'zida hech narsa tushunmasam ham, hamma narsani tushungandek his qilaman. aslida baribir emasmi. tushunib bo'lib keyin yana tushunmay qolamiz. biz to'g'ri deb topgan narsalar qachondir xatoga chiqadi. moslashib ketamiz. yaxshi ham-ki arzimagan davr yashaymiz. ko'proq yashaganimizda hammasi yomonroq bo'lardi balki. balki..yaxshiroq bo'lardi...
odamlarni haqiqatini mazax qilganimda mazza qilaman. ular hurmat qiladigan tuyg'ularni ustidan yurib o'taman. menimcha shu yomon ishlarimni jazosini olyapman shekilli....yo'q ishonmayman. Xudo menga jazoni do'zaxda beradi. O'zi hal qiladi menga qanday jazo ekanini. sizni ham nima kutishingiz Unga bog'liq. balki bir joyda bo'larmiz. bilmayman buni. lekin men insonlar bilan bo'lishni istamasdim. o'zim yaxshi ko'rgan inson bilan bo'lishni istardim faqat. qolganlar ortiqcha. yurak og'rib ketarkan bla yozaversang. tugab qoldi