NOSEBO EFFEKTI haqida
Nosebo bu lotinchadan tarjima qilganda “zarar qilaman” degan maʼnoni anglatadi. Nosebo bu platsebo effektini aks koʻrinishi desak ham boʻladi.
Sizlarga sigaretni isteʼmol qilish tarixi boʻyicha tushuntirishga harakat qilaman.
Sigaret chekish 15 asrdan boshlangan boʻlsa, oʻsha vaqtlardan to zamonaviy tibbiyot ushbu mahsulotni zararli ekanligini isbotlamaguncha, barcha kashandalar sigaretni sogʻlik uchun foydali deb bilishgan. O’sha vaqtlarda sigaret qutisida uning foydali ekanligini ifodalovchi yozuvlar bo’lgan. Hozirda esa har bir sigaret qutisida uning zarari haqida ochiqdan ochiq maʼlumot berib boriladi.
Eʼtibor bersak 17-19 asrgacha sigaretdan zararlanish va nobud boʻlish hozirgi kunga qaraganda sezilarli past darajada boʻlgan. Bundan tashqari oʻsha vaqtdagi sigaretlarda hozirgilaridan ancha sifatsiz va filtrsiz ishlab chiqarilgan. Buning asosiy sababi yuqorida taʼkidlaganimdek, oʻsha vaqtda odamlar sigaretni foydali mahsulot deb qabul qilishgan.
Yaʼni bu yerda nosebo effekti sifatida, odamlar sigaretni zararini bilganlaridan keyingina chekishdan zararlanish miqdori oshib ketganligini koʻrsatish mumkin. Sigaret chekish oʻpka rakiga olib kelishi mumkinligini bilganlaridan keyin esa asosiy oʻpka rakining sababchisi sigaret boʻlib qolgan.
Yoki yana bir hayotiy misol. Kasal inson dorini shifo uchun isteʼmol qiladi va tuzalishi mumkin. Lekin kunlarning birida kasal inson dori quti ichidagi yoʻriqnomani oʻqib qoldi. Va yoʻriqnomada koʻrsatilgan dorining nojoʻya tasirlari ko'rib ertasi kundan boshlab bemorda xuddi shu nojoʻya taʼsirlardagi holatlar paydo boʻlishini boshladi.
Demak bu yerda biz nosebo effekti sifatida bemorning yoʻriqnomani oʻqib undagi holatlarni oʻzida chuqur his etishi va uning oqibatida tuzalishini oʻrniga ahvoli ogʻirlashganini koʻrsatishimiz mumkin. Bu yerda dori qanchalik sifatli boʻlmasin bemor agar nosebo effektiga berilsa dori taʼsir qilmasligi mumkin.
Shuning uchun ota-bobolarimiz ixlosga katta e'tibor berishgan. Davo uchun dori ichsangiz albatta ixlos bilan qabul qilishni tavsiya qilaman.
Eng yaxshisi kasal bo'lmaslik. KASAL BO'LMANG!