ilmiy
May 4

“Psixologiya bu qurol” yoki CIAning (Qoʻshma Shtatlar Markaziy razvedka boshqarmasi) maxfiy loyihalari.

XX asr. Psixologiya fan sifatida jadallik bilan rivojlandi va fanning imkoniyatlari yuqorilab bordi. 2-jahon urishidan keyin, AQSh hukumatida, psixologiyaning yangi imkoniyatlaridan davlat siyosatida ham keng foydalanish oʻzining ijobiy natijasini berdi. Oʻsha vaqtlarda AQSh hukumati psixologik loyihalarni istisnosiz moliyalashtirishni amalga oshirar edi. Qitʼalararo sovuq urush avjiga chiqqan bir davrda AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA), “MK-ULTRA” loyihasini ishga tushirdi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi, razvedka va kontrrazvedka maqsadlarida odamlarning axloqiy harakatlarini boshqarishga yordam beruvchi texnika yoki vositani ishlab chiqish edi. Loyiha doirasida olimlar, narkotik birikmalari yordamida insonning irodasini sindiruvchi vositalarni (rost gapirtiruvchi dori) yaratishga harakat qilishadi. Bundan tashqari “MK-ULTRA” loyihasi olimlari, “gipnoz taʼsirida insoni uzoq muddat boshqarsa boʻladi” degan farazni ilgari surib, koʻplab psixologik tajribalarga qoʻl urishadi.

1950-yil Qoʻshma Shtatlar Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) tomonidan “Bluebird” loyihasini ishga tushiradi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi ekstraordinar josusni (super josus) yaratish edi. Loyiha tadqiqotida asosan, narkotik vositalaridan foydalanishadi, lekin loyiha kutilganidek ish bermay yakun topadi.

1960-yilning oxirida AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) va AQSh Mudofaa vazirligi birgalikda, maxfiy “MKOFTEN” loyihasini ishga tushiradi. Ushbu loyihaning ham asl maqsadi, dori vositalari yordamida inson xulq-atvorini boshqarish boʻlgan. Maxfiy loyiha doirasida ishlab chiqarilgan dori vositalarini sinovdan oʻtkazishda hayvonlardan, Filadelfiyadagi Xolmsburg qamoqxonasidagi mahbuslardan va harbiy xizmatchilardan foydalanishadi.

“Artishok” loyihasi (shuningdek, Artishok operatsiyasi deb ham ataladi) soʻroq usullarini tadqiq qilish maqsadida Qoʻshma Shtatlar Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan boʻlib, asosiy maqsad, odamni beixtiyor suiqasd harakatini amalga oshirishga majburlash mumkinligini aniqlash edi. Loyiha, shuningdek, odamlarda amneziya va jinoiy holatlarni keltirib chiqaradigan gipnoz, morfinga majburiy qaramlik (va keyinchalik undan voz kechish) va boshqa kimyoviy moddalar, shu jumladan “LCD” taʼsirini oʻrgangan.

Montauk loyihasi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi parapsixologik vaziyatlarni tadqiq qilish boʻlgan. Loyihaning asosiy obyekti, noodatiy imkoniyatga ega boʻlgan odamlarni topish yoki yaratish boʻlgan. Ushbu loyiha haqida koʻplab asossiz mish-mishlar yuradi.

Mavzu hali davom etadi…

®️ Psixologiya

Bizni ushbu kanal @Psixodiagnostika orqali kuzatib boring...