ilmiy
August 1, 2023

Psixologiya yoʻnalishiga oid eng mashhur Nobelchilar. Va nega Nobelda psixologiya uchun alohida mukofot yoʻq?

Birinchi navbatda nega psixologiya fani uchun Nobel mukofoti yoʻq, aniqrogʻi Nobel mukofotini qoʻlga kiritadigan fanlar orasida nega psixologiya kiritilmagan degan savolga javob beraman. Nobel mukofotini albatta eshitgansiz va ushbu mukofot hozirgi kunda 6 ta yoʻnalish uchun joriy etilgan bular fizika, kimyo, fiziologiya va tibbiyot, adabiyot, Tinchlik, (1969 yildan) iqtisodiyot.

Yillik hisobda eng koʻp ilmiy kashfiyotlar qilinuvchi fan yoʻnalishlari ichida psixologiya ikkinchi oʻrinda turadi, birinchida esa IT yoʻnalishi. Afsuski psixologiya eng dolzarb fanlar sirasiga kirsa ham Nobel yoʻnalishlariga kiritilmagan. Buning sabablari esa quyidagicha: birinchidan, “mukofot” yoʼnalishlari faqat taʼsischi Alfred Nobelning shaxsiy fikriga moslashtirilgan; ikkinchidan, psixologiya A. Nobel vafotidan biroz avval alohida fan sifatida tan olingan. Mukofot 1901-yildan boshlab berilgan. Birinchi psixologik laboratoriya esa bundan 22 yil avval, yaʼni 1879-yilda tashkil etilgan; Uchinchidan, hozirgi Nobel qoʻmitasining fikricha, mukofotlanadigan fan yoʻnalishlar doirasini kengaytirish yomon fikr.

Nobel mukofotini oluvchi fanlar roʻyxatiga “Xulq-atvor yoki kognitiv fanlar” sohasini kiritishga bir necha bor urinishlar boʻldi, ammo hozircha bu urinishlar samara bermadi.

Psixologiya faniga hissa qoʻshgan Nobel mukofoti laureatlari:

XX asr boshlarida, “psixolog” tushunchasi hali ham ommalashmagan edi, aniqlik uchun shuni taʼkidlaymanki, oʻsha vaqtlarda psixolog faoliyatining obyektlari toʻliq shakllanmagan va tibbiyotning maʼlum bir yoʻnalishlari bilan birikib ketgan edi. Baʼzi bir olimlar esa psixologiyani hatto fan sifatida tan olinishiga qarshilik ham koʻrsatishgan.

1. Ivan Pavlov (1849-1936)

Ivan Pavlov o'z shogirdlari bilan

Pavlovning oʻzi ham koʼp qatori psixologiyani fan sifatida qoʻllab-quvvatlamagan, lekin uning hissasi bevosita ana shu fanning rivojlanishiga juda katta taʼsir koʼrsata oldi. U shartli reflekslar bilan tajribalarda psixikaning fiziologik asosini isbotlab, ilm-fan tarixida abadiy iz qoldirgan. 1904 yilda Pavlov asosiy oshqozon bezlari funksiyalari boʻyicha olib borilgan tadqiqotlari uchun Nobel mukofotini oldi va birinchi rus Nobel mukofoti laureati boʻldi.

2. Santyago Ramón y Cajal (1852-1934)

Santyago Ramón

Asli Ispaniyalik shifokor va gistologi boʻlgan Santyago Ramónning ilmiy faoliyati hozirgi zamonaviy nevrologiyaning shakllanishiga asos boʻlib xizmat qilgan. Ramon Pavlovdan farqli ravishda psixologiyani yaxshi koʻrgan va ushbu yoʻnalishda koʻplab kichik tadqiqotlarni amalga oshirgan. U nerv sistemasining tuzilishiga oid ishlari uchun 1906 yilda Nobel mukofotini olgan (shifokor Kamilla Golgi bilan birgalikda).

3. Egash Monish (1874-1955)

Egash Monish 1949 yil, o'z Nobel mukofotini olmoqda

1949 yilda maʼlum ruhiy kasalliklarda lobotomiyaning terapevtik taʼsirini kashf etgani uchun Nobel mukofotini qoʻlga kiritgan portugaliyalik psixiatr va neyroxirurg. Uning ushbu ilmiy kashfiyoti ruhiy kasalliklarni davolash sohasida keskin burilish yasadi.

4. Rojer Sperri (1913-1994)

Amerikalik neyropsixolog, psixobiologiya professori. U 1981 yilda bosh miya yarimsharlarining funksional ixtisoslashuvi boʻyicha ishlari uchun Nobel mukofotini oldi. U miya va ong oʼrtasidagi bogʼliqlikni oʼrgangan. Uning ilmiy ishlari kognitiv psixologiyani rivojlanishiga sezilarli hissa qoʼshgan.

5. Daniel Kahneman (1934 — )

Daniel Kahneman

Isroil-Amerika psixologi Daniel Kahneman iqtisodiyotdagi xulq-atvor nazariyasining asoschisi boʻlib, 2002-yilda iqtisodiy fanlarda psixologik usullarni qoʻllashdagi ilmiy ishlari uchun Nobel mukofotini olgan. Kahnemanning ilmiy ishi koʼproq psixologik tomondan eʼtirof etilsada, u iqtisod fanlari boʼyicha Nobelni qoʼlga kiritgan.

6. Jon OʻKefe (1934 — ), May-Britt Moser (1963 — ) va Edvard Moser (1962 — )

Uchalasi ham psixolog boʻlib, kosmosda joylashuvni aniqlash imkonini beruvchi miyadagi hujayralar tizimini kashf etgani uchun 2014 yilda Nobel mukofotini qoʻlga kiritgan. Oddiy qilib aytganda ushbu uch psixolog odamlarda “ichki GPS”ni kashf qilganlar. Afsuski bularning ham kashfiyoti koʼproq psixologik fan bilan boʼgliq boʼlsada lekin tibbiyot yoʼnalishi boʼyicha Nobelni qoʼlga kiritganlar.

Xulosa qilish uchun

Bularning barchasi Nobel mukofotini olgan mashhur psixologlar yoki psixologiya bilan yaqindan aloqada boʼlgan olimlardir.

Manba: maqola “Psixologiya va Nobel mukofoti”

®️ Psixologiya

Bizni ushbu kanal @Psixodiagnostika orqali kuzatib boring...